O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


- rasm. Kompaniyalarning kapitallashuvi (1999-2019 yy.)


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/177
Sana03.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1743996
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   177
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

3.41- rasm. Kompaniyalarning kapitallashuvi (1999-2019 yy.) 


291 
Yettita superplatformalar, xususan Microsoft, undan keyin Apple, 
Amazon.com, Alphabet (Google kompaniyasining bosh kompaniyasi), 
Facebook, Tensent Holdings va Alibaba umumiy bozor qiymatining 
uchdan ikki qismini tashkil qiladi.
Raqamli inqilob rekord vaqt ichida juda katta boylik keltirdi, ammo u 
asosan oz sonli davlatlar, kompaniyalar va shaxslar orasida toʻplangan.Shu 
sababli, siyosatning asosiy maqsadi nafaqat qiymat yaratish, balki raqamli 
iqtisodiyotning potentsialidan hamma foydalanishi uchun qiymatni saqlash 
yoki taqsimlashdir.
Ma’lumotlarning iqtisodiy va ijtimoiy ta’sir sohasidagi oʻzgaruvchan 
kuchi hukumatlar, korxonalar va odamlar imkoniyatlardan foydalanishga 
moslashishi 
va 
xavf-xatarlardan 
qochishi 
kerakligini 
anglatadi. 
Mamlakatlar va turli manfaatdor tomonlarning raqamli transformatsiyani 
oʻzlashtirish qobiliyati juda farq qiladi va ularning rivojlanish darajasi va 
raqamli tayyorligiga bogʻliq. Rivojlangan mamlakatlar koʻp jihatdan 
resurslari va imkoniyatlari cheklangan mamlakatlarga qaraganda raqamli 
platformalarning tobora oʻsib borayotgan roliga qarshi kurashish uchun 
yaxshiroq jihozlangan. Mavjud imkoniyatlarning cheklanganligi nafaqat 
rivojlanmagan aloqa va koʻnikmalarning yetishmasligi, yoki texnologik, 
moliyaviy yoki logistika nuqtai nazaridan, balki mahalliy tarkibni yaratish 
bilan bogʻliq muammolar va me’yoriy-huquqiy va institutsional asoslar 
bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Raqamli inqilob, avvalambor, raqamli asrda 
rivojlanishga hissa qoʻshish oʻrniga qiymatni yaratish va saqlab qolish 
uchun intilayotganlarga koʻproq foyda keltirishi xavfi mavjud. 
Jahon bugungi kunda kam rivojlangan va giperraqamlashgan 
mamlakatlar oʻrtasida tafovut mavjud. Masalan, kam rivojlangan 
mamlakatlarda har besh kishidan bittasi, rivojlangan davlatlarda esa har 
besh kishidan toʻrttasi Internetdan foydalanadi. Shunday qilib, vaziyat 
yaxshilanayotgan bir paytda, koʻplab rivojlanayotgan mamlakatlarda hali 
ham arzon va ishonchli raqamli aloqa yetishmasligi mavjud. 
Bundan tashqari, rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa kam 
rivojlangan mamlakatlarda koʻplab kichik biznes egalari raqamli 
iqtisodiyotdan toʻliq foydalanish uchun zarur imkoniyat, koʻnikma va 
bilimlarga ega emaslar. Agar ular uyali telefonlar yoki Internetga kirish 


292 
imkoniga ega boʻlsa ham, ular oʻz bizneslarini rivojlantirish uchun bunday 
mablagʻlardan qanday qilib samarali foydalanishni bilmasliklari mumkin. 
Raqamli ma’lumotlar va ilgʻor texnologiyalardan foydalanish 
imkoniyatlari kabi sohalarda tafovut ancha katta. Jumladan, Afrika va 
Lotin Amerikasi birgalikda dunyodagi ma’lumotlar markazlarining 5%dan 
kamrogʻiga ega. Bundan tashqari, davlatlar oʻrtasida va ularning ichida 
elektron tijoratga tayyorlik darajasidagi katta tafovutlar elektron tijoratning 
afzalliklarini taqsimlash xavfini oshiradi. 
Raqamli iqtisodiyotning iqtisodiy jugʻrofiyasi an’anaviy Shimol-
Janub boʻlinishini aks ettirmaydi, bunda bitta rivojlangan mamlakat va 
bitta rivojlanayotgan mamlakat, AQSh va Xitoy barqaror ravishda 
yetakchilik qilmoqda. Shunday qilib, yuqorida aytib oʻtilgan global 
raqamli platforma landshaftida AQSh va Xitoyning ustunligiga qoʻshimcha 
ravishda, ular blockcheyn texnologiyalari bilan bogʻliq boʻlgan barcha 
patentlarning 75 foizini, IoT global xarajatlarining 50 foizini va bulutli 
hisoblashlar global bozorining 75 foizidan ortigʻini tashkil etadi. Shu 
sababli, raqamli rivojlanishning koʻplab sohalarida dunyoning qolgan 
qismi, ayniqsa Afrika va Lotin Amerikasi, AQSh va Xitoydan ancha 
orqada qolmoqda. 
Texnologik va bozor kontsentratsiyasining hozirgi tendentsiyalari 
rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarning raqamli iqtisodiyotning 
dinamik rivojlanishi va boʻshliqni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan 
texnologik oʻrganish jarayonlarda ishtirok etish qobiliyatiga ta’sir qiladi.
89
Raqamli ma’lumotlarni raqamli tahlil va tadbirkorlik imkoniyatiga 
aylantirish imkoniyati cheklangan davlatlar qiymat yaratish nuqtai 
nazaridan kamchiliklarga duch kelishmoqda. Sun’iy intellekt va 
ma’lumotlar tahlilidan keng foydalanish ushbu texnologiyalardan 
foydalanish qobiliyatiga ega boʻlganlar va ega boʻlmaganlar oʻrtasidagi 
texnologik tafovutni yanada oshirishi mumkin. 
Ilgʻor raqamli texnologiyalar rivojlanayotgan mamlakatlarda keng 
yoyilmagan. Mamlakatlar oʻzlarining texnologik imkoniyatlarini yanada 
rivojlantirishlari kerak, ammo koʻplab rivojlanayotgan davlatlar birinchi 
navbatda raqamli ma’lumotlarni yaratish va qoʻllab-quvvatlash uchun 
mahalliy manbalar sifatida asosiy ma’lumotlardan foydalanishga 
89
https://unctad.org/en/pages/PublicationWebflyer.aspx?publicationid=2586 


293 
intilishadi. Biroq, bunday ma’lumotlar ularni raqamli intellekt va iqtisodiy 
imkoniyatga aylantirish uchun zarur boʻlgan raqamli texnologiyalar va 
bilimlarsiz deyarli foydasizdir. Raqamli iqtisodiyot oʻtish va unda qiymat 
yaratish uchun yetarlicha kuchli mahalliy raqamli sohalarni va 
imkoniyatlarni yaratish zarur. Dasturiy ta’minot sohasi ilgʻor mamlakatlar 
ishlab chiqarish samaradorligi va mehnat unumdorligini oshirish bilan 
birga, individual yechimlar va oʻqitish imkoniyatlariga ham ega. 
Rivojlanayotgan koʻplab mamlakatlarda raqamli tadbirkorlar asosiy 
raqamli texnologiyalarni mahalliy ravishda rivojlantirishda turli xil 
toʻsiqlarga duch kelishadi, ayniqsa ular oʻz faoliyatlarini kengaytirishga 
intilishsa imkoniyatlari cheklanadi. Raqamli tadbirkorlik ekotizimi va 
innovatsion rivojlanishning asosiy muammolari – bu kichik va odatiy 
boʻlmagan bozor, tadbirkorlarning bilim va tajribasi yetishmasligi, 
malakali 
va 
arzon 
ishchi 
kuchining 
yetishmasligi, 
moliyaviy 
imkoniyatlardan foydalanish cheklanganligidan iborat. 
Rivojlanayotgan 
mamlakatlardagi 
mahalliy 
firmalar 
global 
platformalar 
tomonidan 
taqdim 
etiladigan 
raqamli 
xizmatlardan 
foydalanishlari mumkin. Ba’zi hollarda qidirish usullari, harakatlanish 
sharoiti yoki madaniy oʻziga xosliklar kabi mahalliy bilimlar mahalliy 
raqamli platformalarga foyda keltirishi mumkin, bu ularga mahalliy 
talabga muvofiq xizmatlarni taklif qilish imkonini beradi. Hindistonda 
“Ola Cabs”, Indoneziyadagi “Goek” va Pokiston, Turkiya, Yaqin Sharq va 
Shimoliy Afrikadagi “Karim” kabi nisbatan kam aktivlarga ega korxonalar 
ba’zi bir rivojlanayotgan bozor platformalari oʻrnatilgan transport 
kompaniyalari bilan raqobatlashishda tez oʻsishni namoyish etdi.
Shunga qaramay, rivojlanayotgan mamlakatlarning aksariyatida 
bunday oʻsishga jiddiy toʻsiqlar mavjud. Mahalliy va mintaqaviy 
platformalarning kengayishi va global oʻyinchilar bilan raqobatlashishi 
qiyin. Bundan tashqari, global raqamli raqobatchilar raqamli bozorning 
istiqbolli segmentlarini allaqachon oʻzlashtirganliklari sababli, raqamli 
mahsulotlarni rivojlanayotgan bozorlarga yetkazib berish, odatda nisbatan 
yuqori rivojlangan mamlakatlarning raqamli platformalari strategiyalariga 
qaraganda koʻproq aktivlarni talab qiladigan analog-raqamli jarayonlarni 
aralashtirishni talab qiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda zaif mahalliy 
ekotizimlar, mijozlar va xodimlarning texnik ma’lumotlari pastligi va / 


294 
yoki jismoniy logistika muammolari tufayli raqamli platformalar hayotiy 
boʻlishi uchun qator innovatsion biznes modellaridan foydalanishi kerak. 
Bunga tarmoqdan tashqari quvvatlarni, ta’minot zanjiri jarayonlari va 
logistika infratuzilmasining murakkab va qiyin rivojlanishi kiradi. Bunday 
platformalar katta qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar, chunki ular 
xaridorlarning yuqori narxlarni toʻlashga tayyorligi va eng muhimi, 
ularning toʻlov qobiliyati nisbatan past boʻlgan sharoitda yuqori daromad 
keltirishi uchun harakat qilishlari kerak. Aslida, bu foydalanuvchi bazasini 
oʻsishini qiyinlashtiradi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda yaratilgan raqamli platformalar, 
ularning aksariyati innovatsion yoki oʻrnatilgan platformalar emas, balki 
tranzaktsion platformalar ekanligi bilan ajralib turadi. “Tranzaktsion” 
platformalar foydalanuvchilar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro ta’sir 
oʻtkazish va tranzaktsiyalar uchun virtual muhitni yaratadi, innovatsion 
platformalar esa ilovalar va dasturiy ta’minot tarkibini ishlab 
chiqaruvchilar hamda kod ishlab chiquvchilar uchun muhit yaratadi. 
Innovatsion platformalar raqamli iqtisodiyot va rivojlanish oʻrtasidagi 
munosabatlar uchun koʻproq ahamiyatli, chunki ular kombinator 
innovatsiyalar va raqamli infratuzilma mahsulotlari uchun ekotizimlarni 
yaratadilar. 
Bundan 
tashqari, 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarda 
ishbilarmonlar va novatorlarning bunday muhim raqamli tarkibiy 
qismlardan foydalanish uchun zaruriy koʻnikmalari va imkoniyatlari 
boʻlmasligi mumkin. 
Rivojlanayotgan 
mamlakatlarda 
intellektual 
qurilmalarning 
tarqalishini 
nazorat 
qilish 
yoki 
zaif 
rejalashtirish 
sharoitida 
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va biznesning tartibga 
solinishi cheklanganligi sababli firibgarlik, kiberhujum va maxfiylikni 
oshkor qilish xavflari mavjud. Ayrim, shu jumladan rivojlangan 
mamlakatlar, global raqamli kompaniyalar bilan oʻzaro hamkorlik qilish 
uchun zarur huquqiy va iqtisodiy pozisiyalarga ega emaslar. Monopoliyaga 
qarshi organlarni yaratgan rivojlanayotgan mamlakatlarda bunday 
tashkilotlar nisbatan yangi va kichik boʻlib, tobora kuchayib borayotgan 
jahon iqtisodiyotida raqobat masalalarini koʻrib chiqish uchun cheklangan 
manbalarga ega. 


295 
Global raqamli platformalarni adolatli ravishda soliqqa tortish har 
qanday rivojlanish darajasidagi davlatlar uchun qiyinchilik tugʻdiradi, lekin 
rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa kam rivojlangan mamlakatlarda, 
rivojlanish uchun ichki resurslarni jalb qilish zarurati va shuningdek, 
ularning imkoniyatlari kamligi sababli soliq yigʻish jarayoni yanada 
keskinlashishi mumkin. Ular va eng yirik raqamli platformalar oʻrtasidagi 
kuch ham ularning foydasiga emas. Bundan tashqari, koʻpgina 
rivojlanayotgan mamlakatlarda raqamli platformalar mavjud emas, ammo 
ular aksariyat hollarda foydalanuvchi sifatida raqamli platformalar bozori 
qiymatiga katta hissa qoʻshadilar. 
Mehnat bozori institutlari rivojlangan taraqqiy etgan mamlakatlarda 
mehnat va ijtimoiy himoya siyosatini olib borish oson kechadi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda, umuman olganda, ijtimoiy himoya uchun 
zarur manbalar deyarli yoʻq. 
Va nihoyat, koʻplab rivojlanayotgan mamlakatlar raqamli 
transformatsiyadan foyda olish siyosatini ishlab chiqish va monitoring 
qilish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan sohalarda ishonchli ma’lumotlar va 
statistikaning yoʻqligidan zarar koʻrmoqdalar.
Raqamli ma’lumotlar va platformalarning tarqalishi rivojlanish 
uchun koʻplab yangi imkoniyatlarni yaratishi mumkin. Raqamli 
ma’lumotlardan rivojlanish maqsadlarida va ijtimoiy muammolarni, shu 
jumladan Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish bilan bogʻliq 
muammolarni hal qilish uchun foydalanish mumkin. Bu iqtisodiy va 
ijtimoiy natijalarni yaxshilashga yordam beradi va innovatsiyalar 
samaradorligini oshirish uchun harakatlantiruvchi kuchga aylanadi. 
Platformalar tomonidan taqdim etilgan infratuzilma aloqa, operatsiyalar, 
ma’lumot almashish va hamkorlik samaradorligini oshirishi mumkin. 
Rivojlanayotgan 
mamlakatlardagi 
mahalliy 
firmalar 
global 
platformalar 
tomonidan 
taqdim 
etiladigan 
raqamli 
xizmatlardan 
foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishsa, katta foyda olishlari mumkin. 
Raqamli platformalar analog operatsiyalarga nisbatan tranzaktsion 
xarajatlarni kamaytirishi mumkin. Bu bilan esa ichki va tashqi bozorda, 
ayniqsa mikrofirmalar va kichik va oʻrta korxonalar uchun imkoniyatlar 
yaratadi. Elektron tijorat platformalari bunday korxonalarga kichik ichki 
bozorlarni chetlab oʻtish, tadbirkorlik uchun toʻsiqlarni kamaytirish, 


296 
biznesmenlarni va shunga oʻxshash korxonalarni jalb qilish va kichik 
startaplarni moliyalashtirishning yangi manbalarini taqdim etish orqali 
eksport imkoniyatlarini ta’minlashi mumkin. Mavjud toʻlov va elektron 
tijorat platformalaridan foydalanish kichik va oʻrta korxonalarga, ayniqsa 
ular ma’lum bir bozorlarga xizmat qilsa, sotuv hajmini koʻpaytirishga 
imkon beradi. Demak, bunday korxonalar yangi mijozlarni jalb qilish 
uchun global elektron tijorat platformalaridan foydalanishi mumkin, ammo 
platformalar bilan raqobatlashmaydi. Ma’lumotlardan foydalanish orqali 
firmalar oʻzlarining jarayonlarini yaxshilashlari va talab qilinadigan 
mahsulotlar va xizmatlarni taklif qilishlari va individuallashtirilgan 
mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali mijozlarning ehtiyojlarini yaxshiroq 
qondirishlari mumkin. Tranzaktsiyalar va qidirish xarajatlari va bozor 
toʻsiqlarini kamaytirish orqali raqamli platformalar aktivlar yoki 
xizmatlarni taklif etuvchilarga (potentsial) iste’molchilar bilan bogʻlanishni 
osonlashtiradi. Bu nafaqat raqamli tovarlar, xizmatlar savdosi va vazifalar 
yangi turlarining paydo boʻlishiga olib keladi, balki an’anaviy savdo-
sotiqning onlayn rejimda harakatlanishiga, xaridor va sotuvchilarni 
yaxshiroq bogʻlanishlari va mahsulot boʻyicha xabardorligini oshirish 
uchun turli xil raqamli platformalardan foydalanishga imkon beradi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda kompaniyalar va iste’molchilar uchun 
potentsial foyda samaradorlikni oshirishdan chuqur ixtisoslashuv va 
mehnat taqsimotiga qadar oʻzgarishdan tortib, barcha manfaatdor tomonlar 
uchun katta assortiment va oldindan kutuladigan foyda, shuningdek, xom 
ashyo va tayyor mahsulot narxlari va narxlarining pasayishidan iborat. 
Iste’molchilar uchun raqamli platformalar arzonroq narxda tovarlar va 
xizmatlarning keng doirasiga va tanloviga kirishni ta’minlaydi va qulay 
xususiyatlarni, shuningdek individual tovarlar va xizmatlarni taqdim etadi.
Iste’molchilar vositachilar yoʻqligi sababli tovarlar va xizmatlarni tezroq 
olish orqali qoʻshimcha qiymatga ega boʻlishlari mumkin. 
Umuman olganda, onlayn platformalarga murojaat qilish, ma’lum bir 
bozor segmentlarida raqobatlashadigan kichik firmalar, jumladan, 
sayyohlik bozori va yuqori qoʻshimcha qiymatli oziq-ovqat savdosi, 
shuningdek hududlardagi rivojlanayotgan mintaqaviy bozorlar qiymat 
zanjiri uchun foydali boʻlishi mumkin. Ushbu segmentlar va bozorlar 
nisbatan kichikdek tuyulishi mumkin, ammo bunday tarmoq platformalari 


297 
ishlab chiqaruvchilarga koʻproq mijozlarni jalb qilishga va koʻlam miqyosi 
va daromadlarini oshirishga yordam beradi. Ba’zi hollarda mahalliy 
ma’lumotlarga boʻlgan ehtiyoj mahalliy foydalanuvchilarga yaxshiroq 
xizmatlarni taqdim etish uchun oʻsha joyning oʻzidagi platformalarga 
ustuvorlik beradi. Boshqa hollarda, ba’zi platformalar “global-lokal” deb 
hisoblanadi. Masalan, Facebookning tarmoq ta’siri umuman olganda 
globaldir, Uberning ta’siri esa asosan u ishlaydigan har bir shaharda amal 
qiladi. Demak, global miqyosdagi mahalliy platformalar tarmoq 
effektlarini yangi maydonga kirganda koʻpaytirishi kerak va shuning uchun 
ular oʻzlarining barcha xizmatlarini taqdim etishda lokal platformalarga 
qaraganda mahalliy raqobatga koʻproq duch kelishi mumkin. Agar kirish 
mumkin boʻlsa, global raqamli platformalar innovatsion va raqamli 
korxonalarni barpo etadigan infratuzilmani taqdim etish orqali foydali 
boʻlishi mumkin va shu bilan mahalliy tadbirkorlik uchun asos boʻlib 
xizmat qiladi. 
Raqobatbardoshligi 
nuqtai 
nazaridan 
rivojlanayotgan 
mamlakatlardagi rivojlanmagan raqamli infratuzilma mahalliy yoki 
mintaqaviy raqamli platformalar uchun imkoniyat yaratishi mumkin. 
Masalan, bir qator vertikal bozorlarda mintaqaviy platformalar allaqachon 
global platformalar bilan raqobatlashmoqda, ayniqsa elektron tijorat 
sohasida 
(masalan, 
Amazon.com 
bilan 
Flipkart), 
turizm 
va 
mehmonxonalarni band qilish (Jumia travel bilan Airbianby yoki 
Hotels.com), multimedia oʻyin-kulgi sohasida («Ayrocotv» bilan 
«Netflix» yoki «YouTube») va mobil taksi xizmatlari (“Litlle cab” 
“Uber”). Ushbu segmentlarda rivojlanayotgan mamlakatlar shaharlaridagi 
raqamli ekotizimlarning global platformalar tomonidan boshqariladigan 
pogʻonaga nomutanosibligi, ma’lum darajada, mahalliy va mintaqaviy 
platformalar uchun himoyalangan bozor boʻshliqlarini ochishi mumkin. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarda startaplar oʻsishining asosiy yoʻli 
bozorning yangi segmentiga kirish (raqamli innovatsiya) yoki global 
platformalar xizmat koʻrsatishni istamaydigan (differensiasiya) bozorlarni 
topishdir. 
Rivojlanayotgan 
mamlakatlarda 
raqamli 
platformalar 
nomukammal va parchalanmagan analog infratuzilma uchun xizmat 
koʻrsatadigan raqamli mahsulotlar segmentlarida raqobatlashishga eng 


298 
yaxshi imkoniyatga ega, ular raqobatdosh mahsulotni taklif qilishlari 
mumkin. 
Raqamli platformalarda ishlarning oʻsishi, xususan, rivojlanayotgan 
mamlakatlarda, ish oʻrinlarining moslashuvchanligini va ishga joylashish 
imkoniyatini yaratadi. Rivojlanayotgan ayrim mamlakatlarda olib 
borilayotgan siyosat va amaliyotlar raqamli iqtisodiyotda ishtirok etish 
uchun potentsial birinchi qadam sifatida AKT xizmatlari va ish joylari 
bilan ta’minlash uchun ijtimoiy mas’uliyatli autsorsingni qoʻllab-
quvvatlamoqda. 
Yuqorida muhokama qilingan imkoniyatlar oʻz-oʻzidan paydo 
boʻlmaydi va barchaga foyda keltirmaydi. Rivojlanish manfaati uchun 
global elektron tijorat platformalaridan rivojlanayotgan mamlakatlarda 
nafaqat chet el tovarlarini sotib olish va import qilish, balki mahalliy ishlab 
chiqarish va eksportni qoʻllab-quvvatlash uchun foydalanish kerak. Ushbu 
sohadagi oʻzgarishlarni tahlil qilish uchun statistik ma’lumotlar mavjud 
emas, ammo rivojlanayotgan mamlakatlarda global elektron tijorat 
platformalaridan foydalanish asosan importning oshishiga olib keladi 
degan xavotir mavjud. 
Rivojlanayotgan 
mamlakatlar 
global platformalarda 
taqdim 
etilayotgan raqamli xizmatlardan toʻliq foydalanishlari uchun tadbirkorlar 
xaridor va sotuvchilar kabi xizmatlardan erkin foydalanishlari kerak. 
Koʻpgina platformalarga kirish hamma joyda hamon bir xil emas. 
Cheklangan kirishning keng tarqalgan omili bu xalqaro toʻlov 
yechimlarining yoʻqligidadir. Global elektron tijorat platformalari 
integratsiyalashgan toʻlov yechimlarini taklif qiladi, ammo koʻplab 
rivojlanayotgan mamlakatlarda kompaniyalar kerakli bank hisob raqami 
yoki filialiga ega boʻlmaguncha ulardan foydalana olmaydi. Shunga 
oʻxshash assimetriyalar, masalan, Afrikaning Sahroi-Kabiridagi global 
bozorlarda mobil ilovalarni sotishda ham uchraydi. Afrikada eng katta 
reklama platformalari faqat arab, ingliz, portugal va frantsuz tillarida 
reklamalarni qabul qiladi, bu esa yangi xizmatlarning monetizasiya 
salohiyatini cheklaydi. 
Bundan tashqari, bozorda kontsentratsiyaning oshishi va unga global 
raqamli platformalarning ta’siri, adolatsiz biznes amaliyoti va renta 
daromadlarini oʻzlashtirishga yoʻnaltirilganlik bilan bogʻliq xatarlar 


299 
tashvishlantirmoqda. Asosiy muammo bozor kontsentratsiyasi dinamikasi 
bilan bogʻliq. Ba’zi global raqamli platformalar ma’lum sohalarda kuchli 
pozitsiyalarni egallashdi, jumladan, Google Internet qidiruv bozorining 
qariyb 90% ni tashkil qiladi; Global ijtimoiy media bozorining uchdan ikki 
qismini tashkil etadigan va dunyo mamlakatlarining 90% dan ortigʻida 
yetakchi ijtimoiy media platformasi Facebook hisoblanadi; Amazon.com 
esa global elektron tijorat chakana bozorining qariyb 40 foizini va Amazon 
Web Services orqali global bulutli infratuzilma xizmatlari bozorida ham 
shunga oʻxshash ulushni tashkil qiladi. Xitoyda Weixin tizimi (Tencent 
Holdingsga tegishli) 1 milliarddan ortiq faol foydalanuvchilarga ega va 
Alipey toʻlov yechimi (Alibaba egalik qiladigan) bilan birgalikda 
Xitoyning deyarli barcha mobil toʻlovlar bozorini egallab oldi. Alibaba 
Xitoyda elektron tijorat bozorining qariyb 60 foiziga ega.
Bunday raqamli yetakchilar ustunliklarining tez oʻsishi qisman 
tarmoq samarasi; platformalarni ma’lumotlarni olish, kuzatib borish va 
tahlil qilish qobiliyati; foydalanuvchilar uchun boshqa platformaga 
oʻtishning narxi yuqoriligi natijasidir. Bu qisman platformalar tomonidan 
bozor pozitsiyalarini mustahkamlash, jumladan, potentsial raqobatchilarni 
jalb qilish, qoʻshimcha mahsulotlar yoki xizmatlar turlarini kengaytirish, 
tadqiqotlar va ishlanmalarga strategik sarmoyalar kiritishni qoʻllab-
quvvatlash, ichki va xalqaro miqyosda siyosiy lobbizm, shuningdek, 
an’anaviy sektorlarda koʻp millatli korxonalar bilan strategik sheriklik 
asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijasidir. Uzoq 
muddatli rivojlanish nuqtai nazaridan, bu muvaffaqiyatli raqamli 
platformalar ma’lum miqyosdagi koʻplab rivojlanayotgan mamlakatlarga 
yetib kelganida, ular global oʻyinchilar tomonidan sotib olinadigan 
jozibador ob’yektga aylanishi mumkinligi bilan bogʻliq. Masalan, Lazada 
(Janubi-Sharqiy Osiyo) Alibaba platformasi tomonidan sotib olingan; Suk 
(Gʻarbiy Osiyo) - Amazon.com; Flipkart (Hindiston) - Walmart; va «99» 
(Braziliya) - «Didi Chusin». 
Rivojlanayotgan koʻplab mamlakatlarda raqamli innovatsion 
platformalarning yoʻqligi rivojlanishga muhim ta’sir etadi. Xususan, global 
innovatsion platformalarning ustun boʻlishiga olib keladi, bu esa 
rivojlanayotgan mamlakatlarda bozor talablariga juda ham mos 
kelmaydigan texnologik innovatsiyalar yoʻllarini yanada mustahkamlaydi.


300 
Global innovatsion platformalar global miqyosda eng katta talab va ta’sirni 
ta’minlaydigan texnologik chegaralarni ushlab turishni davom ettirishi 
mumkin. Bundan tashqari, ular hali ham aqlli ishlab chiqarishga oʻtmagan 
ishlab chiqarish korxonalari uchun mos keladigan sodda, arzon va 
ishonchli 
yangiliklarga 
qiziqishi 
dargumon. 
Natijada, 
koʻplab 
rivojlanayotgan mamlakatlarning raqamli iqtisodiyotdan orqada qolishi 
xavfi ortadi. Bundan tashqari, rivojlanayotgan mamlakatlarda mahalliy 
raqamli innovatsion platformalarning paydo boʻlish potentsiali vaqt oʻtishi 
bilan bozorlar oʻsishi va global platformalarning innovatsion imkoniyatlari 
oshishi bilan kamayadi. Raqamli iqtisodiyotdan orqada qolgan davlatlar, 
agar ishlab chiqaruvchilarning katta qismi asosan boshqa jugʻrofiy 
hududlarga yoʻnaltirilgan texnologiyalarga ixtisoslashgan boʻlsa, mahalliy 
innovatsion ekotizimlarni rivojlantirish imkoniyatlarini yoʻqotishi mumkin. 
Platformalashtirishning 
tabiati 
va 
miqyosi 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarda mikrofirmalar, kichik va oʻrta korxonalarga turlicha ta’sir 
qiladi. Raqamli texnologiyalarning sekin rivojlanishi bilim, motivatsiya, 
resurslar va tegishli tizimlarning yetishmasligini aks ettiradi. Masalan, 
ba’zi rivojlanayotgan mamlakatlarda turizm sohasidagi bilimlarning 
yetishmasligi kichik mehmonxonalar, hatto yaxshi aloqa boʻlsa ham global 
tizimlarga ulanishning texnik imkoniyatlarini cheklaydi. Qishloq 
xoʻjaligida onlayn platformalardan foydalanish iqtisodiy jihatdan 
maqsadga muvofiqdir, chunki korxonalar salohiyatni oshirish, oʻqitish yoki 
boshqa texnik yordam koʻrinishida qoʻshimcha moliyaviy yordam olishlari 
yoki sifat standartlariga javob berishlari kerak. 
Yana bir dolzarb va munozarali masala shundan iboratki, qator 
sabablarga koʻra hukumatlar va raqamli platformalar turli xil nuqtai 
nazarlarga ega va ushbu masalada manfaatlar qarama-qarshiligi sabab 
ma’lumotlarning chegaralar orqali oʻtishi xavotirlidir. Mamlakatning 
fuqarolari, korxonalari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan 
ma’lumotlar qiymat yaratishda ishlatilishi mumkin boʻlgan raqamli 
iqtisodiyotning eng muhim iqtisodiy manbai boʻlganligi sababli, 
ma’lumotlarning suvereniteti, xalqaro miqyosda ma’lumotlarni boshqarish 
va undan foydalanish, ma’lumotlarni qayta ishlash orqali olinishi mumkin 
boʻlgan qiymatni ajratish bilan bogʻliq muammolar yuzaga keladi. Mavjud 
vaziyatda, 
foydalanuvchi 
ma’lumotlarini 
toʻplaydigan, 
ushbu 


301 
ma’lumotlarni boshqaradigan va pul ishlashi mumkin boʻlgan platform 
zarur. Natijada global raqamli platformalar ma’lumot toʻplash natijasida 
hosil boʻlgan qiymatni aniqlashda ustunlikka ega. Shuning uchun, oʻz 
hududida hosil boʻlgan ma’lumotlarni boshqarishni istagan mamlakat 
uchun yagona imkoniyat, uning chegaralari boʻylab ma’lumotlarning 
harakatlanishini 
cheklash 
boʻlishi 
mumkin. 
Koʻpgina 
davlatlar 
ma’lumotlarning ustidan nazoratni bekor qilishga shoshilmayaptilar va 
buning evaziga nima olishlarini bilmaydilar. 
Raqamli iqtisodiyotda ma’lumotlar tobora qimmatbaho manbaga 
aylanar ekan, mamlakatlar xorijiy firmalarga ma’lumotni cheklovsiz 
yigʻishga 
ruxsat 
berishga 
tayyor 
emaslar. 
Bundan 
tashqari, 
platformalarning global kontsentratsiyasida ma’lumotlarning erkin harakati 
odatda bitta yoʻnalishda harakatlanishni anglatadi. Ma’lumotlarning 
xalqaro harakati uchun toʻsiqlardan foydalanishda koʻrib chiqilgan boshqa 
sabablarga milliy xavfsizlik uchun qabul qilingan xatarlar, boshqa 
mamlakatlar tomonidan ma’lumotlarni egallab olish, buzib kirish xavfi va 
huquqni muhofaza qilish organlari uchun ma’lumotlarga oson kirish 
zarurati kiradi. 
Jugʻrofiy jihatdan, global ma’lumotlar qiymatini yaratish zanjirini 
shakllantirayotgan aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlar ma’lumotlar 
yetkazib beruvchilardir, va faqat ma’lumotlarning koʻp qismini egallagan 
platformalar va mamlakatlar uni qoʻshimcha qiymatga ega axborot 
mahsulotlariga aylantirishi mumkin, bu esa oʻz navbatida pul ishlashni 
anglatadi. Ma’lumotlarning global qiymati zanjirida, shuningdek reklama 
platformalari va bulutli infratuzilma xizmatlari provayderlari kabi ma’lum 
bir qiymat zanjirlarida rivojlanayotgan davlatlar boʻysunuvchi tomon 
boʻlib, qiymat va ma’lumotlar bir nechta mavjud platformalarda 
markazlashtiriladi. Bu esa yangi xalqaro qaramlikning paydo boʻlishiga 
olib kelishi mumkin, ya’ni rivojlanayotgan davlatlar asosan AQSh va 
Xitoyga global raqamli platformalar uchun xom-ashyo yetkazib beruvchiga 
aylanib qoladi, shu bilan birga ushbu platformalarga bunday ma’lumotlar 
asosida olingan raqamli tahlil uchun toʻlashlari kerak.
Koʻpgina mamlakatlarda soliqqa tortish raqamli iqtisodiyotda 
qiymatni saqlashning eng muhim usuli hisoblanadi. Raqamli platformalar 
tomonidan yuzaga keladigan katta qiyinchilik soliqlarning adolatli ulushini 


302 
toʻlamaslik uchun soliqlarni optimallashtirish usullaridan foydalanish 
qobiliyatidir. Raqamli platformalar baholash va oʻlchash qiyin boʻlgan 
katta miqdordagi nomoddiy aktivlarga tayanadi. Ushbu nomoddiy 
aktivlarni dunyo boʻylab harakat qilishi oson boʻlgani uchun, ular agressiv 
soliqni rejalashtirish imkoniyatlarini taqdim etadilar. Yana bir muammo 
shundaki, qiymat qayerda ishlab chiqarilayotgani haqida aniqlik 
yoʻqligidir. Raqamli iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan qiymatning katta 
qismi foydalanuvchi tomonidan yaratilgan ma’lumotlardan olinadi. Ushbu 
omillarning barchasi global platformalarga daromadlarni yuqori soliq 
stavkali yurisdiktsiyalardan past soliq stavkali yurisdiktsiyalarga oʻtkazish 
va shu bilan ularning amaldagi stavkasini pasaytirishga imkon beradi. 
Masalan, Alphabet va Facebookning 2017 yildagi foydasining uchdan ikki 
qismi AQSh tashqarisidan kelgan, ammo soliqlarning atigi 10 foizi chet 
elda toʻlangan. 
Koʻtarilgan platformalashtirish tendentsiyasi mehnat bozorining 
oʻzgarishi va bandlikning yangi shakllarining paydo boʻlishi bilan birga 
kechadi. Xususan, tobora koʻproq odamlar platformalarda individual 
pudratchilar yoki mustaqil ishchilar sifatida ishlamoqda. Aksariyat 
holatlarda, platforma egasi boshqa ish beruvchilar singari ish sharoitlari 
ustidan bir xil nazoratni ushlab tursa ham, individual ishchi-xodim ish 
bilan 
bogʻliq boʻlgan 
imtiyozlarning 
koʻpini 
yoʻqotib, 
mehnat 
munosabatlarining salbiy tomonlarini boshdan kechiradi. Bu koʻpincha 
shartnoma boʻyicha ish haqi eng kam ish haqiga nisbatan pastligidan 
dalolat beradi va ishchilar oldindan aytib boʻlmaydigan daromad oqimiga 
ega boʻlishlari va mehnat munosabatlariga xos boʻlgan himoya 
vositalaridan foydalanmaydilar. Raqamli iqtisodiyotda ushbu ish 
toifalarining tipologiyasi mehnat huquqlariga ta’sir koʻrsatishi mumkin 
boʻlgan munozarali masalaga aylandi. 
Sof iqtisodiy jihatlardan tashqari, shaxsiy hayot va xavfsizlik, 
demokratiya va axloqiy muammolar, ommaviy kuzatuv va raqamli 
mustamlakachilik xatarlari ortib bormoqda.
Raqamlashtirishning 
afzalliklari 
avtomatik 
emas. 
Mamlakat 
rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash uchun potentsialga ega, ammo har qanday 
amalga oshirilgan qiymat adolatli taqsimlanishi dargumon. Yakuniy ta’sir, 
yuqorida aytib oʻtilganidek, mamlakatlar va ularning manfaatdor 


303 
tomonlarining rivojlanishi darajasiga va milliy, mintaqaviy va xalqaro 
darajadagi siyosatlarga bogʻliq boʻladi. 
Raqamlashtirish rivojlanishning barcha darajalarida turgan davlatlar 
uchun asosiy siyosiy muammolarni yuzaga keltirdi. Bu asosan raqamli 
tengsizlik va bozor kuchilarining mavjud yuqori kontsentratsiyasidagi 
tafovutlar natijasidir. Raqamli iqtisodiyot uchun muqobil konfiguratsiyani 
topish zarur, bu yanada muvozanatli natijalarga hamda ma’lumotlar va 
raqamli intellektni ishlatishdan olinadigan foydani adolatli taqsimlashga 
olib keladi. Hukumat oʻyin qoidalarini belgilash orqali raqamli 
iqtisodiyotni shakllantirishda hal qiluvchi rol oʻynaydi. Faol siyosat 
raqamli iqtisodiyotni ijobiy yoʻnalishda harakatlantiradi va barqaror 
rivojlanish maqsadlariga erishish uchun qoʻllab-quvvatlaydi. Bu amaldagi 
dasturiy va me’yoriy hujjatlarni moslashtirishni va boshqa sohalarda 
yangilarini qabul qilishni taqozo etadi. 
Raqamli iqtisodiyotda qiymat yaratish va uni saqlash uchun zarur 
boʻlgan arzon va ishonchli ulanishni ta’minlash diqqatni talab qiladi. Bu 
kam rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa qishloq va olis joylarda katta 
muammo boʻlib qolmoqda. 
Rivojlanayotgan 
mamlakatlarda, 
ayniqsa 
kam 
rivojlangan 
mamlakatlarda mikrofirmalar va kichik va oʻrta korxonalar raqamli 
iqtisodiyotda 
samarali 
raqobatlashishi 
uchun 
tegishli 
axborot-
kommunikatsiya 
texnologiyalari 
infratuzilmasidan 
foydalanish 
imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. Bunga hech boʻlmaganda mobil telefon 
aloqasi kiradi, lekin tobora qishloq joylarida ham ulanishning arzon 
narxlariga ega keng polosali aloqa ham boʻlishi kerak. Bundan tashqari, 
mikrofirmalar hamda kichik va oʻrta korxonalar (KOʻB) axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish uchun yordamga 
muhtoj. 
Mamlakatlar raqamlashtirish va platformalashtirishda ishtirok etishga 
va ular bilan bogʻliq imkoniyatlardan foydalanishga tayyorlikning turli 
bosqichlarida turibdi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda koʻproq odamlar va 
korxonalar 
raqamli 
iqtisodiyotning 
ishlab 
chiquvchilari, 
ishlab 
chiqaruvchilari va eksportchilari boʻlishlariga yordam berish uchun zarur 
boʻlgan salohiyatni kuchaytirishga harakat qilish kerak. 


304 
Elektron tijoratdan foyda olish uchun rivojlanayotgan davlatlar 
siyosatning bir qator yoʻnalishlari, xususan arzon narxlardagi AKT 
infratuzilmasi va xizmatlarini taqdim etish, toʻlov tizimlarini tashkil etish, 
savdo logistika tizimini takomillashtirish va savdoni osonlashtirish,
elektron tijorat koʻnikmalarini rivojlantirishni ragʻbatlantiruvchi va 
moliyaviy imkoniyatlardan foydalanishni tartibga soluvchi me’yoriy 
asoslarni qamrab olishi kerak. UNKTAD tomonida tezkor elektron 
tijoratga tayyorlikni baholash kam rivojlangan va boshqa davlatlar uchun 
foydali boʻlgan boshlangʻich nuqta boʻlib, muammolarni bartaraf etishga 
yordam beradigan siyosatni takomillashtirish sohalarini aniqlab beradi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun raqamli iqtisodiyotning ishlab 
chiqarish qobiliyatini rivojlantirish juda muhimdir. Bu nafaqat raqamli 
platformalarni yaratish, balki raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish va 
mavjud firmalarning raqamlashtirilishiga bogʻliq. 
Ba’zi davlatlar Xitoy va AQSh kabi dinamik platforma ekotizimini 
yaratishga muvaffaq boʻlishdi. Ba’zi rivojlanayotgan mamlakatlar mahalliy 
platformalarni rivojlantirish boʻyicha aniq siyosatlarini ishlab chiqdilar. 
Masalan, Efiopiya xorijiy taksilarga buyurtma berish platformalariga 
kirishni ta’qiqlagani sababli, “Ride”, “Zay Ride” va “Etta” kabi bir qator 
muqobil xizmatlar paydo boʻldi, ular mahalliy, jumladan, internetning 
sekinligi, smartfonlar va mobil toʻlov tizimlarining pastligi kabi 
sharoitlarda ishlashga qodir. Keniyada Uber kabi xorijiy taksi buyurtma 
maydonchalari “Little Cab” kabi mahalliy kompaniyalarning raqobatiga 
duch kelmoqda. Boshqa mamlakatlarda global raqamli platformalarning 
ma’lum bir bozorga chiqmaslik haqidagi strategik qarorlari “Jumia Group” 
va “Suk” kabi mahalliy kompaniyalarning oʻsishi uchun yoʻl ochdi. Shu 
sababli, tartibga solish muhiti va bozor sharoitlariga qarab, mahalliy 
raqamli platformalar uchun rivojlanayotgan mamlakatlarda hayotiy tanlov 
bor, ammo ular miqyosni kengaytirishga intilishsa, qiyinchiliklarga duch 
kelishadi. 
Raqamli toʻlovlar, mikromoliyalashtirish va raqamli sogʻliqni 
saqlash uchun “soʻnggi mil” platformalari kabi mintaqaviy imkoniyatlar va 
rivojlanish tajribasi bilan birlashadigan raqamli mahsulotlar bozorlarini 
toʻgʻridan-toʻgʻri davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadga muvofiq. 
Hukumat, 
shuningdek, 
mintaqaviy 
innovatsion 
platformalar 
va 


305 
ekotizimlarni 
yaratishni 
qoʻllab-quvvatlashga 
intiladi. 
Muammo 
salohiyatga ega uzoq muddatli innovatsion yoʻllarni aniqlab, ochiq va 
samarali raqamli infratuzilmani yaratishdadir. Bu qisman mavjud mahalliy 
tizimlarning kengroq integratsiyasini, jumladan, uyali aloqa operatorlariga 
ichki va xalqaro miqyosda amaliy interfeyslarni ochish va/yoki yaxshilash 
uchun talablarni qoʻyish orqali amalga oshadi. 
Raqamli va tegishli sohalarda tadbirkorlikni rivojlantirish ichki 
qiymatni yaratishning kalitidir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda, xususan, 
raqamli tovarlar va xizmatlar uchun mahalliy va/yoki mintaqaviy 
bozorlarda imkoniyatlar mavjud. Mintaqadagi turli guruhlar tomonidan 
yangi chuqur texnik bilimlar bazalarini yaratishni ragʻbatlantirishga 
qaratilgan siyosat olib boriladi. Bunda boshqa joyda koʻpaytirish qiyin 
boʻlgan, ma’lum bir joyda talab qilinadigan va nisbatan arzon narxlarda 
muayyan joyga koʻchirilishi yoki koʻpaytirilishi mumkin boʻlgan raqamli 
mahsulotlar uchun eng katta imkoniyat mavjud. 
Hukumatlar dasturiy marafonlar va dasturlash kurslari yoki 
texnoparklar kabi nufuzli loyihalarga, ustoz-shogird, oʻqitish va stajirovka 
dasturlari orqali tadbirkorlik bilimlarini yaratishga e’tibor qaratishadi. 
Shuningdek, ular ushbu sohada tadbirkor ayollarning imkoniyatlarini 
kengaytirish usullarini ham koʻrib chiqishadi. Hunarmandlik, norasmiy 
aloqa va biznes modellarini yaratish ayollarga notijorat gender tafovutlarni 
yoki ayollarning axborot texnologiyalari va elektron tijorat loyihalarini 
boshlash yoki davom ettirishiga toʻsqinlik qiladigan ahloqiy me’yorlarni 
yengishga yordam beradi. Shu munosabat bilan, rivojlanayotgan 
mamlakatlarda ishbilarmon ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun 
YUNKTADning “Ayollar uchun elektron tijorat” tashabbusi boshlangan. 
Raqamli iqtisodiyotda qiymat yaratish nafaqat kuchli raqamli 
sektorni, balki barcha sohalardagi korxonalarga raqamli texnologiyalardan 
foydalanish imkoniyatini yaratishni talab qiladi. Kam rivojlangan 
mamlakatlarda bu, xususan, qishloq xoʻjaligi va turizmga tegishlidir. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga sarmoya kiritadigan firmalar 
nisbatan samarali, raqobatbardosh va foydali hisoblanadi. Biroq, 
rivojlanayotgan mamlakatlarda, ayniqsa kam rivojlangan mamlakatlarda, 
koʻplab kichik biznes egalari biznesni yuritish uchun raqamli ulanishdan 
foydalanish qobiliyatiga, koʻnikmalariga va bilimlariga ega emaslar. 


306 
Ushbu muammoni hal qilishning bir usuli korxonalarni boshqarishning 
umumiy oʻquv dasturlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
kiritishdir. Hukumat, shuningdek, raqamli platformalardan foydalanish 
boʻyicha mikrofirmalar, kichik va oʻrta korxonalarni kengroq oʻqitish 
uchun xususiy sektor bilan sheriklik qilishdan manfaatdor hisoblanadi. 
Ma’lumotlarga asoslangan global iqtisodiyotga bogʻliqlikning 
oʻsishini oldini olish uchun milliy rivojlanish strategiyalari ma’lumotlar 
qiymat zanjirlarida raqamli modernizatsiyani (qiymat yaratilishini) va 
mahalliy ma’lumotlarni qayta ishlash qobiliyatini oshirishga yoʻnaltirilgan 
boʻlishi kerak. Bu milliy siyosat raqamli ma’lumotlardan foydalanish 
imkoniyatlarini kengayish xavflari va muammolarini yengib oʻtishni talab 
qiladi. Siyosatning asosiy muammolari ma’lumotlar egalari va boshqarish 
markazlarini 
aniqlash, 
iste’molchilarning 
ishonchini 
oshirish 
va 
ma’lumotlar maxfiyligini himoya qilish, chegaralar orqali ma’lumotlarning 
harakatlanishini tartibga solish va raqamli ma’lumotlarning rivojlanish 
potentsialidan foydalanish uchun zarur boʻlgan imkoniyatlar va bilimlarni 
shakllantirishni oʻz ichiga oladi. 
Raqamli ma’lumotlardan foydalanishning iqtisodiy afzalliklarini 
yanada teng taqsimlashni ta’minlash uchun bir nechta takliflar bildirilgan. 
Ba’zilar, shaxsiy ma’lumotlar bozorlari yoki ma’lumotlar trastlari orqali 
platformalarga taqdim etilgan ma’lumotlar uchun odamlarga pul toʻlashni 
taklif etsa, boshqalar esa yangi ma’lumotlarning asosi sifatida raqamli 
ma’lumotlarga kollektiv egalik qilish va raqamli ma’lumotlardan 
foydalanishni talab qilmoqdalar. Ushbu va boshqa variantlarni sinab 
koʻrish va ularning maqsadga muvofiqligini va tegishli afzalliklari va 
kamchiliklarini baholash kerak. Maxfiylik va ma’lumotlar xavfsizligi 
alohida e’tibor talab qiladi. Ma’lumotni suiiste’mol qilishdan himoya 
qilish uchun turli xil xavfsizlik choralari zarur. Shaxsiy ma’lumotlarni 
oʻgʻirlashning oldini olish uchun qonunlar va qoidalar zarur; shaxsiy 
ma’lumotlarni toʻplash, ulardan foydalanish, uzatish yoki yoʻq qilish 
maqsadlari va usullarini tartibga soluvchi qoidalarni belgilash va axborot 
biznes modellari butun jamiyat uchun foyda keltirishini ta’minlash darkor.
2018 yil may oyida kuchga kirgan Evropa Ittifoqining ma’lumotlarni 
himoya qilishning umumiy reglamenti bugungi kunda global ahamiyatga 


307 
ega boʻlgan ma’lumotlarni himoya qilishga eng keng qamrovli 
yondashuvni belgilaydi. 
Ma’lumotlarning xalqaro harakati ta’sirini muvozanatli tahlil qilish 
uchun turli mamlakatlar va hukumatlar, biznes, instituttlar va shaxslarning 
turli xil manfaatlarini hisobga olish kerak. Ushbu manfaatlar har doim ham 
bir-biriga toʻgʻri kelmasligi sababli, tafovut va qarama-qarshiliklar yuzaga 
keladi. Hukumatlar ma’lumotlarning tarqalishini cheklash toʻgʻrisida qaror 
qabul qilishda shaxsiy hayot va fuqarolarning himoyasi, xavfsizlik va 
mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi va bozor raqobatining kuchayishi 
inobatga olishi kerak. Yakuniy natija siyosatining tanloviga bogʻliq. Turli 
davlatlar ma’lumotlarning erkin harakatlanishidan tortib, ma’lumotlarni 
mahalliylashtirish amaliyotiga qadar turli xil rejimlarni qoʻllaydilar. 
Raqamli iqtisodiyotda tarmoq ta’siri va bozor kontsentratsiyasi 
tendentsiyasi nuqtai nazaridan raqobat siyosati muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mavjud mexanizmlar raqamli asrda bozorda raqobatni shakllantirish va 
raqobatni qoʻllab-quvvatlash vazifasini bajarishi kerak. Hozirgi vaqtda 
monopoliyaga qarshi tartibga solishda ustunlik yuqori narxlar nuqtai 
nazaridan iste’molchilar ziyonini aniqlashga asoslangan. Masalan, 
iste’molchilarning shaxsiy hayoti, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, 
iste’molchilar tanlovi, bozor tuzilishi, xizmat koʻrsatuvchi provayderlarni 
oʻzgartirish qiymati va sotuvchiga bogʻliqlik effekti hisobga olinishi kerak. 
Raqamli dominant ishtirokchilar uchun raqobat toʻgʻrisidagi 
qonunchilikning samaradorligini oshirishning tegishli bozorni sinchkovlik 
bilan aniqlash, bozorning potentsial suiiste’mollikni baholash va taklif 
qilingan birlashuvlarni koʻrib chiqishda qoʻllaniladigan vositalarni 
yangilash kabi turli xil usullari mavjud. Koʻrsatiladigan xizmatlarni davlat 
xizmatlari bilan taqqoslash mumkin boʻlgan darajada, ba’zi hollarda 
tartibga solishni barcha korxonalar uchun ochiq va teng ravishda kirishni 
ta’minlash vositasi sifatida koʻrish kerak. Qaysi variant tanlanmasin, 
rivojlanayotgan 
davlatlar 
raqobat 
siyosatining 
imkoniyatlarini 
kuchaytirishlari kerak. 
Soliqqa tortish raqamli iqtisodiyotda qiymatni saqlash bilan bogʻliq 
boʻlgan yana bir muhim sohadir. Jadal rivojlanayotgan raqamli 
iqtisodiyotdagi davlatlar eng yirik raqamli platformalar uchun soliqlarni 
kamaytirilishining oldini olish uchun soliq huquqlarini taqsimlashni qayta 


308 
koʻrib chiqmoqdalar. Hozirgi paytda daromad soligʻi qayerda va qanday 
qiymatda yaratilganligi oʻrtasida nomuvofiqlik mavjud. Rivojlanayotgan 
davlatlar birinchi navbatda global raqamli platformalar uchun bozor boʻlib 
xizmat qilayotgani hamda ularning foydalanuvchilari qiymat va foydani 
yaratishga katta hissa qoʻshar ekan, ushbu davlatlarning rasmiylari bunday 
platformalar tomonidan yaratilgan qiymatga soliq solish usullarini 
izlamoqda. 
Dunyoning aksariyat mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotda soliqqa 
tortish bilan bogʻliq siyosiy harakatlar asosan korporativ va eng yirik 
raqamli platformalarni soliqqa tortishga qaratilgan. Biroq, Afrikaning ba’zi 
davlatlarida Internetdan foydalanuvchilar va mobil toʻlov tizimlarini 
soliqqa tortishga koʻproq e’tibor qaratilgan. Soliqqa tortishning ushbu turi 
hukumat uchun jozibador boʻlishi mumkin, ammo agar u faol Internetdan 
foydalanuvchilar sonini kamaytirish orqali iqtisodiy faoliyatning 
pasayishiga olib kelsa, aksincha, samarasiz boʻladi. 
Raqamlilashtirish bandlik va mehnat sharoitlariga, shuningdek ish 
oʻrinlarining soni va sifatiga jiddiy ta’sir koʻrsatishi mumkin. Raqamli 
transformatsiyaning 
jadal 
sur’ati 
siyosatchilar 
va 
odamlardan 
texnologiyaga asoslangan mehnat bozoridagi oʻzgarishlarga moslashish 
uchun tezkor choralarni talab qiladi. Mehnat tabiati oʻzgarganda va ayrim 
ish oʻrinlari tugatilganda yangi ish oʻrinlari paydo boʻlishi bilan odamlar 
oʻz faoliyati davomida yangi bilimlarga ega boʻlishlari kerak. Bu 
masalalar, shuningdek, siyosat boʻyicha hukumatlararo ekspertlar 
guruhining qonunchilik va hayotiy raqobat boʻyicha yigʻilishlarida 
muhokama qilinadi. Siyosiy choralar texnologik oʻtish davrida ishidan 
mahrum boʻlganlar yangi sharoitlarga moslashishlari va koʻnikishlarinilari 
ta’minlashi kerak. Raqamli iqtisodiyotda qiymatni yaratish va saqlab 
qolish siyosatining muhim vositalaridan biri bu ishchilar oʻzgarishlarga 
tayyor boʻlishi va moslashishlari uchun umrbod oʻquv dasturlarini tashkil 
qilishdir. Shu sababli maxsus ijtimoiy himoya choralari va sugʻurta 
tarmoqlari ham muhimdir. 
Raqamli platformalardagi ishlarning oʻsishi, ayniqsa rivojlanayotgan 
mamlakatlarda, ish oʻrinlarining egiluvchanligini va ishga joylashish 
imkoniyatini kengaytirishi mumkin. Shunga qaramay, ish sharoitlari va 
standartlari nuqtai nazaridan pasayish poygasi xavfi mavjud, buni yodda 


309 
tutish kerak. Bunda muhim masalalardan biri ish oʻrinlarini tasniflash bilan 
bogʻliq, ya’ni, xodim platformada ishlaydigan mutaxassismi yoki mustaqil 
ishchi hisoblanadimi degan savolga aniq javob boʻlishi kerak. Bu mehnat 
huquqlariga jiddiy ta’sir qiladi. Ish sharoitlarini yaxshilash uchun 
foydalanuvchida shartnomalarni qayta koʻrib chiqish uchun katta 
imkoniyatlar mavjud.
Raqamlashtirish mamlakatlarga ularning rivojlanish darajasi va 
raqamli tayyorligiga qarab turli xil ta’sir koʻrsatganligi sababli, ayrim 
mamlakatlar davlat siyosatining bir qator qonuniy maqsadlariga erishish 
uchun raqamli iqtisodiyotni tartibga solish uchun siyosiy maydonga 
muhtoj. Shu bilan birga, ma’lumotlarning himoyasi va xavfsizligi, 
ma’lumotlarning xalqaro harakati, raqobat, soliq va savdo kabi ayrim 
siyosiy muammolar mintaqaviy yoki xalqaro miqyosda yaxshiroq hal 
qilinishi mumkin. Shu sababli, tez sur’atlar bilan oʻsib borayotgan raqamli 
iqtisodiyotning afzalliklarini hozirda undan katta foyda koʻrmaydigan 
koʻplab shaxslar olishini ta’minlash uchun kelishilgan global harakat talab 
etiladi. 
Xalqaro savdo va rivojlanishda tobora muhim ahamiyat kasb etuvchi 
xalqaro ma’lumotlar harakatiga kelsak, ushbu sohadagi qoidalarni Jahon 
savdo tashkiloti va savdo bitimlari orqali xalqarolashtirishga urinishlar 
boʻldi. Ushbu masala boʻyicha fikrlarning xilma-xilligi qoʻshimcha tahlil 
qilish va taklif etilayotgan turli yondashuvlarni sinchkovlik bilan koʻrib 
chiqish zarurligini koʻrsatadi. Xususan, qonuniy davlat siyosatining 
maqsadlariga erishish uchun moslashuvchanlikni yanada koʻproq oʻrganish 
va muhokama qilish kerak. Ma’lumotlarga maxsus kirish raqobatdosh 
ustunlikka ega, bu daromadlarni taqsimlash, bozor kontsentratsiyasi va 
mamlakatlarning 
raqamli 
platformalarda 
qatnashishi 
va 
raqamli 
ma’lumotlardan foydalanishi uchun teng darajadagi sharoitlarning 
yetishmasligi 
bilan 
bogʻliq 
muammolarni 
keltirib 
chiqaradi. 
Ma’lumotlarning koʻp qirrali tabiatini hisobga olgan holda, bunday keng 
qamrovli munozara uchun eng mos forum qanday boʻlishi mumkinligini 
koʻrib chiqish ham muhimdir. 
Raqamli iqtisodiyotdan foydalanish uchun ma’lumotlarning uzluksiz 
ravishda uzatilishini ta’minlash juda muhim, ammo shu bilan birga tegishli 
imtiyozlar davlatlar va qiymat yaratishda ishtirok etadigan shaxslar 


310 
oʻrtasida teng taqsimlanishini ta’minlash ham muhimdir. Bundan tashqari, 
ta’sirlarni baholash iqtisodiy oʻsishdan tashqarida boʻlishi kerak va quvvat 
aloqalari, bogʻliqlik, ma’lumotlarning maxfiyligi va qiymatni saqlash bilan 
bogʻliq omillarni hisobga olishi kerak. Bu barcha tegishli jihatlarni hisobga 
olgan yangi, alternativ yondashuvlarni oʻrganishni talab qiladi. Jumladan, 
mamlakat darajasida har xil turdagi muhim ma’lumotlarga “egalik qilish” 
va nazorat qilish qoidalari oʻrnatilishi mumkin, ma’lumotlar mamlakat 
iqtisodiyoti va mamlakat ma’lumotlari bilan ishlashni xohlaydigan global 
raqamli platformalar bilan adolatli shart-sharoitlarni muhokama qilish 
uchun muhim vosita hisoblanadi. Bunday qoidalardan raqamli sohalarning 
rivojlanishiga koʻmaklashish, jumladan global korporatsiyalar bilan 
qoʻshma loyihalar orqali foydalaniladi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling