O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/177
Sana03.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1743996
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   177
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

 
Xulosa 
Kvant texnologiyalarining asosiy iste’molchisi davlatdir. Bu esa 
milliy xavfsizlikni ta’minlash uchun kvant texnologiyalarining strategik 
ahamiyati bilan bogʻliq. Markets and Markets ma’lumotlariga koʻra, kvant 
hisoblashlar bozori uchun oʻsish drayverlari kiber jinoyatlarga qarshi 
kurash, avtomobilsozlik va mudofaa sanoatida kvant hisoblashlardan 
foydalanish, shuningdek, davlat investitsiyalarining ortishi boʻladi. Evropa, 
AQSh, Xitoy, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada va Avstraliyada kvant 
texnologiyalarini rivojlantirish boʻyicha dasturlar yaratilgan. Kvantli 
hisoblash rivojlanishining yana bir drayveri bu mashinali oʻqish va sun’iy 
aqlni rivojlantirishdir. Accenture ma’lumotlariga koʻra, 2035 yilga qadar 
rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy oʻsishning yarmi sun’iy intellekt 
(AI)dan keladi - bu yiliga 2,5 trln.dollarni tashkil etadi. Agar AIda kvant 
hisoblash dasturlarining ulushi 20% ni tashkil qilsa, u holda mos ravishda 
yiliga 500 milliard dollargacha yetishi mumkin. Davlat tomonidan qoʻllab-
quvvatlash dasturlari bilan bir qatorda Google, IBM, Microsoft, Intel, 
Alibaba, Hewlett Packard Enterprise, Nokia Bell Labs va Raytheon kabi 
kompaniyalar ham kvant texnologiyalariga qiziqish bildirmoqdalar. 
Jahonda kvant texnologiyalarining birinchi iste’molchilari allaqachon 
paydo boʻlgan. Bular qatoriga Lockheed Martin, Airbus, Volkswagen va 
boshqalar kiradi.
Kvantli kompyuterlardan yangi materiallarni yaratish uchun 
foydalanish mumkin. Elektr energiyasini uzatish paytida yoʻqotishlarni 
kamaytirishga imkon beradigan xona haroratida oʻta oʻtkazuvchanlik 
xususiyatlariga 
ega 
materiallarni 
sintez 
qilish 
uchun 
kvant 
kompyuterlaridan foydalanish masalasi keng muhokama qilindi. Kam 
energiya sarflash hisobiga kelajakda kvant kompyuterlar klassik 
superkompyuterlarga 
qaraganda 
arzonroq 
boʻladi. 
Kvant 


284 
kompyuterlarining energiya iste’moli 100 baravar kam boʻladi, bu 
kelajakda oʻnlab milliard dollarni tejashga imkon beradi.
87

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling