O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
Atomdagi kvant jarayonlari Maktab kursidan ma’lum boʻlgan Ernest Rezerford atomining sayyoraviy modelida elektronlar-sayyoralar Quyosh yadrosi atrofida aylanib yuradi, aslida bu mavjud emas. Klassik fizika qonunlariga koʻra, halqa orbitalarida harakatlanadigan va tezlashishni boshdan kechirayotgan elektronlar energiya chiqarishi va yoʻqotishi kerak. Bunda mos ravishda, juda qisqa vaqt oʻtgach, elektronlar yadroga tushishi va atom yoʻq boʻlib ketishi kerak edi. Nils Bor kvant postulatlari atomdagi elektronning diskret energik holati (darajalar yoki orbitalar) toʻplamiga ega va elektronlar ma’lum darajadagi fotonni nisbatan quyi darajaga oʻtish paytida taratadi (ya’ni chiqaradi). Elektron ma’lum bir energiya darajasida ekan, u nurlanmaydi – buni faqatgina boshqa darajaga oʻtganda amalga oshirishi mumkin. Borning atom haqidagi nazariyasi, masalan, chiziqli spektrlarning mavjudligini tushuntirishga imkon berdi. Spektrdagi chiziqlar shuni koʻrsatdiki, atomlar negadir faqatgina tanlangan chastotalarda qabul qilingan yoki uzatilgan. Buni klassik usullar bilan tushuntirish mumkin emas edi. Faqatgina atom haqidagi yangi gʻoyalar spektrdagi chiziqlar ma’lum energiya darajalariga mos kelishini tushunishga imkon berdi. Atomda energiya almashinuvi: fotonning yutilishi elektronning yuqori energiya darajasiga (masalan: sxemada boʻlgani kabi E1 dan E2 82 https://uzatom.uz/icat/good-to-know/detail.php?ID=1900 274 gacha) va chiqarilishi - past darajasiga (E3 dan E2 gacha) oʻtishiga olib keladi. (3.33-rasm) 83 3.34-rasm. Nils Bor kvant postulatlari 1950-yillarda Massachusets texnologiya institutining aspiranti muhandislarni lampalar yoki tranzistorlar oʻrniga oʻta oʻtkazuvchan magnit kalitlardan foydalangan holda kompyuterlar yaratishga koʻndirdi. 84 Bak ixtirosi ijod mahsuli hisoblanadi. Bundan tashqari, u bugungi kunda ham mavjud: kriotron IBMning super oʻtkazuvchan kubitlarni yaratish boʻyicha loyihalarining asosida turadi. Shunga qaramay, kompyuter muhandisligi tarixi sahifalarida kriotron ustida oʻnlab yillar davomida olib borilgan ishlar koʻrinmay qoldi. Koʻplab zamonaviy muhandislar ushbu texnologiya haqida hatto eshitishmagan. Kvant texnologiyalari tarixi haqida gap ketganda Bakning ishi va uning hozir unutilgan kriotronik kompyuteriga alohida toʻxtalish kerak. Ikkinchi Jahon urushidan keyin elektronika muhandislari fundamental savolga duch kelishdi: elektron raqamli kompyuterlarni qanday tuzilishga ega boʻladi? Mantiqiy sxemalar uchun qanday kalitlar toʻri keladi? Asosiy xotira uchun nimadan foydalanish kerak? 83 https://nplus1.ru/material/2020/01/31/course-quantum-technology-chapter1 84 https://habr.com/ru/company/cloud_mts/blog/514284/ 275 Uzoq oʻylamasdan, ular asosiy mantiqiy kalit sifatida ishlatiladigan turli xil variantlardan elektron lampalarni tanladilar. Bundan tashqari, bitta mashina qurish uchun minglab bunday lampalar kerak edi. Oʻsha paytlarda tranzistorlarga jiddiy e’tibor berilmadi – ular Bell Telefon Laboratoriyalari ( Bell Telephone Laboratories ) tomonidan ishlab chiqilgan edi. “Xotira” variantlari ham juda koʻp edi: maxsus katod nurlari va simob naychalari, aylanadigan magnit barabanlar. 1950 yillarga kelib yana bir umidli nomzod paydo boʻldi: magnit yadrolari. Ferromagnitdan yasalgan bitta xalqa, qaysi yoʻnalishda magnitlanganiga qarab, 1 bit ma’lumotni oʻz ichiga olishi mumkin edi. 50-yillarning oʻrtalarida birinchi kompyuterlar dunyosi magnit yadro xotirasiga ega naychali yadrolar bilan toʻldirildi. Ma’lumki, bir muncha vaqt oʻtgach, lampalar tranzistorlar bilan almashtirildi, keyin esa – mantiqiy bogʻlanishni amalga oshirish va xotira uchun integral mikrosxemalar paydo boʻldi. Ammo 1950-1960 yillarda turli xil muhandislar guruhlari raqamli kompyuterlarni yaratishning tubdan yangi usullarini qidirishdi. Taniqli olimlardan biri Dadli Allen Bak edi. U 1950 yildan 1959 yilgacha - 32 yoshidagi fojeali oʻlimigacha MTI(Moskva texnologiya instituti)da ishlagan. U mikrosxemalar sohasida dastlabki tadqiqotlar uchun muhim hissa qoʻshdi. Bundan tashqari, u kriotronning rivojlanishi – oʻta yuqori oʻtkazuvchan kalit ishlanmasining muallifi hisoblanadi. Bakning soʻzlariga koʻra, uning ishlanmalari kelajakdagi barcha raqamli kompyuterlarning asosiy “quruvchi-zanjiri” boʻlishi kerak. Unga GE, IBM, RCA va AQSh harbiylari kabi gigantlar ishonishdi. 1950 yillarning oxirida kriotonga oid katta ilmiy loyihalar amalga oshirila boshlandi. Ular sanoat ishlab chiqarishi “lampalar vorisi”ni – kremniy mikrochiplarini tanlaganidan keyingina yakun topdi. 1948 yilda Dadli Bak Vashington universitetida elektrotexnika boʻyicha bakalavr darajasini oldi. Uning birinchi ish joyi AQSh dengiz flotining kriptologiya tashkiloti edi. U yerda birinchi raqamli kompyuterlar bilan tanishdi. 1950 yilda u Massachusets texnologiya institutiga fizik Artur fon Xippel rahbarligidagi elektrotexnika boʻyicha aspiranturaga oʻqishga kirdi. Bak Massachusets texnologiya institutining “Whirlwind” – 276 harbiy maqsadlar uchun moʻljallangan yirik texnologik loyihasida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling