O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Robototexnikaning foydalanish sohalari


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/177
Sana03.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1743996
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   177
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

 
Robototexnikaning foydalanish sohalari 
2017 yilda dunyoda robotlarning oʻrtacha soni har 10000 ishchiga 69 
tani tashkil etdi. Robotlarning eng koʻp soni Janubiy Koreyada - har 


264 
10000 ishchiga 531, Singapurda - 398, Yaponiyada - 305, Germaniyada - 
301
76

 
Ta’lim 
Robototexnika majmualari avtomatlashgan boshqaruv nazariyasi va 
mexatronika sohasida zamonaviy yuqori texnologiyali tadqiqot vositasi 
sifatida ta’lim sohasida mashhurdir. Ularning turli xil oʻrta maxsus kasb-
hunar va oliy ta’lim muassasalarida qoʻllanilishi ILERT singari AQSh va 
Evropa Ittifoqi oʻrtasidagi yirik qoʻshma ta’lim dasturining asosi boʻlgan 
«loyihalarda oʻrganish» konsepsiyasini amalga oshirishga imkon beradi. 
Muhandislik ta’limida robototexnika majmualarining imkoniyatlaridan 
foydalanish bir vaqtning oʻzida qator oʻzaro aloqador fanlar: mexanika
boshqaruv nazariyasi, sxemotexnika, dasturlash, axborot nazariyasi 
boʻyicha kasbiy mahoratni qayta ishlash imkonini beradi. Murakkab 
bilimlarga boʻlgan talab tadqiqot guruhlari oʻrtasidagi aloqalarni 
rivojlantirishga yordam beradi. Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan oʻqitish 
jarayonida talabalar real amaliy muammolarni hal qilish zaruratiga duch 
kelishadi. 
Oʻquv laboratoriyalari uchun mashhur robototexnika majmualari 
sirasiga Mechatronics Control Kit, Festo Didactic, LEGO Mindstorms, 
fischertechnik kabilarni kiritish mumkin. Moskvadagi Pedagogik mahorat 
markazi eng mashhur platformalar va robot konstruktorlarini taqqosladi
77

Mobil robototexnik kasbi Rossiya Federatsiyasi Mehnat vazirligi 
ma’lumotlariga koʻra eng koʻp talab qilinadigan kasblarning TOP-50 
roʻyxatiga kiritilgan
78

 
Sanoat 
Ishlab chiqarishda robotlar bir necha oʻn yillar davomida 
muvaffaqiyatli ishlatilib kelinmoqda. Ogʻir, koʻp energiya sarflaydigan, 
xavfli 
operatsiyalarni 
bajarishda 
robotlar 
odamlarning 
oʻrnini 
muvaffaqiyatli egallamoqdalar. Robotlar charchamaydi, ularga dam olish
76
Цифры и факты (рус.) // Наука и жизнь. — 2017. — № 11. — С. 59. 
77
Робототехника, Занимательная. Lego, Fischertechnik, ТРИК или Амперка: сравнение и обзор 
робототехнических конструкторов (рус.), Занимательная робототехника 
78
 Топ-список 50 наиболее перспективных и востребованных профессий среднего образования в РФ по 
версии МинТруда 


265 
suv va ovqatlanish uchun tanaffus kerak emas. Robotlar yuqori ish haqini 
talab qilmaydi va kasaba uyushmalarining a’zosi hisoblanmaydi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling