261
sakrab muvozanatni saqlashga qodir robot yaratdi.
Keyinchalik, algoritm
ikki va toʻrt oyoqli mexanizmlarga tatbiq etildi. Shunga oʻxshash robotlar
yugurish qobiliyatini va oddiy harakatlarni amalga oshirish qobiliyatini
namoyish etdilar.
Uchadigan robotlar. Aksariyat zamonaviy
samolyotlar uchuvchilar
tomonidan boshqariladigan uchadigan robotlardir. Avtopilot parvozni
barcha bosqichlarda, jumladan uchish va qoʻnishni boshqarishga qodir.
Uchadigan
robotlar, shuningdek uchuvchisiz uchish apparatlarini ham oʻz
ichiga oladi (UUA; qanotli raketalar). Bunday qurilmalar, fizik hajmi
jihatidan
ogir emas, (uchuvchi yoʻqligi sababli) va xavfli vazifalarni
bajarishi mumkin; ba’zi UUAlari operator buyrugʻiga binoan avtomatik
oʻqqa tutishga qodir. Samolyotlar tomonidan ishlatiladigan
harakatlanish
usuliga qoʻshimcha ravishda, uchadigan robotlar boshqa jumladan,
pingvinlar,
skat-baliqlar,
meduzalar
tomonidan
ishlatiladiganlarga
oʻxshash harakat usullarini ham qoʻllaydilar. Harakatlanishning bu usulini
Festo
kompaniyasining Air Penguin, Air Ray va Air Jelly robotlari
ishlatadilar yoki RoboBee kabi hasharotlarga oʻxshash uchish texnikasidan
foydalanadilar.
Sudraluvchi
robotlar.
Ilonlar,
qurtlar,
shilliqqurt
kabi
harakatlanadigan robotlarning bir qator dizaynlari mavjud. Shu bilan birga,
harakatni amalga oshirish uchun robot ishqalanish kuchlarini (notekis sirt
boʻylab harakatlanayotganda) yoki sirt egriligining oʻzgarishini
(oʻzgaruvchan egrilikli silliq sirt holatida) ishlatishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: