263
buyruqli (tugmali va alohida
robot qismlarini boshqarish
tugmachasi);
nusxalovchi (odamning harakatini takrorlash, qayta aloqani amalga
oshirish talab qilingan kuchni oʻtkazish, ekzoskeletlar);
yarim avtomatik (bitta buyruqli
organ bilan boshqarish, masalan,
robotning butun kinematik sxemasini qoʻli orqali boshqarish);
2.
Avtomatik:
dasturiy ta’minotli (asosan atrof-muhit oʻzgarmas sharoitlarida
monoton muammolarni hal qilish uchun moʻljallangan oldindan
belgilangan dastur asosida ishlaydi);
moslashuvchan (an’anaviy
vazifalarni hal qiladi, ammo ishlash
sharoitlariga moslashadi);
aqlli (eng zamonaviy avtomatik tizimlar);
3.
Interfaol:
avtomatlashtirilgan (avtomatik va biotexnik rejimlarni almashtirish
imkoniyatiga ega);
nazorat-kuzatuv (inson faqat maqsadni
belgilash funktsiyasini
bajaradigan avtomatik tizimlar);
muloqot (robot xatti-harakatlar strategiyasini tanlash uchun odam
bilan muloqotda qatnashadi, odatda, robot
manipulyatsiya natijalarini
oldindan aytib berishga va maqsadni tanlash boʻyicha maslahat berishga
qodir boʻlgan ekspert tizimiga ega).
Robotlarni boshqarishning asosiy vazifalari qatoriga quyidagilar
kiradi:
vaziyatni
rejalashtirish;
harakatlarni rejalashtirish;
kuch va vaqtni rejalashtirish;
dinamik aniqlik tahlili;
robotning kinematik va dinamik xususiyatlarini aniqlash.
Texnik kibernetika va avtomatik boshqarish nazariyasi yutuqlari
robotni boshqarish usullarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: