O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/177
Sana03.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1743996
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   177
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

3.30-rasm. Sanoat robotlari 
Odatda, sanoat robotlari sun’iy ongga ega emas. Manipulyatorning 
bir xil harakatlarni qat’iy dasturda takrorlashi odatiy holdir. 
Masalan, avtomobil zavodlarida robotlardan konveyer liniyalarida 
foydalanishda katta yutuqlarga erishildi. Avtomobilsozlik sohasida 
avtomobillarni yigʻish va yarim tayyor mahsulotlarni tashish boʻyicha 
barcha jarayonlar robotlar tomonidan amalga oshiriladigan va odamlar 
ularni faqat nazorat qilidigan rejalar ishlab chiqilgan. 
Yadro va kimyo sanoatida odamlar uchun xavfli radioaktiv va 
kimyoviy muhitda robotlar keng qoʻllaniladi. 
Uchuvchisiz vertolyot va chaqmoqdan himoya qilish kabeli boʻylab 
harakatlanuvchi moslamadan iborat elektr uzatish liniyalari holatini 
avtomatlashtirilgan diagnostika qilish uchun ham robot yaratilgan. 
Dunyoning barcha mamlakatlari sanoatida 2016 yilda 1,8 million 
dona robotlar ishlatilgan va 2020 yilga kelib ularning soni 3,5 million 
donadan oshdi. 
 
Qishloq xoʻjaligi 
Qishloq xoʻjaligida ekinlarni avtomatik parvarish qilishni amalga 
oshiradigan birinchi robotlar qoʻllanilgan. Sabzavot etishtirish uchun 
birinchi robot issiqxonalar sinovdan oʻtkazildi. 


266 
2016-2019 yillarda qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun robotlar 
savdosi hajmi 34 ming birlikdan ziyodroqni tashkil etdi. 
 
Tibbiyot 
Tibbiyotda robototexnika tayanch-harakat tizimi buzilgan odamlarga 
yordam beradigan turli xil ekzoskeletlar shaklida qoʻllaniladi. Miniatyurali 
robotlar tibbiy maqsadlarda inson tanasiga implantatsiya qilish uchun 
ishlab chiqarilmoqda: yurak stimulyatori, axborot sensori va boshqalar. 
 
Kosmonavtika 
Robotli manipulyatorlardan kosmik kemalarda foydalaniladi. 
Masalan, Orlets kuzatish kosmik kemasida kichkina oʻlchamdagi 
kapsulalarni lentali plyonka bilan yuklaydigan kapsula avtomati 
oʻrnatilgan. Oyda va sayyoralarda yuruvchi robotlarni mobil robotlarning 
qiziqarli misollari sifatida koʻrish mumkin. 
Pathfinder va Sajourner robotlari 
Mars sayyorasini tadqiq etish maqsadida Pathfinder Sojournerni 
Mars yuzasiga etkazish uchun noyob texnologiya ishlab chiqilgan. 
Sojourner Mars sayyorasiga yuborilgan birinchi robot qurilma edi. 
Sojourner yer sathida 11 kg (24,3 funt) ogʻirlikka va Mars yuzasida esa 
taxminan 9 funtga teng. Uning oʻlchami chaqaloq aravachasiga oʻxshaydi. 
Ushbu robot oltita gʻildirakka ega va daqiqasiga 0,6 metr (1,9 fut) tezlikda 
yura oladi.

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling