313
4-BOB. BIZNESNI RAQAMLASHTIRISH AMALIYOTI
1 § Kompaniyani raqamli transformatsiyalashuv yoʻnalishlari
Reja:
1.
Jahondagi raqamli transformatsiyalashuv
2. Raqamli transformatsiyaning yoʻnalishlari
3. O‘zbekistonda raqamli transformatsiyalashuv jarayonlari
Raqamlashtirish, didjitalizasiya, avtomatlashtirish
tushunchalari
ancha vaqtdan buyon bahs-munozaralar,
iqtisodiy forumlar va
ixtisoslashtirilgan konferentsiyalarning dasturlari kun tartibida mustahkam
oʻrin egallagan. Albatta, ushbu mavzu ba’zan qisqa muddatli inqiroz
katalizatorlariga yoʻl ochib beradi (masalan,
sanktsiyalar va savdo
urushlari), lekin aslida bu bugungi kunda biznes va umuman jamiyatni
rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Biroq,
raqamli
transformatsiya
avtomatlashtirish
yoki
raqamlashtirishdan qanday farq qiladi?
Gap shundaki, avtomatlashtirish
yoki
raqamlashtirish bu, birinchi navbatda, jarayonlarni yoki ob’yektlarni
avtomatlashtirilgan (raqamli) ga oʻzgartirish
usulini anglatadigan
atamalardir. Raqamli transformatsiya esa raqamli texnologik tsiklda
samarali ishlashi mumkin boʻlgan yangilangan
modelni yaratish uchun
biznesni moslashtirish jarayonini anglatadi (hozirgi shaklning oʻzgarishi, A
shaklini yangi B shaklga oʻtishi sifatida tasavvur etish mumkin).
Do'stlaringiz bilan baham: