312
Glossariy
Raqamli platforma – bu raqamli hamkorlikning oʻziga xos va
ixtisoslashtirilgan tizimini yaratishda asos
sifatida foydalaniladigan
texnologiyalar guruhidir.
Raqamli platforma – ikki yoki undan ortiq oʻzaro bogʻliq boʻlgan
ishtirokchilar guruhlari oʻrtasidagi almashuvlarni
osonlashtirish orqali
qiymat yaratadigan yuqori texnologiyali biznes-modeldir.
Raqamli platforma – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar
oʻrtasida oʻzaro foydali aloqalarni ta’minlaydigan muassasa boʻlib, u
ishtirokchilar uchun ochiq infratuzilmani ta’minlaydi
va yangi qoidalarni
oʻrnatadi.
Raqamli platforma – ma’lumot
bilan ishlash uchun raqamli
texnologiyalar toʻplamidan foydalanish va mehnat taqsimotidagi
oʻzgarishlar tufayli yagona axborot
muhitida amalga oshiriladigan,
sohaning (yoki faoliyat sohasining) koʻplab mustaqil ishtirokchilarining
oʻzaro foydali algoritmik aloqalari tizimi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: