O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
§ Raqamli iqtisodiyotga oid davlat siyosati
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
3 § Raqamli iqtisodiyotga oid davlat siyosati
Reja: 1. Raqamli iqtisodiyotga oid me’yoriy-huquqiy asoslar 2. Davlat xizmatlari agentligining tashkil etilishi va faoliyati 3. AKT sohasidagi kadrlar siyosati 4. O‘zbekistonda raqamlashtirishning ustuvor yoʻnalishlari 2018-yil 5-sentabrda 707-sonli “Butunjahon internet tarmogʻida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan. “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 96 ga muvofiq, shuningdek, butunjahon Internet tarmogʻida axborot xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish, axborot sohasida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini muhofaza qilish maqsadida veb-saytlardan va (yoki) internet sahifalaridan foydalanish maxsus vakolatli organi – Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan quyidagi hollarda cheklanishlar oʻrnatilgan: Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga da’vat etish; urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm gʻoyalarini targʻib qilish; davlat siri boʻlgan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oshkor etish; milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi, shuningdek, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻyuvchi axborotni tarqatish; giyohvandlik vositalari, ularning analoglari psixotrop moddalar va prekursorlarni targʻib qilish; pornografiyani targʻib qilish; qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab boʻladigan boshqa harakatlarni sodir etish. 96 http://lex.uz/uz/docs/-83472 340 Mazkur Qaror ilovalarida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalaridan foydalanishni cheklash tartibi toʻgʻrisida nizom va cheklash sxemasi tasdiqlangan. “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalaridan foydalanishni cheklash tartibi toʻgʻrisida” NIZOM Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan axborotga (keyingi oʻrinlarda taqiqlangan axborot deb ataladi) ega butunjahon Internet tarmogʻi veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalaridan (keyingi oʻrinlarda Internet tarmogʻi axborot resurslari deb ataladi) foydalanishni cheklash tartibini belgilaydi. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanilgan: Internet tarmogʻi barcha axborot resurslari identifikatsiya ma’lumotlari –noyob domen nomlari, Internet axborot tarmogʻida identifikatsiyalashga imkon beradigan veb-sayt sahifalari koʻrsatkichlari va tarmoq manzillari; foydalanishni cheklash – foydalanuvchining Oʻzbekiston Respublikasi hududida muayyan Internet tarmogʻi axborot resursidan foydalanishini toʻxtatishga doir tashkiliy va dasturiy-texnik chora-tadbirlar majmuasi; taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan butunjahon Internet tarmogʻi axborot resurslari Reyestri (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) – taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi axborot resurslari roʻyxati. Internet tarmogʻi axborot resurslaridan foydalanishni cheklash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi axborot resurslarini aniqlash; taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi axborot resursi identifikatsiya ma’lumotlarini Reyestrga kiritish; Internet tarmogʻi axborot resursidan foydalanishni cheklash. 2019-yil 21-oktabrda “Internet jahon axborot tarmogʻida milliy kontentni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 888-sonli Qarori bilan 2019 – 2021-yillarda Internet jahon axborot tarmogʻida milliy kontentni 341 yanada rivojlantirish boʻyicha kompleks dastur tasdiqlandi. Ushbu Dasturning maqsadi Internet jahon axborot tarmogʻida yoshlarda bilimlar axborot makonini shakllantirish, dunyoqarashni kengaytirish va ijodiy salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan ma’rifiy va foydali veb-resurslarni yaratishni qoʻllab-quvvatlash boʻlib, u quyidagilarni nazarda tutadi: birinchi – milliy veb-resurslar soni oʻsishi, shuningdek, ularni Internet jahon axborot tarmogʻida ilgari surish va ommalashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish; ikkinchi – davlat axborot veb-resurslarini, shu jumladan, rasmiy veb- saytlarni rivojlantirish, Internet jahon axborot tarmogʻida davlat tuzilmalari faoliyatiga doir matnli, foto-, audiovizual materiallar bankini tashkil qilish va yuritish, davlat ommaviy axborot vositalarining ommaviy ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjyerlardagi ishtirokini kengaytirish; uchinchi – maktabgacha ta’lim, oʻrta va oliy ta’lim tizimlari uchun elektron ta’lim resurslarini yanada takomillashtirish, shuningdek, mahalliy va jahon ta’lim resurslariga kirish imkoniyatini ta’minlash; toʻrtinchi – Internet jahon axborot tarmogʻida foydalanuvchilarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga koʻmaklashadigan zamonaviy veb-resurslarni shakllantirish, shuningdek, axborot makonida Oʻzbekistonning tarixi, fani, madaniyati va san’atini targʻib qilishni qoʻllab-quvvatlash; beshinchi – axborot-kutubxona muassasalarining faoliyatiga axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, foydalanuvchilarning axborot-kutubxona resurslariga, mamlakat arxiv va muzeylariga masofadan kirishi imkoniyatini, ishlarning samarali tashkil etilishini va ularga Internet jahon axborot tarmogʻida xizmat koʻrsatilishini ta’minlash; oltinchi – Internet jahon axborot tarmogʻining global va milliy segmenti rivojlanishi tendensiyalarini muntazam oʻrganib borish, Internet jahon axborot tarmogʻida milliy kontentni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni shakllantirish, davlat-xususiy sheriklikni joriy etish va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda Dastur ijrosi monitoringi olib borilishini ta’minlaydi. 342 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 9- yanvar kuni davlat xizmatlari koʻrsatish samaradorligini oshirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sifatidagi faoliyatining ilk kunlaridan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan gʻoyani ilgari surgan edi. Maqsad odamlarimizning ogʻirini yengil qilish, har qanday qulayliklar yaratishdan iborat. Buning uchun, avvalo, rasmiy idoralarga u yoki bu yumush bilan murojaat qilgan aholining vaqti va mablagʻini tejash, ayniqsa, sarson- sargardonlikka barham berish, qolaversa, korrupsiyani bartaraf etish maqsadlarida davlat xizmatlari koʻrsatishning yaxlit, zamonaviy, ishonchli tizimini yaratishga kirishildi. Shu munosabat bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 12-dekabr kuni “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmon qabul qilindi. Unga muvofiq, Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi. Hozirda mamlakatimiz boʻylab Agentlik tasarrufidagi Davlat xizmatlari markazlari faoliyat yuritib kelmoqda. Oddiy odamlar uchun qulay, koʻrkam boʻlgan 80 dan ortiq innovatsion binolar jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat qilib kelayotgan boʻlsa, bugungi kunda yana 94 ta shunday inshootlarni qurish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, olis joylarga chiqish orqali (“mobil davlat xizmatlari”) qulay va shaffof tarzda sayyor xizmatlar ham koʻrsatilyapti. Bugungi kunga kelib, Davlat xizmatlari markazlari orqali “yagona darcha” tamoyili asosida 130 turdan ziyod xizmatlar taqdim etilmoqda. 2017-yilda aholiga koʻrsatilgan xizmatlar soni 12 mingtani tashkil etgan boʻlsa, 2019-yilda bu koʻrsatkich 13 milliontadan oshgan. Eng koʻp murojaat qilinadigan 36 turdagi xizmatlar boʻyicha hujjatlar soni 112 tadan 52 taga kamaytirildi, xizmat koʻrsatish muddati 280 kundan 126 kunga qisqartirildi. Masalan, ilgari haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun pasport, tibbiy maʼlumotnoma, imtihon varaqasi, eski guvohnoma, rasm va eng kam ish haqining 70 foizi miqdorida toʻlov talab qilingan. Endilikda esa faqat uchta narsa: eski haydovchilik guvohnomasi va uning taloni, bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi hajmida toʻlov kerak, xolos. 343 Oʻtgan yil 1-iyundan boshlab fuqarolarning yashash joyidan va tashkilotlarning manzilidan qatʼi nazar, istalgan markaz orqali davlat xizmatlari koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi. Bu esa odamlarga juda katta qulaylik yaratib, sarsongarchilikdan xalos etdi. Masalan, Toshkentdagi universitetga Nukusdan kelib hujjat topshirish uchun kamida 2 million soʻm xarajat qilingan boʻlsa, hozirda istalgan markazga murojaat qilish kifoya. Joriy yilda ham bu boradagi ishlar davom ettirilib, 94 ta yangi markaz barpo etilishini aksar hollarda xususiy sektor bilan sheriklikda amalga oshirish rejalashtirilgan. Davlatimiz rahbari bu dastlabki qadamlar ekani, aholiga qulayliklarni yanada koʻpaytirish zarurligini taʼkidladi. Avvalo, “yagona darcha” tamoyili toʻliq ishlashi uchun barcha davlat xizmatlari toʻliq elektron shaklga oʻtkazilishi va maʼlumotlar raqamlashtirilishi lozimligi koʻrsatib oʻtildi. Hozirgi kunda davlat xizmati koʻrsatuvchi 80 ta idoradan atigi 27 tasi Davlat xizmatlari agentligi bilan oʻzaro integratsiya qilingan. 53 idorada maʼlumotlar raqamlashtirilmagan. Misol uchun, sogʻliqni saqlash, ekologiya, qurilish, arxiv bilan bogʻliq davlat xizmatlari sohasida haligacha elektron maʼlumot bazasi shakllanmagan. Shunday maʼlumot almashinuvi yoʻqligi sababli 2019-yilda qurilish, tabiiy gaz, issiq suv va ichimlik suvi taʼminoti borasida xizmat koʻrsatish muddatlari buzilgan. Shu bois yigʻilishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligiga barcha idoralarning davlat xizmatlari bilan bogʻliq axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasini yaratish boʻyicha manzilli dastur ishlab chiqish vazifasi topshirildi. Elektron davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar sonini yil yakunigacha kamida 5 baravarga oshirish, 2025-yilgacha toʻliq elektron xizmat koʻrsatishga oʻtish maqsad qilib qoʻyildi. Aholining 75 foizi internetga mobil qurilmalar orqali kirayotganini inobatga olib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil versiyasini ishga tushirish muhimligi qayd etildi. Uzoq hududlarda yashaydigan aholiga qulayliklar yaratish maqsadida davlat xizmatlari 344 markazining 50 dan ortiq filialini tashkil etishni jadallashtirish zarurligi taʼkidlandi. Xorijiy tajribani qoʻllagan holda, odamlarga bir murojaat asosida qoʻshimcha kompleks xizmatlar koʻrsatish hamda fuqaroning murojaatisiz ham unga kerakli xizmat turlarini taklif qilish mumkinligi qayd etildi. Misol uchun, farzand tugʻilishi bilan unga tugʻilganlikni qayd etish, nafaqa belgilash, yashash joyiga roʻyxatga va tibbiyot muassasasiga hisobga qoʻyish, bolalar bogʻchasiga navbat kabi xizmatlar biryoʻla taqdim etilsa, ota-onalarga gʻoyat qulay boʻladi. Yigʻilishda ushbu tizimni eksperiment tariqasida Toshkent shahrida, keyinchalik boshqa hududlarda bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan topshiriq berildi. Prezidentimiz koʻplab xizmatlar uchun elektron raqamli imzo talab qilinishi odamlarga qiyinchilik tugʻdirayotgani, ayniqsa, bu tadbirkorlarning eng ogʻriqli nuqtasi ekanini taʼkidladi. Elektron raqamli imzodan kompyuter orqaligina foydalanish mumkin. Tadbirkor roʻyxatdan oʻtish uchun soliq idorasi kaliti, bojxona hujjatlari uchun bojxona kaliti va hisob raqami bilan ishlash uchun bankning elektron raqamli imzosini olishi shart. Bu kalitlarni olish uchun har bir idoraga alohida-alohida borib, uni xarid qilishi, tagʻin muayyan muddatda yana mablagʻ sarflab yangilashi kerak. Prezidentimiz tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda elektron raqamli imzo talab etiladigan xizmat turlari uchun shaxsni tasdiqlashning muqobil, xavfsiz va sodda usullarini joriy qilish vazifasi qoʻyildi. 2020 yil 1-iyulgacha hamma xizmatlar uchun yagona boʻlgan elektron raqamli imzo ishlab chiqish boʻyicha topshiriq berildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 2020 yil 8-iyun kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar ijrosi boʻyicha taqdimot oʻtkazildi. 2020 yil 28-aprelda davlatimiz rahbarining “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi. Qarorda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish va koordinatsiya qilish uchun Bosh vazir maslahatchisi lavozimi joriy etildi. 345 Sohadagi maqsadlarga zamonaviy dasturchilar tayyorlashni jadallashtirish orqali erishish mumkin. “Bir million dasturchi” loyihasining dastlabki bosqichida 62 mingdan ziyod oʻquvchi qamrab olinib, ularning 5 ming 400 nafariga malaka sertifikati berildi. 2020 yil 100 mingta va 2021-yilning birinchi yarmida yana 150 mingta oʻquvchini oʻqitish, talabalarning dasturiy taʼminot boʻyicha malakasini oshirildi. 5-sinfdan oʻqitib kelinayotgan “Informatika” fanini zamonaviy texnologiyalardan kelib chiqib takomillashtirish, ushbu fanga “Bir million dasturchi” loyihasiga doir yoʻnalishlarni kiritish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot, “Elektron hukumat” xizmatlariga talab kundan-kunga oshib bormoqda. Lekin hozirda 780 tur davlat xizmatidan bor-yoʻgʻi 185 tasidan “elektron portal” orqali foydalanish imkoni mavjud. Aksariyat tashkilotlarda ish jarayonini raqamlashtirish faqat hujjat almashinuvini elektronlashtirish bilan cheklanib qolmoqda. Shu bois “Elektron oʻqitish dasturi” orqali oʻqib, diplom olgan dasturchilarni davlat va xoʻjalik muassasalariga IT mutaxassis sifatida ishga olish zarurligi taʼkidlandi. Ular tashkilotlarning barcha faoliyatini anʼanaviy elektron formatdan raqamli koʻrinishga oʻtkazishga masʼul boʻladi. Misol uchun, bugungi kunda kambagʻal oilalarga kredit va subsidiyalar berish masalasini maxsus elektron dastur aniq mezonlar asosida avtomatik ravishda belgilashi kerak. Bosh vazir maslahatchisiga xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, tashkilotlarda ruxsat berish va qaror qabul qilish jarayonlarini elektron formatga oʻtkazish boʻyicha konsepsiya ishlab chiqish topshirildi. IT infratuzilmasini yaxshilash, aholi, ayniqsa, yoshlarning bu boradagi savodxonligini oshirish davr talabidir. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga barcha hududlarda raqamli texnologiyalar boʻyicha kamida 100 ta oʻquv markazi ochish vazifasi qoʻyildi. Bu dargohlarda dasturlash asoslari, elektron savdo va grafikli dizayn kabi yoʻnalishlar boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi. Soha mutaxassislariga sharoit yaratish masalalariga ham eʼtibor qaratilmoqda. Oʻtgan yili Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki bunyod etilgan edi. 346 Andijon va Margʻilon shaharlarida mazkur IT parkning filiallari tashkil qilindi. Poytaxtimizda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabi hududida yana bir filial binosi qurilmoqda. Joriy yil yakuniga qadar Guliston, Buxoro, Namangan, Nukus, Samarqand, Urganch va Jizzax shaharlarida shunday filiallar tashkil etish rejalashtirilgan. Taqdimotda mutasaddilar mazkur IT parklar qurilishi, optik tolali liniyalar qamrovi, mobil internet tezligi va sifatini oshirish ishlari yuzasidan axborot berdi. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan. Bundan tashqari, 40 dan ortiq axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan geoportalni ishga tushirish, jamoat transporti va kommunal infratuzilmani boshqarishning axborot tizimini yaratish, ijtimoiy sohani raqamlashtirish va keyinchalik ushbu tajribani boshqa hududlarda joriy qilishni nazarda tutuvchi “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi amalga oshirilmoqda. Respublikada raqamli industriyani jadal rivojlantirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, 2017 – 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar, biznes hamjamiyati va ilmiy doiralar vakillari hamda xorijiy ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ma’qullanib, 2020 – 2022-yillarda 347 hududlarni va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari tasdiqlandi. Bunda, 2020–2022 yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish doirasida: aholi punktlarini Internet tarmog‘iga ulash darajasi, shu jumladan keng polosali ulanish portlarini 2,5 milliongacha ko‘paytirish, 20 ming kilometr optik-tolali aloqa liniyalarini qurish va mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish orqali 78 foizdan 95 foizga yetkaziladi; hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy mahsulotlar joriy etiladi; 587 ming nafar kishini, shu jumladan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 500 ming nafar yoshlarni qamrab olish orqali kompyuter dasturlash asoslariga o‘qitish tashkillashtiriladi; iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda boshqaruv, ishlab chiqarish va logistika jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha 280 dan ortiq axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar joriy etiladi; hududlarda hokimlar, davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining raqamli savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish uchun tegishli oliy ta’lim muassasalari biriktiriladi hamda ularning 12 ming nafar xodimi axborot texnologiyalari sohasida o‘qitiladi. 2020 – 2022-yillarda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xarita”si quyidagilarni nazarda tutadi: a) elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha: 2021-yil 1-yanvardan boshlab tajriba tariqasida “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida jismoniy shaxsga identifikatsiya ID-kartasini berishda davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro elektron munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun uning shaxsiy kabineti shakllantiriladi; 2021-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirish, patentlar, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‘yxatga olish, jamoat transporti harakati, yer resurslaridan foydalanish va 348 boshqa umumfoydalanishdagi statistik ma’lumotlar onlayn rejimda joylashtirib borilishi ta’minlanadi; 2021-yil 1-avgustdan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga barcha belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar, jarimalar va boshqa majburiy to‘lovlarni elektron to‘lov tizimlaridan foydalangan holda onlayn rejimda to‘lash imkoniyati taqdim etiladi; b) raqamli industriyani rivojlantirish bo‘yicha: 2020-yil 1-noyabrdan boshlab Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki rezidenti maqomini axborot texnologiyalariga o‘qitish, apparat-dasturiy vositalarni ishlab chiqish va realizatsiya qilish, robototexnika, Internet tarmog‘i orqali axborot xizmatlarini eksport qilish, shuningdek, ma’lumotlarni saqlash va hisoblab qayta ishlash sohasida xizmat ko‘rsatadigan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblangan yuridik shaxslar olishi mumkin bo‘ladi; 2022-yil 1-yanvarga qadar masofadan kredit mahsulotlarini realizatsiya qilish, omonatlar va hisob raqamlarni ochishni o‘z ichiga olgan keng turdagi onlayn xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash orqali tijorat banklarining raqamli transformatsiyasi yakuniga yetkaziladi; v) raqamli ta’limni rivojlantirish bo‘yicha: 2021-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolar tomonidan tizim boshqaruvi, ma’lumotlar bazasi va “bulutli” platformani boshqarish, axborot xavfsizligini ta’minlash va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplash tizimi joriy etiladi; 2021-yil 1-sentabrga qadar har bir tuman va shaharda mavjud infratuzilma obyektlari negizida keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar va ayollar uchun raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochiladi; 2023-yil yakuniga qadar barcha tuman va shaharlarda o‘quvchilarning ijodiy rivojlanishi va kompyuter dasturlash asoslarini o‘rganishi uchun mavjud ta’lim muassasalari negizida 200 dan ortiq informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi; g) raqamli infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha: 2022-yil yakuniga qadar har bir aholi punkti 10 Mbit/sdan kam bo‘lmagan ma’lumotlarni uzatish tezligidagi Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati bilan ta’minlanadi; 349 2022-yil 1-yanvarga qadar barcha mashhur sayyohlik joylari yuqori tezlikdagi Internet bilan ta’minlanadi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling