O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/177
Sana03.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1743996
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   177
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

Korxonani raqamli transformatsiyasi 
Yuqorida aytib oʻtilganidek, raqamli korxonaga oʻtish uchun 
mahsulotni ishlab chiqarishdan boshlab, sohada logistika va xizmat 
koʻrsatishga qadar vertikal ravishda ishlab chiqarish va boshqa jarayonlarni 
umumiy raqamlashtirish va integratsiya qilish kerak. Shu bilan birga
95
 https://center2m.ru/tsifrovizatsiya-promishlenosti 


330 
gorizontal integratsiyaga ehtiyoj ham mavjud boʻlib, u bitta tashkilot 
doirasidan tashqarida boʻlib, firmaning oʻzini, sheriklari, etkazib 
beruvchilari va mijozlarini ham qamrab oladi. 
Turli zamonaviy texnologiyalar yordamida raqamli transformatsiyani 
amalga oshirish tegishli raqamli platformaga asoslanishi kerak. Raqamli 
platforma deganda maqsadli fan sohasini boshqarish uchun yagona 
avtomatlashtirilgan tizimga axborot va texnologik jihatdan birlashtirilgan 
raqamli ma’lumotlar, modellar va vositalar tushuniladi, bundan tashqari
ushbu platforma manfaatdor tomonlarning bir-biri bilan oʻzaro 
munosabatlarini tashkil qilishi kerak. 
Har bir raqamli platformaning atrofida tegishli raqamli korxona 
ekotizimi, shu jumladan resurslar va komponentlarni yetkazib beruvchilar, 
iste’molchilar, xizmatlar va operatsiyalarni yetkazib beruvchilar paydo 
boʻladi. Amaliy jarayonlar, ularning samaradorligi, sifat menejmenti va 
operatsion rejalashtirish toʻgʻrisidagi barcha ma’lumotlar real vaqt rejimida 
tashkilotning yaxlit tarmogʻida mavjud boʻlishi ham muhimdir. 
Yuqoridagilarning barchasini sarhisob qilsak, korxona ishlab 
chiqarish hajmi va qiymatining keskin oʻsishi, shuningdek uning bozordagi 
raqobatbardoshligi barcha biznes jarayonlarini toʻliq raqamli oʻzgartirish 
sharti bilan amalga oshiriladi. 
Raqamlashtirishning maqsad va vazifalari 
Ilgari, ishlab chiqarishni optimallashtirish uning individual 
elementlari va bosqichlarini modernizatsiya qilishni oʻz ichiga olgan. 
Boshqa tomondan, raqamlashtirish oddiy korxonani raqamli korxonaga 
aylantirish boʻlib, uni nafaqat ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini, 
balki kompaniyaning barcha faoliyat turlarini yangilashni ham qamrab 
oladigan global jarayon sifatida qarash mumkin. 
Raqamlashtirishning umumiy kontseptsiyasiga asoslanib, uning 
maqsadi ishlab chiqarishda qarorlarni qabul qilish tezligini oshirish, ishlab 
chiqarish jarayonlarining oʻzgaruvchanligini oshirish va ish bilan band 
boʻlgan xodimlar sonini kamaytirishdir. 
Belgilangan maqsadlarga raqamli transformatsiya orqali, mehnat 
unumdorligi, kooperatsiya, hamkorlik, sifat nazorati, qoʻllab-quvvatlash va 
ishlab chiqarish natijalarini bashorat qilishning yuqori darajasiga erishiladi. 


331 
Bu foyda, raqobatbardoshlikni va korxonaning umumiy bozor qiymatini 
keskin oshirish imkoniyatini yaratadi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling