36
1.8. – rasm. Turli qonunlar asosida aniqlanadigan tarmoq qiymati
Foton qonuni
Foton qonuni Gordon Mur qonuniga oʻxshash
telekommunikatsion
ekvivalient sifatida qoʻllanilsada, samaraliroq hisoblanadi.
Ushbu qonunga koʻra, axborotlarni uzatish optik tolali kanallari
oʻtqazuchanligi qobiliyati taxminan har 10 oyda ikki marta ortadi.
Xozirgi vaqtda mamlakatlar va qit’alar oʻrtasida 500 million mildan
ortiq optik tolalar tortilgan. Mazkur tolalarning foydali oʻtkazuchanlik
qobiliyati taxminan yiliga ikki baravar ortmoqda.
Ushbu optik infratuzilma bizning shaharlarimizga kirib borishi bilan,
yuqori tezlikdagi Internet koʻplab turar-joy binolarining
tarkibiy qismiga
aylanadi va bu tarmoqning qiymatini yanada orttiradi.
Xulosa
Shunday qilib, biz koʻrib chiqqan uchta qonun:
Mur qonuni (protsessorlarning quvvati va xotira chiplarining
zichligini kengaytirish), Metkalf qonuni (Internetning qiymatini oshirish),
Foton qonuni ( aloqa kanallarimizning doimiy ravishda koʻpayishi) har
qanday ma’lumotni saqlash va ishlov berish uchun qogʻozdan
elektron
37
texnologiyalarga oʻtish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini
tasdiqlamoqda.
Boshqacha
qilib aytganda, saqlash va boshqarishda ishlatiladigan
an’anaviy qogʻoz texnologiyalaridan foydalanish
qiymati kompyuter
(elektron) texnologiyalaridan foydalanishga qaraganda yuqoriroqroq
(qimmatroq) boʻladi, ya’ni qogʻoz texnologiyalaridan foydalanish iqtisodiy
jihatdan samarasiz boʻlib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: