O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
Tsipf qonuni IT- samarasiga taalluqli yana bir qonun shakllangan boʻlib, “Tsipf qonuni” nomini olgan. Uni kashf etgan olim Garvard universiteti lingvisti Jork Tsipf boʻlgan. Tsipf qonuni tabiiy tildagi soʻzlar chastotasi taqsimotining emperik qonuniyatini ifoda etadi: agar tildagi yoki uzun matndagi hamma soʻzlardan foydalanish chastotasini kamayish ketma ketligida tartiblansa, 34 bunda roʻyhatdgi n- soʻzining chastotasi taxminan uning n tartib raqamiga, ya’ni shu soʻz rangi deb ataluvchiga teng boʻladi. Tarmoqning foydaliligini ifodalovchi Tsipf qonunining formulasi quyidagicha: NE=n log (n) (1.2) bunda NE- Tarmoqning foydaliligi, n- tarmoq elementlari soni. Internet – biznesga qilingan investitsiyalar qaytimi misolida. Agar tarmoqda 10 nafar foydalanuvchi boʻlsa, tarmoqdagi aloqalar soni maksimum 90 ga teng boʻladi. Agar foydalanuvchilar soni 2 marta ortib 20 ga yetsa tarmoqdagi aloqalar soni 4 baravargacha ortib 360 tagacha yetadi. Demak, internet biznesga chiziqli investitsiyalarning qaytimi geometrik progressiya koʻrinishida oʻsadi. (1.6. – rasm.) 1.6. – rasm. Investitsiyalar qaytimi Devid Rid qonuni (Mass qonuni) Devid Rid – Garvard biznes maktabining professori. D. Rid qonuni Metkalf qonunining mantiqiy davomidir. Rid IT rivojlanishining uch bosqichini aniqlaydi: translyatsiya (broadcast), tranzaksiya (transaction) va guruhlarni shakllantirish (group forming). 35 Axborot tarqatish tamoyillari: 1. Eshittirish tamoyili “ birdan koʻplarga ” tarqatishni nazarda tutadi, mazkur tamoyilga koʻra, barcha OAVlari, oʻrta asr xabarchilaridan tortib zamonaiy televizorgacha ishlaydi. 2. Tranzaksiya “birdan boshqasiga” bitim tamoyili odatiy pochta orqali boshlanib, telefoniya, faks va elektron pochtalarda davom etadi. 3. Intranet va internet yangi tarmoq texnologiyalarining guruhlash tamoyilini amalga oshirish imkoniyati paydo boʻldi. Rid termonologiyasida GFN (Group Forming Network) haqida fikr yuritiladi. Metkalf qonuni koʻpincha tranzaksion tarmoqlarning samaradorligini namoyish etish uchun ishlatiladi. “Tarmoq samarasi” mumkin boʻlgan ulanishlar soniga mos keladi va agar tarmoqdagi har bir ishtirokchi har biri bilan aloqa oʻrnatsa, ta’sir tarmoq ishtirokchilari sonining kvadratiga mutanosib boʻladi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling