O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
Teriz, N. The impact of e-commerce on international trade and employment. — Procedia - Social and
Behavioral Sciences, 2011. — 745 с. 52 Elektron tijorat texnologiyalari tranzaktsion xarajatlarni kamaytiradi, bu ham ishlab chiqaruvchilarga, ham iste’molchilarga vositachilarsiz ishlashga imkon beradi. Bunga eng maqbul narx takliflari va guruhli xaridlarni qidirishni kengaytirish orqali erishiladi. Elektron tijoratning shahar va mintaqaviy darajadagi muvaffaqiyati mahalliy korxonalar va iste’molchilar elektron savdoni qanday qabul qilishiga bogʻliq 25 . Biroq, elektron tijoratda kishilarning mijozlar bilan bevosita aloqasi yuz bermaydi. Mijozlar, shuningdek, onlayn tranzaktsiyalar xavfsizligi haqida qaygʻuradilar va odatda, avvaldan ma’lum boʻlgan chakana sotuvchilarga sodiq qolishadi 26 . Internet-doʻkonda tovarlarga buyurtma berish misolida elektron tijorat tamoyillarini koʻrib chiqamiz. Bunda quyidagi ketma-ketlikka amal qilinadi: Birinchi qadam – onlayn katalogni koʻrib chiquvchi xaridor mahsulotni tanlashga qaror qiladi. Uning kompyuteri yoki mobil qurilmasi brauzer orqali doʻkon joylashgan server bilan oʻzaro aloqa oʻrnatiladi. Ikkinchi qadam – server foydalanuvchi soʻrovini qabul qilib, uni buyurtmalarni qayta ishlash tizimidagi menejerga yuboradi. Uchinchi qadam – menejer bazada tovarlarning mavjudligi toʻgʻrisida soʻrov yuboradi. Agar mahsulot yoʻq boʻlsa, u holda ishlab chiqaruvchiga soʻrov yuboriladi, omborga etkazib berish vaqti aniqlanadi, shundan soʻng mijozga aniq ma’lumotlar beriladi. Toʻrtinchi qadam – agar tovarlar zaxirada boʻlsa, doʻkon xodimi arizani koʻrib chiqishni davom ettiradi. Beshinchi qadam – operatsiyani amalga oshirish uchun soʻrov bilan moliya tizimiga murojaat qilish – mijoz tomonidan toʻlovni amalga oshirish. Oltinchi qadam – moliyaviy tizim mijozning hisobvaragʻidagi vaziyatga (mablagʻ yetishmasligi, nosoz karta va boshqalar) bogʻliq holda tranzaktsiyani amalga oshirishga imkon beradi yoki bloklaydi. Agar operatsiya muvaffaqiyatli boʻlsa, menejer ushbu bitimni tasdiqlaydi va serverga xabar beradi. 25 Evans, Richard. E-commerce, Competitiveness and Local and Regional Governance in Greater Manchester and Mersey side: A Preliminary Assessment // Urban Studies. — С. 947–975. 26 Online Retail Industry Profile: United States // Datamonitor Plc. — 2012. — С. 1–36. 53 Yettinchi qadam – server xaridorga toʻlov muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi, buyurtmaga ishlov berish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisida xabar yuboradi. Sakkizinchi qadam – buyurtma mijozning manziliga joʻnatish uchun tovarlar saqlanadigan omborga yuboriladi. Toʻqqizinchi qadam – logistika boʻlimi tovarlarni xaridorga etkazib beradi. Oʻninchi qadam – ombordan buyurtma yuborilgandan soʻng, server mijozga elektron pochta yoki telefon orqali (SMS) tovarlar yetkazilganligi toʻgʻrisida xabar yuboradi. Internet – bankingning ham onlayn servis algoritmi taxminan bir xil, chunki xizmatlar moddiy tusga ega boʻlmasligi mumkin. Masalan, dastur funktsiyalariga toʻliq kirish, elektron kitoblar va boshqalarni sotib olish. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling