O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Amazon - taxminiy trafigi oyiga 2,5 milliard tashrif  buyuruvchi;    eBay


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/177
Sana03.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1743996
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   177
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

Amazon - taxminiy trafigi oyiga 2,5 milliard tashrif 
buyuruvchi; 
 
eBay - taxminiy trafigi oyiga 940 million tashrif buyuruvchi;
 
Walmart - taxminiy trafigi oyiga 450 million tashrif 
buyuruvchi; 
19
Некоторые особенности электронной торговли: от «мифов» к «эффекту скольжения» / Т. Дианова // 
Вопросы экономики / . — 2012. — № 05. — С. 139—146. 
20
https://techblog.sdstudio.top/statistika-jelektronnoj-kommercii-2020-33-poleznye-statisticheskie-dannye-i-
fakty/#Obsaa_statistika_elektronnoj_kommercii


48 
 
Craigslist - taxminiy trafigi oyiga 420 million tashrif 
buyuruvchi; 
 
Etsy - taxminiy trafigi oyiga 352 million tashrif buyuruvchi
Y-avlodning 59 foizi onlayn xaridlarni qilishda, avvalo, Amazonga 
birinchi boʻlib murojaat qiladi. 
Elektron tijorat sohasi har yili oʻrtacha 23 foizga oʻsmoqda. Biroq 
pandemiya munosabati bilan 2019 yildan oʻsish sur’atlari kamaymoqda. 
(1.14.-rasm) 
1.14.-rasm. E-commerce: Oʻsish sur’atlarining pasayishi va 
chakana savdo oʻrtasidagi farq
21
 
Elektron pochta orqali elektron tijorat statistikasini kuzatadigan 
boʻlsak, iste’molchilarning 61% elektron brendlar bilan pochta orqali 
bogʻlanishni afzal koʻrishadi. Elektron pochta marketingi investisiya 
rentabelligi (ROI) 4400% ga teng, ya’ni sarflangan har bir dollar 44 dollar 
olib keladi. AQShdagi 1000 ta eng yirik onlayn internet doʻkonlarining 
58% “xush kelibsiz” elektron pochta xabarlarini yuboradi. Elektron pochta 
orqali kompaniyalar daromadini 760% ga oshiradi. Tranzaktsion elektron 
pochta xabarlari 8 barobar koʻproq ochiladi va 6 baravar koʻproq pul ishlab 
topadi. Elektron pochta marketingi electron tijorat trafigining 20 foizini 
21
https://merehead.com/ru/blog/trends-e-commerce-2020/ 


49 
tashkil qiladi. Iste’molchilarning 60 foizi elektron pochta orqali yuborilgan 
marketing xabarlari natijasida xaridlarni amalga oshirishdi. 
Ijtimoiy tarmoqlari mavjud boʻlgan onlayn-doʻkonlarda savdo 32 
foizga koʻp. Oʻrtacha elektron tijorat sayti haftasiga 4,55 ta xabarni 
oʻzlarining Facebook sahifalarida nashr etadi. Xaridorlarning 74 foizi sotib 
olish toʻgʻrisida qaror qabul qilishda oʻzlarining ijtimoiy tarmoqlariga 
tayanishadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi buyurtmalarning 85 foizi Facebookdan 
keladi. Instagram foydalanuvchilari 75% reklama xabarini koʻrgandan 
keyin saytga tashrif buyurgan. Instagramdan jalb qilingan mijozlar uchun 
oʻrtacha buyurtma qiymati 65 dollarni tashkil etadi. 
Mobil elektron tijorat statistikasini kuzatadigan boʻlsak, hozirda 
barcha bayram xaridlarining 40% dan ortigʻi mobil qurilmalarda amalga 
oshiriladi. 
Qoʻshma Shtatlardagi Internet foydalanuvchilarining 82% onlayn 
xarid qilish uchun mobil qurilmalardan foydalangan. Smartfon va planshet 
egalarining 53% korporativ dasturlar orqali xarid qiladi. “Qora juma” va 
“kiber dushanba” kunlari elektron tijorat savdosi 2018 yilda 2 milliard 
dollardan ortgan. 
Bepul yetkazib berish KOʻBning foydasini 46,5%ga oshiradi. Agar 
hisob qaydnomasini toʻldirish talab etilsa, xaridorlarning 28 foizi zudlik 
bilan xaridlarini toʻxtatishadi. Kassaning optimallashtirilgan dizayni 
konvertatsiya koeffisiyentini 35% ga oshirishi mumkin. 3 ta elektron tijorat 
veb-saytidan 2 tasi savatchadan voz kechish sababli mablagʻini yoʻqotadi. 
Mobil qurilmalarda savatchadan voz kechish darajasi eng past 
koʻrsatkichga ega – 86%. Mobil qurilmalardagi sarflangan daqiqalarining 
44% Internet-tijoratga toʻgʻri keladi. Har 3 foydalanuvchidan biri 
mahsulotni Googleda qidirgandan keyin besh kun ichida sotib oladi.
Internetda eng koʻp pul sarflaydigan TOP-10 mamlakat: 
 
Xitoy - yiliga 672 milliard dollar. 
 
AQSh - yiliga 340 milliard dollar. 
 
Buyuk Britaniya - yiliga 99 milliard dollar. 
 
Yaponiya - yiliga 79 milliard dollar. 
 
Germaniya - yiliga 73 milliard dollar. 
 
Frantsiya - yiliga 43 milliard dollar. 


50 
 
Janubiy Koreya - yiliga 37 milliard dollar. 
 
Kanada - yiliga 30 milliard dollar. 
 
Rossiya - yiliga 20 milliard dollar. 
 
Braziliya - yiliga 19 milliard dollar. 
Oʻzbekistonda Elektron tijorat jadal rivojlanmoqda. Elektron tijorat 
subyektlari milliy reyestri – bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 
2018-yil 14-maydagi «Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida»gi PQ-3724-son qarori bilan joriy etilgan elektron tijoratning 
mahalliy subyektlari haqidagi ma’lumotlarni oʻzida jamlagan yagona 
elektron bank hisoblanadi. 
Elektron tijorat subyektlari milliy reyestrini asosiy vazifalari va 
yoʻnalishlari quyidagilardir: 
- elektron tijorat ishtirokchilari toʻgʻrisidagi yagona elektron bankni 
yaratish; 
- elektron tijoratni joriy etish va rivojlanish holatini baholash, shu 
jumladan, axborot tizimlari va resurslarini joriy qilish samaradorligini 
oʻrganish; 
- elektron tijoratni samarali rivojlantirish uchun amaldagi 
qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha maqsadli tahlil va takliflar 
tayyorlash. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi 
«Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-
3724-son qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasining axborot 
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi 
«Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi Milliy reyestrini 
shakllantirish, saqlash va rivojlantirish boʻyicha vazifalarni amalga 
oshirish belgilangan. Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar va xususiy 
tadbirkorlar 2 foiz stavka boʻyicha yagona soliq toʻlovini toʻlovchilar 
hisoblanadi.
22
Elektron tijorat mijozlarga jugʻrofiy toʻsiqlarni engib oʻtishga va 
ularga istalgan vaqtda, istalgan joyda tovarlarni sotib olishga imkon 
yaratadi. Onlayn va an’anaviy bozorlar biznes yuritishda turli xil 
strategiyalarga ega. An’anaviy chakana savdo doʻkonlari peshtaxtalari 
cheklanganligi sababli kamroq assortimentni taklif qilishadi. Onlayn 
22
 https://e-tijorat.uz/ 


51 
chakana sotuvchilar aksariyat hollarda inventarizatsiya qilishmaydi, lekin 
buyurtmalarni toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqaruvchiga yuborishadi. 
Narxlar strategiyasi an’anaviy va onlayn-doʻkonlar uchun ham farq 
qiladi. An’anaviy chakana sotuvchilar oʻz narxlarini doʻkonga tashrif 
buyuruvchilar soni, sotib olishning oʻrtacha narxi, amalga oshirilgan 
bitimlar soniga va binolarni ijaraga olish narxlariga asoslanib oʻrnatishadi. 
Onlayn doʻkonlar xaridlar sonini ham hisobga oladi, shuningdek, ular 
etkazib berish tezligini ham baholay oladilar
23
.
Xavfsizlik rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda elektron 
tijoratning asosiy muammosidir. Elektron tijorat xavfsizligi saytlar va 
mijozlarni ruxsatsiz kirishdan, ma’lumotlardan foydalanishdan himoya 
qiladi. Tahdidlar turiga quyidagilar kiradi: zararli kodlar, salbiy dasturlar 
(reklama 
dasturlari, 
josuslik 
dasturlari), 
фишинг, xakerlik va 
kibervandalizm. An’anaviy doʻkonlar, shuningdek, oflayn doʻkondan 
tashqarida samarali aloqada boʻlish, xaridorlarni ushlab turish va sotishni 
koʻpaytirish uchun mijozlarning ma’lumotlarini saqlash, sodiqlik 
dasturlarini amalga oshirish va mijozlarni onlayn maydonga oʻtkazish 
uchun onlayn-maydonning imkoniyatlaridan foydalanadilar. 
Elektron tijorat mehnat bozoriga qanday ta’sir etadi degan savol 
tugʻiladi. 
Bir tomondan, elektron tijorat axborot xizmatlari, zarur dasturiy 
ishlanmalar va raqamli mahsulotlar tufayli yangi ish oʻrinlarini yaratishga 
yordam beradi. Boshqa tomondan, Internet-doʻkonlarning paydo boʻlishi 
ishchi oʻrinlarining qisqarishiga ham olib keladi. Ish joylarini yoʻqotish 
ehtimoli yuqori boʻlgan sohalarga bozor, pochta va sayyohlik agentliklari 
kiradi. 
Elektron tijoratning rivojlanishi, shuningdek, katta hajmdagi 
ma’lumotlar, mijozlarning ehtiyojlari va ishlab chiqarish jarayonlarini 
boshqarish uchun yuqori malakali mutaxasislarni talab qiladigan yangi ish 
oʻrinlarini yaratadi. Ularni yuqori texnik mahoratga ega boʻlmagan 
xodimlar band qila olmaydi
24

23
Li, Zhaolin. Online Versus Bricks-And-Mortar Retailing: A Comparison of Price, Assortment and Delivery 
Time // International Journal of Production Research. — 2015.
24

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling