O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
Aralash (gibrid) bulut – yuqoridagi ikkita joylashtirish modelidan
birgalikda foydalaniladi. Gibrid bulut muammoni hal qilish uchun ommaviy va xususiy bulutlarning eng yaxshi xususiyatlarini ishlatadigan IT infratuzilmasidir. Aksariyat hollarda ushbu tur tashkilotning mavsumiy faollik davrlarida, boshqacha qilib aytganda, ichki IT infratuzilmasi joriy vazifalarni bajara olmasa, quvvatning bir qismi ommaviy “bulut” ga (masalan, katta hajmdagi statistik ma’lumotlarga), shuningdek foydalanuvchilarning korxona resurslariga ommaviy “bulut”orqali kirishini ta’minlash uchun ishlatiladi. Internet odamlar hayotining ajralmas qismiga aylandi va muntazam ravishda turli xil vazifalarni bajarishga yordam beradigan yangi imkoniyatlar paydo boʻldi. Yangi imkoniyatlarga ta’lim, tibbiyot, logistika kabi sohalarda bulutli texnologiyalarning qoʻllanilishi yorqin misol boʻla oladi. Ushbu texnologiyalar oʻzining afzalliklari bilan birga ayrim noqulayliklarni ham keltirib chiqaradi. Bulutli xizmatlarning afzalliklari: 1. Ma’lumotni saqlash uchun qimmatbaho kompyuter va aksessuarlarni sotib olish shart emas, chunki hamma narsa “bulut”da saqlanadi. 2. Internetga ulangan har qanday kompyuterdan shaxsiy ma’lumotlarga kirish imkoniyati mavjud. Turli xil qurilmalar (kompyuterlar, planshetlar, telefonlar va boshqalar) ma’lumotlari bilan ishlash mumkin boʻladi. 3. Agar qurilmada (kompyuter, planshet, telefon) biror narsa yuz bersa, u holda foydalanuvchi uchun muhim ma’lumot yoʻqolmaydi, chunki u endi qurilma xotirasida saqlanmaydi. 4. Qaysi operatsion tizim bilan ishlashni afzal koʻrish muhim emas – veb-xizmatlar har qanday OS brauzerida ishlaydi 5. Kompyuterning ishlashi yaxshilanadi, chunki ofis ishlarida va boshqa sohalarda bulutli texnologiyalar masofadan turib dasturlarni boshqaradi, shuning uchun kompyuterda juda koʻp boʻsh joy qoladi. 190 6. Har yilgi texnik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq muammolar kamayadi, chunki jismoniy serverlar soni doimiy ravishda kamayib boradi va dasturiy ta’minot doimo yangilanib turadi. 7. Dasturni sotib olish narxi kamayadi, chunki dasturni “bulut” uchun faqat bir marta sotib olish kerak va ba’zida esa uni ijaraga buyurtma qilish ham mumkin. 8. Bulutli texnologiyalar saqlanadigan ma’lumotlar miqdorida cheklovlarga ega emas. Aksariyat hollarda bunday xizmatlar hajmi millionlab gigabaytni tashkil qiladi. 9. Dasturlar avtomatik ravishda yangilanadi, shuning uchun yuklab olingan dasturlarda boʻlgani kabi, bunga rioya qilishning hojati yoʻq. 10. “Bulut”dan har qanday operatsion tizimda foydalanish mumkin, chunki dasturlarga kirish veb-brauzerlar orqali amalga oshiriladi. 11. Yangi bulutli texnologiyalar foydalanuvchiga har doim hujjatlarga kirish huquqini beradi, chunki asosiysi Internetning mavjudligidadir. 12. Yaxshi xavfsizlik va ma’lumotlarni yoʻqotishdan himoya qilish, chunki yuborilgan ma’lumotlar avtomatik ravishda saqlanadi va nusxalari zaxira serverlarga tashlanadi. 13. Koʻp pulli dasturlar bepul (yoki arzonroq) veb-ilovalarga aylangan. 14. Eng yangi va yangilanib boradigan ma’lumotlardan doimo foydalanish imkoniyati bor. 15. Foydalanuvchi oʻzining ma’lumotlarini boshqa foydalanuvchilar bilan birlashtira oladi. Bulutdagi noqulayliklar 1. Internet mavjud boʻlmaganda kirish imkoni boʻlmaydi va bunda faqat kompyuterga yuklab olingan hujjatlar bilan ishlash mumkin boʻladi. Ta’kidlash joizki, Internet tez va sifatli boʻlishi kerak. 2. “Bulutlar”ga oʻrnatilishi va foydalanuvchiga taqdim etilishi mumkin boʻlgan dasturiy ta’minotda cheklovlar mavjud. Foydalanuvchi foydalanadigan dasturiy ta’minotda cheklovlarga ega va ba’zan uni oʻz maqsadlari uchun sozlash imkoniga ega emas. 191 3. Oʻrnatilgan dasturga qaraganda katta hajmdagi ma’lumotlarni uzatishda bulut xizmati sekinroq ishlashi mumkin. 4. Maxfiylik. Umumiy “bulutlarda” saqlanadigan ma’lumotlarning maxfiyligi hozirgi paytda juda koʻp tortishuvlarni keltirib chiqarmoqda, ammo aksariyat hollarda mutaxassislar kompaniya uchun eng qadrli boʻlgan hujjatlarni ommaviy “bulut” da saqlash tavsiya etilmasligiga rozi, chunki hozirda bu ma’lumotlarning 100% maxfiyligini kafolatlaydigan texnologiya yoʻq. 5. Xavfsizlik kamdan-kam hollarda muammo hisoblanadi. Aksariyat holatlarda Cloud zaxira nusxalarini yaratadi, shuning uchun tashvishlanishga hojat yoʻq. “Bulut” ning oʻzi yetarli darajada ishonchli tizimdir, ammo unga tajovuzkorlik bilan kirish ham ulkan ma’lumotlar omboridan foydalanish huquqini beradi. 6. Yana bir kamchilik – bu virtualizatsiya tizimlaridan foydalanish, bunda gipervizor sifatida viruslar va tizimning zaif tomonlaridan foydalanishga imkon beradigan standart operatsion tizimlarning yadrolari (masalan, Windows) ishlatiladi. 7. Qimmatbaho uskunalar. Kompaniya oʻzining bulutini yaratish uchun yangi tashkil etilgan va kichik kompaniyalar uchun unchalik maqbul boʻlmagan muhim moddiy resurslarni ajratishi kerak. “Bulutli” xizmatlarga misollar: iCloud Applening iCloud bulutli xizmati (MobileMe oʻrnida shakllangan) toʻliq avtomatik va bepul (kichik funktsional cheklovlarga qaramay) hisoblanadi. U barcha turdagi ma’lumotlar kontentini (pochta, taqvim, kontaktlar, hujjatlar, musiqa, video va rasmlar va hk) serverlarda saqlaydi va keyin uni barcha qurilmalarga (iPhone, iPad, iPod touch, Mac va shaxsiy kompyuter) push texnologiyasi yordamida simsiz uzatadi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling