O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universitetining


Download 479 Kb.
bet9/10
Sana15.12.2022
Hajmi479 Kb.
#1008226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Davlat va xuquq nazariyasi-yuridik Fanlar tizimi.134

Falsafa hamda davlat va huquq nazariyasi. Falsafa tabiat va jamiyat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini о`rganadi. Shu bois, u davlat va huquq masalalarini umumiy tarzda, ijtimoiy hodisa sifatida kо`rib chiqadi.
Davlat va huquq nazariyasi fani falsafaning xulosalariga tayangan holda, davlat va huquq muammolarini aniqlashtiradi hamda bir qator maxsus nazariy masalalarni о`rganadi. Bunda falsafa bilan davlat va huquq nazariyasi bir-birini takrorlamaydi, balki tо`ldiradi.
Falsafa borliqning ongga, insonning uni о`rab turgan atrof-muhitga munosabatining umumiy prinsiplari xaqidagi bilimlar tizimidir. Falsafa davlat va huquqning mohiyati, tabiati, uning ijtimoiy hodisalar tizimidagi о`rnini aniqlaydi va faqat shuning о`zi bilan cheklanadi. Davlat va huquq nazariyasi fani esa davlat va huquqni barcha kо`rinishlari va belgilari bilan bir butun holda batafsil о`rganadi. Agar falsafa davlat va huquqning mohiyatini aniqlash kalitini bersa, davlat va huquq nazariyasi falsafani ijtimoiy taraqqiyot, davlat va huquqning umumiy tamoyillarini ifodalash bilan qurollantiradi.
Falsafaning umumiy qonun va kategoriyalaridan davlat va huquqqa tegishli voqea-hodisalar va jarayonlarni о`rganishda amaliy foydalanish, bir tomondan, davlat va huquq sohasida tо`plangan barcha bilimlarni ilmiy jihatdan umumlashtirib, bu bilimlarni davlat va huquq nazariyasining kategoriyasi sifatida bayon qilish imkoniyatini beradi; ikkinchi tomondan, davlat va huquq nazariyasi fanining ilmiy tadqiqotlari natijasida olingan hamda amaliyotda tasdiqlangan bilimlar, ma`lumotlar falsafaning obyektiv qonunlarni ochishi va umumiy kategoriyalarni ishlab chiqishi uchun empirik ma`lumotlar bо`la oladi.
Shunday qilib, falsafa fani davlat va huquq nazariyasi uchun tayanch nuqtalaridan biri bо`lib. metodologiya vazifasini bajaradi, davlat va huquq nazariyasi esa falsafa uchun empirik ma`lumot manbai vazifasini bajaradi.
Sotsiologiya hamda davlat va huquq nazariyasi. Davlat va huquq nazariyasi sotsiologiya fani bilan ham о`zaro aloqada. Chunki sotsilogiya fani ham jamiyatni yaxlit, uyushgan tizim sifatida tadqiq etib, jamiyat a`zolarining, xususan turli xil jamoalarning, aholi turli qatlamlarining davlatga, huquqda qanday munosabatda bо`lishini, ularning davlat va huquq tо`g`risidagi fikr-mulohazalarini «inson mezoni» bо`lmish amaliy kо`rsatkichlar, aniq matematik hisob-kitoblar asosida о`rganadi. Shunga kо`ra, sotsiologiya fani davlat va huquq nazariyasi fani uchun dastlabki empirik ma`lumotlarni tuplab berish vazifasini bajaradi. Davlat va huquq nazariyasi esa, о`z navbatida, sotsiologiya fani bergan ma`lumotlarni umumlashtirib, ulardan nazariy xulosalar chiqaradi.
Sotsiologiya yaxlit tizim bо`lmish jamiyat, hamda u bilan aloqadorlikda о`pganiladigan alohida ijtimoiy guruhlar, sotsial jarayonlar haqidagi fandir. Sotsiologiya о`zining xulosalarida empirik ma`lumotlarga, ijtimoiy tajribalarga asoslanadi. Barcha ijtimoiy hodisalar, jumladan, davlat va huquq ham sotsiologik tadqiqotlarning obyektiga aylanadi. Sotsiologiya ham, falsafa singari, davlat va huquqni bilish-ning umumiy vositasi hisoblanadi. U davlat va huquqni о`rganish asosida о`zining predmetini chuqurlashtiradi va oydinlashtirib oladi.
Davlat va huquq nazariyasi tarix fani bilan ham uzviy aloqadordir. Tarix jamiyatshunoslikka oid fan xisoblanadi. U insoniyat madaniy va ma`naviy taraqqiyotining har xil turlari va davrlari, jamiyatning rivojlanish yо`nalishlari va tiklanish bosqichlarini, insoniyatning о`tmishdan kelajak tomon yuksalib borish sabablari va mohiyatini tadqid etadi. Muayyan xalqlar, davlatlarning muayyan davrlardagi hayotining aniq shakllari va tajribasini va xatto ayrim huquqiy yodgorliklarni ham о`rganadi. Lekin tarih fani uchun vaqt chegarlari muhimdir. U umumlashma xulosalar chiqarmaydi, qonuniyatlar ketidan quvmaydi, ayni shu jihatlari bilan davlat va huquq nazariyasidan farq qiladi.

Download 479 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling