O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti


Download 128.55 Kb.
bet4/5
Sana02.01.2022
Hajmi128.55 Kb.
#191648
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5471976897053200746

Tadbirkorlik tushunchasi

Tadbirkorlik - ishbilarmonlik faolligini yuritish, amalga oshirish san' atidir. Tadbirkorlik bu fikrlash jarayonidir. Chunki tadbirkor o'zi har bir g'oyani miyasida loyihalaydi, ishbilarmonlik operatsiyalarini fikran bajaradi. O’zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunida ta’riflanishicha, < >

Mulkchilikning turli shakllariga asoslangan raqobatli bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xo‘jalik birliklari (korxona, firma) doirasida ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish turli xil shakl hamda usullarda amalga oshiriladi.Ularning ichida tadbirkorlik alohida o'rin tutib, bu faoliyat tufayli mulkchilikning turli shakllari iqtisodiy jihatdan amalda harakatga keltiriladi hamda o'z egasiga daromad olib keladi.Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda tadbirkorlik layoqati iqtisodiy resurs hisoblanib, inson omilining tarkibiy qismini tashkil etadi.

Tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy faoliyatning ajralmas tarkibiy qismi bo'lib hisoblanadi. Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatining yagona ta’rifi mavjud emas. Bir iqtisodiy manbada keltirilgan ta’rif boshqa bir manbadagi ta’rifga muvofiq kelmasligi mumkin.Hozirgi paytda turli ilmiy-nazariy adabiyotlarda tadbirkorlik faoliyati va biznes xususida, uning yo'nalishlari, tamoyillari, huquqiy-iqtisodiy jihatlari to‘g‘risida ko'plab olimlarning fikrlari, mulohazalari keng o'rin egallamoqda. Ularda ko‘pincha tadbirkorlik faoliyati va biznes bir xil tushuncha sifatida talqin qilinmoqda. Haqiqatan ham bozor iqtisodiyoti subyektlari xo‘jalik faoliyatida “tadbirkorlik” va “biznes” tushunchalari bir-biri bilan chambarchas bog'liq bo‘lib, amaliy jihatdan bir-birining o'miga ishlatilishi mumkin. Ammo, “tadbirkorlik” va “biznes” tushunchasini iqtisodiy ta’sir qilish sohalari nuqtai nazaridan qaraganimizda, aynan bir xil tushuncha deb bo‘lmaydi.

Tadbirkorlik - bu yangilikka intilish, qandaydir bir yangi ishni boshqarishga qaror qilish, biror ahamiyatli narsani yaratishga intilishdir. Mashhur iqtisodchi Y.Shumpeterning fikricha, «Tadbirkor bo'lish - bu boshqalar qilayotgan ishni qilmaslik, va qilganda ham ana shu ishni boshqalarnikidek tarzda qilmaslikdirl». Albatta, hali respublikamizda tadbirkorlik faoliyati va biznesni rivojlanishida bir qatar yechimini kutayotgan muammolar mavjud. Bu masalalar juda chigal, nozik masalalar hisoblanadi. Gap shundaki, rcspublikamizda tadbirkorlik muhiti deb ataluvchi muhim narsa yaxshi tashkil etilgan bo'lsada, qator sllbyektiv omillar sababli joylarda tadbirkorlikning mavjud salohiyatidan, imkoniyatlaridan to'liq foydalanilyapti deb bo'imaydi. " Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyati nazariyasining rivojlanishda «uch to'lqin», ya’ni mazkur sohani ilmiy jihatdan tadqiq etishdagi alohida bosqichlar shartli ravishda ajratiladi".

Birinchi bosqich - dastlabki erkin bozor munosabatlari shakllanishi davri. U XVIII asrda paydo bolib, tadbirkor tomonidan amalga oshiriladigan tavakkalchilik jarayonlari bilan boglangan. Aynan iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga oid dastlabki tadqiqotlar ham XVIII asrda R.Kantilon, A.Tyurgo, F. Kene, A.Smit va J.B.Sey asarlarida amalga oshirila boshlangandi.Fransuz iqtisodchisi R.Kantilon tadbirkorlikning muhim tavsifiy xususiyatlaridan biri sifatida tavakkal-chiiikni ajratib ko‘rsatadi. Uning fikricha, tadbirkor voqea va hodisalarni oldindan ko'ra bilish xususiyatiga ega boʻlgan, o‘z zimmasiga barcha mas’uliyatni olib tavakkal qiluvchi, o‘z xatti-harakatlari tufayli daromad olishga umid qiluvchi va har qanday yo'qotishlarga tayyor boʻlgan ixtiyoriy bir shaxsdir. R. Kantilondan keyin neoklassik maktab namoyandalari o'z asarlarida o'ziga xos tavakkalchilik asosida raqobatlashib, savdo faoliyati bilan shug'ulanuvchi korxona egasini tadbirkor deb hisoblay boshladilar.



  • yo'qotishlarga tayyor boʻlgan ixtiyoriy bir shaxsdir. R. Kantilondan keyin neoklassik maktab namoyandalari o'z asarlarida o'ziga xos tavakkalchilik asosida raqobatlashib, savdo faoliyati bilan shug'ulanuvchi korxona egasini tadbirkor deb hisoblay boshladilar.

  • Ikkinchi bosqichida tadbirkorlikning asosiy xususiyati sifatida innovasion faoliyat ajratib ko‘rsatiladi. Bu oqimning asoschisi Y.Shumpeter bo'lib, uning fikricha, iqtisodiy o‘sishning negizida tadbirkorning ishlab chiqarish omillarini yangi kombinatsiyasini ishlatishga, qoʻllashga bolgan intilishi yotadi va bu intilishning natijasi innovatsiya, yangiliklar hisoblanadi.

  • Uchinchi bosqichning asosiy g‘oyasi - tadbirkorning muhim shaxsiy fazilatlari, jumladan, izlanish va tadqiqot hisoblanadi. Bu oqim namoyandalari F.Xayek va L. Mizes tadbirkorlikka yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlab topish va tadqiq qilish deb qaraydi, shu bilan birga, faoliyati izlanish tarzida kechadigan har qanday shaxsni boʻlg‘usi tadbirkor deb hisoblashadi.

K.Makkonnell va S.Bryu tadbirkorlikka asosida uzluksiz shartlar va talablar yotuvchi muhim faoliyat turi sifatida qaraydilar. "Birinchidan, tadbirkor tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini birlashtiradi va “katalizator” vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, biznesni yuritish jarayonida u qarorlar qabul qilishdek qiyin bir vazifani zimmasiga oladi. Uchinchidan, tadbirkor - tashkilotchi shaxs boʻlib, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga intiladi. To‘rtinchidan, tadbirkor - u tahlikaga boruvchi insondir. U nafaqat o‘z mol mulki, vaqti, mehnati bilan, balki o‘z sheriklari, hissadorlari qo'shgan mablaglari bilan ham tahlikaga boradi"

Tadbirkorlik faoliyati tushunchasining mazmuni uning to‘rtta o‘zaro bogʻliq vazifasini aniqlash bilan toʻliq tushuniladi:

1) tadbirkor foyda olish maqsadida tovar (yoki xizmat) ishlab chiqarishning yagona jarayonida yer, suv, kapital va mehnat resurslarini birlashtirish tashabbusini oladi. Shu bilan birga, tadbirkor bir vaqtda ishlab chiqarishning harakatlantiruvchi kuchi va ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun boshqa resurslarni bir joyda uyg‘unlashtiruvchi tashabbuskor hisoblanadi;

2) tadbirkor biznesni yuritish, foydani ko‘paytirish bo‘yicha asosiy qarorlar qabul qiladi, bu qarorlar korxona faoliyatining maqsadini aniqlab beradi;

3) tadbirkor — yuqori foyda orqasidan quvib, yangi mahsulotlar, yangi ishlab chiqarish texnologiyasi yoki hatto biznesni tashkil qilishning yangi shakllarini joriy qilishga harakat qiluvchi, yangilikka intiluvchi shaxs hisoblanadi;

4) tadbirkorlik faoliyati — bu tavakkalchilikka boruvchi faoliyatdir.

Tadbirkorlik faoliyati keng ma'noda shaxsiy manfaatga asoslangan, subyekt o[dida turgan maqsadga erishishga qaratilgan, uning bevosita ishtirokida o'zining shaxsiy omillariga asoslanib amalga oshiriladigan, oila xo'jaligini yuritishdan tortib, tovar ishlab chiqarish va sotish hamda xizmatlar koʻrsatishgacha bo'lgan yumushlar bilan bog'liq. Tor ma'noda, tadbirkorlik faoliyati - faqat iqtisodiy sohaning turli-tuman darajalaridagi mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarini sohibkorlikni ifoda qiladi. Tadbirkorlikning faoliyati rivojlanishi o‘z navbatida, bir qator sharoitlarning mavjud boʻlishini taqozo etib, ular asosida umuman, tovar ishlab chiqarishning umumiy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari yotadi.

Birinchidan , tadbirkor xo‘jalik yuritishda uning biron turini tanlash, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o'zgarishlarga moslashtirish, manbalarni tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ularga narx belgilash, foydani tasarruf qilish hamda shu kabilar bo'yicha ma'lum huquq va erkinliklar mavjud boʻlishini taqozo etadi.

Ikkinchidan , tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga mulkchilik huquqiga ega boʻlishi kerak. Tadbirkorlik faoliyati mulkdorning o'zi tomonidan ham, uning mol-mulki asosida ish yurituvchi subyekt tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Xo‘jalik yuritish huquqi, ya’ni mol-mulkidan foydalanish va daromadni tasarruf qilish tadbirkor tomonidan takror ishlab chiqarish jarayonini boshqarishining muhim shart-sharoitini tashkil qiladi. Ma'lumki, tadbirkorlik faoliyatining vazifasi nafaqat foyda olishga, balki uni qaysi maqsadlarda ishlatish va samarali sarflash yollarini topishga qaratiladi, ya'ni u iste’mol-taqsimotchi nuqtai nazaridan emas, balki yuqori raqobatbardoshlilikni saqlab turish, xo‘jalikni takomillashtirish, kengaytirish va shu kabilarni amalga oshirishga asoslanadi.

Uchinchidan xo'jalik yuritish yolini erkin tanlash, daromadni investitsiyalash imkoniyati va shu kabilarni real ta’minlaydigan ma'lum iqtisodiy muhit va ijtimoiy siyosiy sharoit yaratishi zarur.

Toʻrtinchidan , tadbirkorlik mulkchilik va o'zlashtirishning turli-tuman shakllari hamda turlarining mavjudligini taqozo qiladi. O’z navbatida mulkchilik va o'zlashtirish sohalaridagi turli-tumanlilikning o‘zi obyektiv hodisa boʻlib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi oqibati sifatida maydonga chiqadi.

Tadbirkorlik faoliyatining asosiy subyekti sifatida tadbirkor, iste'molchi. sherik, davlat. yollanma ishchi maydonga chiqadi.



Shunday qilib, tadbirkorlik - mavjud iqtisodiy aloqalar tizimiga innovatsion yondashish va tavakkalchilikka asoslangan ishbilarmonlik faolligining o'ziga xos shakli bo'lib, ushbu faoliyat ish lab chiqarish va bozorga tovarlar yetkazib berish, tadbirkorlik daromadini olishga yo'naltirilgan. Ana shu tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, maksimal iqtisodiy samara olish uchun faqat zarur resurslarga ega bo'lish yoki ularni ma'lum bir ketma-ketlikda uyg'unlashtirish yetarli emas. Ishlab chiqarish xarajatlaridan tashqari ishlab chiqaruvchi qiladigan shunday xarajatlar borki, ulami qat'iy hisob-kitob qilish, qiymatini aniqlash ancha mushkul. Bularga transaksion xarajatlar deyiladi va bunga ishlab ehiqaruvehining quyidagilarga qiladigan sarflari kiradi:

  • bozor baholar haqida axborot yig'ish xarajatlari;

  • iste'molchilar xohishlari to'g'risida ma'iumotiar olish xarajatlari;

  • raqiblar haqida axborot to'plash va tahlil qilish xarajatlari;

  • shartnomalar va ularni uyushtirish uehun qilingan xarajatlar;

  • bitimlar, shaltnomaviy hujjatlarni rasmiylashtirish xarajatlari;

  • olingan barcha axborotlami qayta ishlash uchun ketgan xarajatlar;


Download 128.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling