O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fizika fakulteti biotibbiyot fizikasi 3-bosqich 1901-guruh


-rasm. radionuklidining parchalanish sxemasi. MD-Myossbauer o’tishi.[4]


Download 454.69 Kb.
bet9/12
Sana07.01.2023
Hajmi454.69 Kb.
#1082226
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Otabekova Oygul - Gamma nurlanishlar

9-rasm. radionuklidining parchalanish sxemasi. MD-Myossbauer o’tishi.[4]
Kristall strukturaga ega bo’lgan qattiq jismlardagi bog'langan atomlardan biriga energiya uzatilishi, uni o‘rab turgan katta sonli atomlarning xaotik tebranishini yuzaga keltiradi, ya’ni kristallning ichki energiyasini oshiradi. Bitta yadroning g-kvant chiqarishi yoki yutishi natijasida kristalldagi atomlar katta jamoasining tartibli tebranishi yuzaga kelishi kichik ehtimolikka ega bo’lsa kerak. Ammo harorat kamaytirilsa, alohida atomlarning tebranishlari eksponensial kamayadi. Bunda kristalldagi alohida bitta atomning ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan tebranma kinetik energiyasi (19) ifodadagi tepki energiyasidan kichik bo’ladi. Endi katta miqdordagi atomlar (~ - 10) birdamlik bilan (muvofiqlashtirilgan) yagona bir butun tizim bo‘lib tebranish imkoniyatiga ega bo’ladi. Kristall tepki impulsini o‘ziga olgan holda ega bo’ladigan kinetik energiya qiymati, alohida bir atomning massasiga nisbatan kristall o‘ta katta massaga ega bo’lganligi sababli e’tiborga olmasa ham bo’ladigan darajada kichikdir. Ushbu holda kristallga berilgan tepki energiya juda kichik bo’ladi, nurlanayotgan va yutilayotgan gamma-kvant energiyasi o‘zgarmaydi. Kristall oladigan tepki energiyasini baholaymiz:
(25)
bu yerda , va - mos holda «tepki» olgan yadro impulsi, massasi va kinetik energiyasi. Bu yerdan ko‘rinadiki, chiqayotgan va yutilayotgan gamma-kvantlarning energiyasi teng boiadi, ya’ni rezonans hodisasi kuzatiladi. Myossbauer manba va yutgichni suyuq azot haroratigacha sovutib, birinchi marta gamma-kvantlarning chiqishi va yutilishlarini tepkisiz kuzatgan va gamma-kvantlar energiyasini nihoyatda yuqori aniqlikda oichash imkoniyati mavjudligini isbotlagan. Keyinchalik, Myossbauer effektini ( ) va ( ) yadrolardagi kichik energiyali gamma o‘tishlar uchun xona haroratida ham kuzatish inumkinligi aniqlandi. Hozirgi vaqtda bu effekt yadro fizikasi va qattiq jismlar fizikasi masalalarida ham tez-tez qo’llanilmoqda.[4] Gamma-kvantlarning rezonans yutilishi bo‘yicha tajriba sxemasi 10-rasmda keltirilgan: 2 - gamma-nurlanish manbai, 3 - yutgich va 4 - bitta chiziq bo‘ylab joylashgan gamma detektor. Manba qanday yadrolardan tashkil topgan bo’lsa, yutgich ham shunday yadrolardan tashkil topgan bo’ladi.



Download 454.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling