Munosabat belgisi xizmat hujjatlari ustiga mansabdor shaxslar tomonidan muayyan fikr bildirib yoziladigan qaydlardir. Bunday qaydlar, odatda, nihoyatda qisqa, lo‘nda shaklda, ko‘rsatma tarzida yoziladi; biror qog‘ozga-xoh u yuqoridan kelgan yo‘riqnoma yoki buyruq bo‘lsin, xoh u muayyan xodimning talabi yoki shikoyati bo‘lsin munosabat belgisini yozishdan oldin rahbar u bilan yaxshi tanishib chiqishi, mohiyatini chuqur anglashi va ijrosini to‘g‘ri belgilashi lozim. munosabat belgisini vaqt-vaqtida nazorat qilib turishiga ham e’tibor berish kerak.
Ko‘p hollarda hujjatda yakka munosabat belgisi bo‘ladi. Hujjat ijrosi tartibiga yoki uning ijrochilariga aniqlik kiritish lozim bo‘lsa boshqa shaxslarning munosabat belgisi ham qo‘yiladi. Munosabat belgisi umumiy va aniq mazmunga ega bo‘lishi lozim.
Umumiy munosabat belgilari: “Rahbarlik uchun inobatga olinsin”, “Ijro uchun inobatga olinsin”, “Ma’lumot uchun inobatga olinsin” shakllarda yoziladi.
Aniqlik munosabat belgisida rahbar hujjatning mazmunidan kelib chiqib bo‘ysunuvchi lavozimdagi shaxslarga tegishli topshiriqlar yoziladi. Masalan, “Kasaba uyushmasi raisi S.Qosimovga. Uyushma yig‘ilishida ko‘rib chiqing va shikoyatchiga javob xati tayyorlang (imzo, sana)”.
Ba’zida ko‘rsatmadan so‘ng ish yuzasidan rahbar o‘z shaxsiy fikrini “izoh”, “eslatma” tarzida yozib qo‘yishi ham mumkin: “Kasaba uyushmasi raisi S.Qosimovga. Aniqlang va menga ma’lumot bering”
Izoh: SHu yilning fevralida ham shunday masala ko‘rilgan edi. Institut o‘quv bo‘limi bilan bog‘laning (imzo, sana).
Munosabat belgisi aniq ko‘rinib turishi uchun, odatda, birinchi sahifaning yuqori qismidagi bo‘sh joyga qo‘l bilan yoziladi va asosiy ko‘rsatma bilan rahbar imzosi o‘rtasida chiziqcha qo‘yiladi. Munosabat belgisini ba’zan hujjat ustiga yozmasdan alohida varaqchaga yoziladi. Bunda, albatta, varaqcha asosiy hujjatning tarkibiy qismi sanaladi.
Ta’kidlash lozimki ish yuritishda munosabat belgisi “rezolyusiya” atamasi bilan ifodalanib kelingan, shu kabi “viza” atamasi ham qo‘llangan. Aslida lotin tilida “ko‘rilgan”, “qarab chiqilgan” ma’nosini beradigan bu so‘z amaliyotda biron-bir hujjatni tayyorlagan shaxsning bu hujjatga mas’ulligini tasdiqloqchi imzosini, shuningdek, mansabdor shaxsning muayyan hujjatdagi fikrga (iltimos yoki talabga) roziligini anglatadi. SHu o‘rinda pasportdagi chet elga chiqishga ruxsat beriladigan belgi ham ko‘chma ma’noda “viza” deb atalishini eslatib o‘tish joiz.
2. Guvohnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, ishonchnoma kabi hujjatlarining xususiyatlari. Bu hujjatlar ham ish yuritishni rasmiylashtirishda o‘ziga xos o‘rni bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |