O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat


Download 0.95 Mb.
bet24/69
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1131505
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69
Bog'liq
иш юритиш мажмуа

Tavsiyanoma biror shaxsni ma’lum lavozimga yoki ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarga a’zo bo‘lish uchun tavsiya etuvchi rasmiy hujjatdir. Tavsiyanomalar ijodiy uyushmalar, muassasa ma’muriyati yoki alohida shaxs tomonidan berilishi mumkin. Har qanday tavsiyanoma matnida tavsiya qilingan shaxsning xususiyatlari-mutaxassis sifatida malakasi, ishchanligi, oilaviy, aqloqiy jihatlari va ijtimoiy faoliyatiga baho beriladi, shuningdek, tavsiya etilayotgan lavozimga yoki ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarga a’zo bo‘lishiga munosib ekanligiga ishonch bildiriladi.
Tavsiyanomalar ba’zi xususiyatlariga ko‘ra tavsifnomaga o‘xshaydi. Shu sababli ham tavsiyanomalarning ko‘pchiligi tavsifiy tavsiyanomalar shaklida bo‘ladi. Ular orasidagi asosiy farq shundaki, tavsifnomalarda shaxsning barcha ijobiy, salbiy xususiyatlari qayd qilinadi. Tavsiyanomalarda esa shaxsning ijobiy xususiyatlari ko‘rsatilishi bilan birga, keyinchalik uning zimmasiga yuklatiladigan vazifani bajara olishiga ishonch bildiriladi va tavsiya etiladi. SHuningdek, turli mukofotlarga taqdim etish ham tavsiyanoma zimmasida bo‘ladi.
Ishonchnoma muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o‘z nomidan ish ko‘rish uchun ikkinchi shaxsga ishonch bildiradigan yozma shakldagi vakolatli hujjatdir. Ishonchnomalar o‘z mazmuniga ko‘ra mol-mulkni boshqarish, pul va moddiy-buyum, boyliklarning olish, sud idoralarida ish olib borish va boshqa ishlarni amalga oshirishni ifodalaydi. Muayyan ish-harakatni bajarishga vakolat berish kim tomonidan rasmiylashtirilishiga qarab, ishonchnomalar rasmiy (xizmat vazifasi) va shaxsiy turga bo‘linadi.
Rasmiy (xizmat-vazifa) sohasidagi ishonchnomalar davlat muassasalari va ijtimoiy tashkilotlar tomonidan muayyan lavozimli shaxsga uning mazkur tashkilotlar tomonidan ish yuritishga vakil qilinganligini bildirish uchun beriladi. Rasmiy ishonchnomalarda ularning amal qilish (o‘z kuchini saqlash) muddati, albatta, ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ular bir necha kundan bir necha yilgacha (uch yilgacha) bo‘lgan muddat uchun berilishi mumkin. Mazmun va vakolatning hajmiga ko‘ra ishonchnomalar bir gallik, maxsus va umumiy turlarga bo‘linadi. Bir gallik ishonchnoma bir ishni amalga oshirish, vazifani bajarish uchun (faqat bir matabagina pul olish uchun, bir necha kungina vazifani bajarib turish uchun) beriladi. Muayyan davr davomida bir qancha bir turdagi vazifalarni bajarish vakolatini beruvchi ishonchnomalar maxsus ishonchnomalar sanaladi (masalan, sud-hakamlik idoralarida korxona nomidan vakllik qilish uchun beriladigan ishonchnomalar). Agar ishonchnomada uning amal qilish muddati aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u berilgan kundan boshlab bir yilgacha o‘z kuchini saqlaydi. Rasmiy ishonchnomalar, odatda, namunaviy shakldagi bosma ish qog‘ozda rasmiylashtiriladi. Unda ba’zi zaruriy qismlar uchun qoldirilgan o‘rinlar qo‘lda to‘lg‘aziladi. Bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan taqdirda ishonchnoma beruvchi muassasaning to‘rtburchak muhri qo‘yiladi.
Moddiy-buyum boyliklarni, bankdan pul olish uchun ishonchnomalarni rasmiylashtirish va berish uchun alohida qoidalar belgilangan. Bunday ishonchnomalar belgilangan shakldagi bosma ish qog‘ozlarda korxona rahbari va bosh hisobchining imzosi va muhri bilan rasmiylashtirilib, faqat shu korxona xodimiga berish mumkin. Umuman, bu kabi ishonchnomani rasmiylashtirish, berish va qayd etish tartibiga rioya qilish, shuningdek, ulardan foydalanish yuzasidan nazorat qilish korxona bosh hisobchisining vazifasiga kiradi.
Ishonchnomaning ikkinchi xili shaxsiy, ya’ni ayrim shaxs tomonidan boshqa muayyan ishni bajarish uchun ishon bildirib beriladigan yozma hujjatdir. SHaxsiy ishonchnomalar tasdiqlanishiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi. Birinchi turi oddiy bo‘lib, oylik maoshi, nafaqa, stipendiya, pochta jo‘natmalari va boshqalarni olish uchun yoziladigan ishonchnomadir. Bu tur hozirgi kunda shaxsiy ishonchnomalarning eng keng tarqalgan shaklidir. Bunday yozma vakolatni majburiy notarial tasdig‘idan o‘tkazish shart emas. Ishonch bildiruvchi shaxsning imzosini u ishlayotgan yoki o‘qiyotgan muassasa rahbariyati (tamoman nafaqaga chiqqan shaxslar uchun esa u yashayotgan mahalla raisi) tasdiqlashi mumkin. Bunday ishonchnomalar, odatda, ishonch bildiruvchining dastxati bilan (qo‘li bilan) yozilgan bo‘ladi. Notarialtalab ishonchnomalar maxsus davlat notarial idoralarida tasdiqlanishi shart. Masalan, engil avtomashinadan foydalanish, turar joyni, mol-mulkni boshqarish, sotish, meros sifatid o‘tkazib berish va boshqa narsalarni hadya qilish kabilarp bo‘yicha guvohnoma olishni notaril idoralar rasmiylashtiradi.
3. Taklifnoma, e’lon, majlis bayoni kabi hujjatlarning mohiyati. Ushbu hujjatlar ham ish yuritishda o‘ziga xos o‘rni bor. Ular o‘ziga xos mvzmun va vazifaga egadir.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling