O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat


Download 0.95 Mb.
bet31/69
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1131505
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69
Bog'liq
иш юритиш мажмуа

Tarjimai hol ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan ma’lumotlar shaklidagi hujjatdir. Tarjimai hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muhtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan shaxsiy hujjatdir. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimai holda ayrim qismlarning bo‘lishi shart.
Tarjimai hol oddy qog‘ozga, ayrim hollarda maxsus ish qog‘ozlariga qo‘lda yoziladi. Matnni bayon qilish shakli hikoya uslubida bo‘lib, 1-shaxs tilidan yoziladi. Undagi barcha ma’lumotlar davriy (xronologiya) asosida beriladi. Tarjimai hol shunday tuzilishi kerakki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo‘li, ishchanlik mahorati, ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqida tasavvurga ega bo‘lsin.
SHaxsiy varaqa ishga qabul etish va boshqa holatlarda asosiy hujjatlardan biri sanaladi. U har bir tashkilotda, xodim (kadrlar) ni hisobga olish bo‘yicha qolipli hujjat shaklida, zaruriy ma’lumotlarni yozish uchun alohida-alohida o‘rin ajratilgan holda chop etilgan (ko‘p nusxalashtirilgan), oldindan rasmiylashtirilib qo‘yilgan bo‘ladi. Unda zarur bo‘lgan, ya’ni talab etilgan ma’lumotlar uchun ochiq qoldirilgan o‘rinni xodim o‘z qo‘li bilan yozib to‘ldiradi va eng so‘nggi paytda tushirilgan suratini (ko‘rsatilgan o‘ringa) joydashtiradi. SHaxsiy varaqa to‘rt sahifadan tashkil topgan bo‘lib, har bir sahifada talab etilgan ma’lumotlarni yozish uchun qoldirilgan bo‘sh o‘rinlar shaxsiy hujjatlar asosida to‘ldirilishi talab etiladi.
SHaxsiy varaqa muassasa kadrlarni hisobga olish va tarkibini tahlil qilish uchun xizmat qiladi. Varaqa xodimlar bo‘limi talab etgan (pasport, diplomlar, harbiy bilet, mehnat daftarchasi va shu kabi) hujjatlar asosida to‘ldiriladi. Ishga qabul qilingan shaxs shaxsiy varaqada ko‘rsatilgan joyga imzo chekib, to‘ldirilgan sanani qo‘yadi.
Xodim ishga qabul qilingandan so‘ng muassasa xodimlar (kadrlar) bo‘limi nazoratchi xodimi tomonidan xodimning shaxsiy hujjatlari (pasport, diplomlar, harbiy bilet, mehnat daftarchasi va shu kabilar) asosida yana shaxsiy varaqcha (T-2) ham to‘ldiriladi. Bu varaqcha shaxsiy xujjatlar yig‘majildidan alohida o‘rin egallaydi. Bunda ham shaxsiy varaqada talab etilgan ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lib, uni faqat muassasa xodimlar bo‘limi nazoratchilari tomanidan to‘ldiriladi. Bu hujjat besh bo‘limdan iborat: I.Umumiy ma’lumotlar; II. Harbiy hisobdagi tegishli ma’lumotlar; III. Ishga tayinlanishi va bir ishdan ikkinchi ishga o‘tkazilishi; IV. Ta’til; V. Qo‘shimcha ma’lumotlar kabi. Varaqchaning “Qo‘shimcha ma’lumotlar” deb atalgan 5-qismi boshqa qismlarda o‘z aksini topmagan ma’lumotlar (o‘rindoshlik ishi, qaerda o‘qiyotganligi, ikkinchi kasbi va boshqalar) ni yozib borish uchun mo‘ljallangan. Ushbu qismda xodimning mehnat faoliyatini aniqlash vrach-ekspert komissiyasining tavsiya etayotgan mehnat turi va sharoiti ham qayd etiladi.
Xodilar ishdan bo‘shatilganda shaxsiy varaqachaga ham buyruqning sanasi va raqami, bo‘shatilish sababi yoziladi. Bu ma’lumotni juda e’tibor bilan to‘ldirish lozim bo‘ladi. CHunki u ko‘pincha mehnat stajini tasdiqlashga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling