4-mavzu: Rasmiy hujjatlarning zaruriy qismlari va ularning namuna matnini tayyorlash
Reja:
1. Buyruq, farmoyish, ko‘rsatma, yo‘riqnoma va nizom-ustav kabi hujjatlar haqida ma’lumotlar.
2. Qayd etilgan hujjalarning zaruriy qismlari.
3. Ularning namuna matnlarini tayyorlash.
Amaliy mashg‘ulotda quyidagi masalalarga e’tibor beriladi:
Rasmiy hujjatlar (buyruq, farmoyish, ko‘rsatma, nizom-ustav va shartnoma, dalolatnoma kabilar) va ularning zaruriy qismlari bo‘yicha ma’lumot berish. Qayd etilgan har bir hujjatning berilgan shakli asosida (har birining zaruriy qismi asosida) mustaqil ravishda namuna matnlarini tayyorlash. Masalan, buyruq, farmoyish matnlarining leksik-sintaktik qurilishi. (Buyruq, farmoyish matnda so‘zlarning bir ma’noda kelishi, fe’llarning majhul daraja va buyruq-istak maylida qo‘llanishi, fikrning aniqligini ta’minlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulot olib boriladi, So‘ng zaruriy qismlar ma’lumot berilib, namuna matni tuziladi.)
Buyruqning asosiy zaruriy qismlari:
1.Gerb, muassasa alomati, mukofoti (bosma qog‘oz qismlari);
2. Vazirlik, boshqarma nomi;
3. Muassasaga xos raqam;
4. Hujjat shaklining xos raqami;
5. Muassasa nomi;
6. Hujjatning nomi (BUYRUQ);
7. Sanasi;
8. Raqami (№);
9. Buyruq chiqqan joy nomi;
10. Sarlavhasi (namunadan kelib chiqib nomlanadi);
11. Buyruq matni;
12. Rahbar yoki o‘rinbosar imzosi.
Lozim ko‘rilganda adliya maslahatchisi imzosi ham bo‘lishi mumkin.
Hujjat namunalari:
Do'stlaringiz bilan baham: |