O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected
32 5-MA’RUZA SOTSIOLINGVISTIKADA PSIXOLINGVISTIK VA SOTSIOLOGIK TUSHUNCHALAR Reja:
2. Kommunikativ vaziyat 3. Til egasining kommunikativ salohiyati 4. Ijtimoiy maqom va ijtimoiy rol 5. Lisoniy ijtimoiylashuv Tayanch so‘z va tushunchalar: kommunikatsiya, verbal va noverbal kommunikatsiya, kommunikativ vaziyat, kommunikativ vaziyat komponentlari, kommunikativ salohiyat, ijtimoiy maqom, ijtimoiy rol, lisoniy ijtimoiylashuv. 5.1. Kommunikatsiya “Kommunikatsiya” ko‘p ma’noli termin bo‘lib, u “ommaviy kommunikatsiya (axborot) vositalari” birikmasida matbuot, radio va televideniyening axborot vositalarini, texnikada aloqa tarmog‘ini ifodalash uchun ishlatiladi. Sotsiolingvistikada “kommunikatsiya” “muloqot” so‘zining sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Kommunikatsiya xabarni uzatish, fikr va ma’lumotlar almashinuvi, ya’ni muloqot qilishdir. Kommunikatsiya ijtimoiy jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. U jamiyatda aloqa o‘rnatuvchi vazifani bajaradi. Kommunikatsiya verbal (nutqiy) va noverbal (nutqsiz) 33 bo‘lishi mumkin. Kishilar o‘rtasidagi muomala jarayonida nafaqat verbal, balki noverbal muloqot vositalaridan, ya’ni turli imo-ishoralardan ham foydalaniladi. Har qanday jismoniy ishda ham nutqiy muomalaga ehtiyoj tug‘ilavermaydi: masalan, shovqin yuqori bo‘lgan ish joylarida, xususan, temirchilik, quymachilik, qadoqlash va h.k. sexlarda ishchilar ko‘pincha imo-ishoralar vositasida muloqot qiladilar. Ba’zi jamiyatlarda qadimda so‘zlashuv nutqidan kam foydalanishga harakat qilingan. Masalan, Xitoy va Koreyada konfutsiy olim-amaldorlari, odatda, o‘z fikrlarini yozma ravishda ifodalashgan. Hukmron konfutsiy aslzodalarining qiyofasi loqayd, yuzi toshdyek, hech qanday ifoda kasb 33 Verbal so‘zi lotincha verbum “so‘z”dan olingan. 33 etmagan. Mazkur an’analarning bugungi koreys jamiyatida ham o‘z ta’sirini yo‘qotmaganligi kuzatiladi. S. M. Ervin-Tripp kommunikatsiya jarayonidagi muloqot ishtirokchilarning verbal muomalasiga sotsiolingvistikaning asosiy predmeti sifatida qaraydi: “Sotsiolingvistika ishtirokchilarning holatga, mavzuga, o‘zaro ta’sir vazifalariga, shakl va baholarga ko‘ra verbal muomalasi bilan ish ko‘radi. Mazkur ta’rifning markazi verbal muomala (so‘zlashuv va uning muqobillari) hisoblanadi. Bu o‘rinda tizimni to‘liq tavsiflash uchun lingvistik belgilarning funksional muqobillari sanalgan imo-ishoralar va tasvirlarni ham kiritish lozim bo‘ladi. Biroq verbal muomala yuqori darajadagi to‘liq tizim sifatida o‘zini har joyda namoyon qiladi. Shunga ko‘ra, uni qulay boshlang‘ich nuqta deyish mumkin” 34 . Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling