2
Mazkur o‘quv qo‘llanmada sotsiolingvistika
fanining asosiy
tushunchalari, masalalari, yo‘nalishlari va metodlari tahlil va talqin etilgan.
Shuningdek, kitob so‘nggida sotsiolingvistikaning
tayanch terminlari
lug‘ati (glossariy) keltirilgan.
Qo‘llanma filologiya
fakultetlarining talabalari,
magistrantlari,
o‘qituvchilari, tadqiqotchilari hamda keng kitobxonlarga mo‘ljallangan.
Mas’ul muharrir filol. fan. dokt., prof. A.A.Abduazizov
Taqrizchilar: filol. fan. dokt., prof. A.E.Mamatov
filol. fan. dokt., prof. H.A.Dadaboyev
Ushbu o‘quv qo‘llanma Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zMU
ilmiy
kengashining 2013-yil 29-oktabrdagi 3-sonli qarori
bilan nashrga tavsiya
etilgan.
3
KIRISH
Bugungi kunda
fan sohalari orasidagi chegara ancha nisbiy xarakter
kasb etmoqda. Bunday fanlarga sotsiologiya
va tilshunoslik fanlarining
tutash nuqtasida rivojlanayotgan sotsiolingvistika misol bo‘la oladi.