O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/70
Sana05.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1168485
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70
Bog'liq
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected

 
Adabiyotlar 
1. Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М., 2001.
2. Брайт У. Введение: параметры социолингвистики // Новое в 
лингвистике. Вып. VII. –М., 1975.
3. Виноградов В. А., Коваль А. И., Порхомовский В.Я. 
Социолингвистическая типология. Западная Африка. –М., 1984. 
4.Степанов Г. В. Типология языковых состояний и ситуаций в странах 
романской речи. –М., 1976.
5. Эрвин-Трипп С. М. Язык. Тема. Слушатель. Анализ 
взаимодействия // Новое в лингвистике. Вып. VII. Социолингвистика. 
– М., 1975.
6. Dittmar N. Soziolinguistik. Exemplarische und kritische Darstellung 
ihrer Theorie, Empiric und Anwendung. – Frankfurt: Main, 1973.
7. Wunderlich D. Zum Status der Soziolinguistik // Aspecte der 
Soziolinguistik. - Frankfurt,1971.
 
 
 
 
 
 
 
 


13 
2-MA’RUZA 
 
LISONIY HAMJAMIYATNING MULOQOT VOSITALARI 

Reja:
1. Adabiy til


2. Dialekt 
3. Sotsiolekt 
4. Argo, jargon, sleng 
5. Koyne 
6. So‘zlashuv tili 
Tayanch so‘z va tushunchalar: adabiy til, standartlashgan adabiy til, 
dialekt, hududiy dialekt, ijtimoiy dialekt, milliy til, yarim dialekt, 
sotsiolekt, argo, jargon, sleng, koyne, so‘zlashuv tili. 
 
2.1. Adabiy til 
Adabiy til (standart) umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, 
grammatik qonun-qoidalarga rioya qilinadigan, ma’lum me’yorga 
solingan, umummajburiy va qonuniy to‘g‘ri qo‘llanadigan, xalqning turli 
madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi tildir. Adabiy til jamiyatning ilm-
fan, ta’lim, adabiyot, diplomatiya, xuquqshunoslik, ish yuritish, turli 
tashkilotlar va ziyolilarning kundalik hayotida ishlatiladigan milliy til 
ko‘rinishidir. Adabiy tilga muomala jarayonida qo‘llanadigan shevaga, 
so‘zlashuvga xos bo‘lgan so‘zlarning ishlatilmasligi xosdir.
Ingliz tilshunosligi an’analariga ko‘ra, adabiy til standard language
standard English deb yuritiladi. Shuningdek, standartlashgan adabiy til 
termini ham qo‘llaniladi. K. Naringzning fikricha, standartlashgan adabiy 
tilning mavjudligi har qanday rivojlangan jamiyat uchun xosdir. Til uchta 
asosiy vazifani bajaradi: 1) birlashtiruvchi – mazkur til dialektlarida 
so‘zlashuvchilar 
orasidagi 
tushunmovchilikni 
oldini 
oladi; 
2) 
chegaralovchi – tilni boshqa tillardan chegaralash imkoniyatini beradi; 3) 
nufuzli - tilning hamma variantlaridan ustun turadi.
Adabiy til milliy tilning boshqa shakllaridan quyidagi o‘ziga xos 
xususiyatlari bilan farqlanadi: 
1) kodlashgan tarmoq: u barcha adabiy tilda so‘zlashuvchilar uchun 
yagona va umummajburiy bo‘lib, unga turg‘un me’yor xosdir va bu 
me’yor ma’lum maqsadda madaniylashadi;
2) yarim funksional tarmoq: undan inson faoliyatining turli sohalarida 
foydalaniladi. Adabiy til har xil sohalarda turli vazifalarda ishlatilishiga 


14 
ko‘ra a) badiiy-adabiy (proza, poeziya, dramaturgiya) tili; b) adabiy 
tilning og‘zaki shakli; a) funksional uslublar (ilmiy, rasmiy, publitsistik, 
diniy)ga ajraladi. 
3) adabiy til hududiy dialektlar, sodda so‘zlashuv, ijtimoiy va kasbiy 
jargonlarga nisbatan ijtimoiy jihatdan nufuzli hisoblanadi. Madaniyatning 
tarkibiy qismi bo‘lgan adabiy tilda milliy til kommunikativ tarmoqlarining 
barcha vakillari so‘zlashadi.
Adabiy til tarqalishining yetakchi manbalari ta’lim (maktab, o‘quv 
yurtlari va h.k.) hamda ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio va
televideniye) hisoblanadi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling