O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sotsiolekt
2.3. Sotsiolekt Sotsiolekt termini lingvistikada XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan. U sotsio- jamiyatga bo‘lgan munosabat va dialekt so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, rus tilidagi “социальный диалект” (ijtimoiy dialekt) birikmasining qisqargan shaklidir. Sotsiolekt – umumiy ijtimoiy xususiyatlariga ko‘ra birlashgan ayrim guruhlarning lisoniy ehtiyojlarini qondirish uchun nutq amaliyotida ishlab chiqilgan til shakli. Standart tildan farqli o‘laroq, sotsiolektda ba’zi o‘rinlarda chetga chiqish mumkin. Til ham xuddi tashqi ko‘rinish singari sinflar haqida guvohlik beradi. Sotsiolekt verbal hulq va ijtimoiy ahvolning muvofiqligini ifodalaydi. Ko‘pchilik davlatlarda mansab pog‘onalaridan ko‘tarilish uchun sotsiolektni bilish zarurdir. Ayniqsa, Buyuk Britaniyada amaldorlik va mavqe sotsiolektga bog‘liq bo‘lgan. Bu yerda U (Upper class “yuqori 13 Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М., 2001. –C. 30. 14 Алпатов В. М. Япония: язык и общество. – М.: «Муравей», 2003 (электрон вариант). 16 sinf”) nutqi no-U nutqiga qarama-qarshi qo‘yilgan. Tabiiyki, sotsiolektlar ham oliy zodagonlar, o‘rta (oliy, o‘rta, quyi), ishchilar (oliy, o‘rta, quyi), quyi, past (avom xalq) singari sinflarga ko‘ra farqlangan. G‘arbda sotsiolekt tushunchasi ijtimoiy sinflar, tabaqalarning nutqini ifodalasa, sobiq SSSRda sotsiolekt kasbiy leksika: dengizchilar, konchilar va h.k. tili sifatida izohlangan. Hozirgi rus sotsiolingvistikasida sotsiolektga quyidagicha ta’rif berilgan: Milliy til doirasidagi biron ijtimoiy guruh (kasbiy, tabaqaviy, yosh va h.k.)ga xos bo‘lgan lisoniy xususiyatlar majmuyiga sotsiolekt deyiladi. Masalan, askarlar (askarlar jargoni), o‘quvchilar (maktab jargoni) nutqi, jinoyatchilar jargoni, xippilar argosi, talabalar slengi, turli sohalarda ishlovchilarning kasbiy “tili”, argolari va h.k. sotsiolektlarga misol bo‘la oladi 15 . “Sotsiolekt” termini turli-tuman, bir-biriga o‘xshamaydigan, ayni paytda umumiy xususiyatlarga ega bo‘lgan lisoniy shakllarni ifodalash uchun qo‘llaniladi. Mazkur shakllar ijtimoiy chegaralangan kishilar guruhining kommunikativ ehtiyojlariga xizmat qiladi. Sotsiolektlar kommunikatsiyaning butun bir tizimini ifodalamaydi. Chunonchi, u so‘zlar, so‘z birikmalari, sintaktik konstruksiyalar, urg‘u xususiyatlari va h.k. ko‘rinishidagi nutqning o‘ziga xosligidir. Sotsiolektlar asosini milliy tildan deyarli farq qilmaydigan lug‘at va grammatika tashkil qiladi. Masalan, jinoyatchilar argosida o‘ziga xos ma’no, xususan, metaforik ma’no kasb etgan so‘zlar mavjud: ment – “militsioner”, etap qilish – “qamoqqa jo‘natish”, narkota – “narkotik, giyohvand moddalar bilan shug‘ullanish” va h.k. Biroq mazkur so‘zlarning turlanishi, tuslanishi va gapdagi bog‘lanishi umumtil qoliplari va qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Hatto, so‘zlar ham umumtil leksikasiga mansub bo‘ladi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling