O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/70
Sana05.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1168485
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70
Bog'liq
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected

 
2.2. Dialekt 
Tarixan dialektlar kishilarning bir-biridan uzoqda bo‘lishi, bir-birlari 
bilan muloqot qilishga halaqit qiladigan turli masofalarda joylashishi 
natijasida shakllangan. Tabiiyki, bir-biridan uzoqda, shuningdek, iqlimi har 
xil bo‘lgan hududlarda yashaydigan kishilarning turli ehtiyojlari va 
tevarak-atrofdagi endemik (turfa) hodisalar nomlashni talab qiladi. 
Norasmiy nutq modeli hisoblangan dialektlar hududiy va ijtimoiy 
turlarga bo‘linadi. Hududiy dialektlar ma’lum hududning o‘ziga xos 
hududiy belgilari, binobarin, o‘ziga xos lug‘at, grammatik yoki fonetik 
xususiyatlariga ega bo‘lgan so‘zlashuv tilidir.
Ijtimoiy dialektga sotsiolekt deyiladi (bu haqda quyiroqda batafsil 
to‘xlamiz). Angliyada ijtimoiy dialekt muhim bo‘lib, u hududiy dialektdan 
ustuvorligi bilan ajralib turadi. AQShda esa aksincha, hududiy dialekt 
ijtimoiy dialektga nisbatan salmoqli o‘ringa ega.
Tabiiyki, hududiy yoki mahalliy dialektlar tilning geografik jihatdan 
bo‘linishini ifodalaydi. Biroq hududiy mahalliylik mazkur til shaklining 
faqat o‘ziga xos bir tomoni xolos. “Hududiy dialekt” tushunchasi ijtimoiy 
dialektologiyaning asosiy kategoriyasi hisoblanadi. Dialektning ijtimoiy 
variantliligini tahlilga tortilishi sof dialektologik tadqiqotlardan ijtimoiy-
dialektologik tadqiqotlarga o‘tish sanaladi.
Rus sotsiolingvistlari V. I. Belikov va L. P. Krisinlar hududiy 
dialektlarni milliy til va uning boshqa ko‘rinishlaridan farqlovchi
xususiyatlarini quyidagicha belgilashgan:
1) dialekt egasi (bu asosan qishloq aholisining keksa avlod 
vakillari)ning ijtimoiy, yosh va qisman jins jihatdan cheklanganligi; 
2) dialekt qo‘llanish doirasining oilaviy va maishiy cheklanganligi;
3) turli shevalarning o‘zaro ta’siri va dialektlar tizimi o‘rtasidagi 
aloqalarning qayta qurilishi bog‘liqligi natijasida yarim dialektlarning 
shakllanishi; 


15 
4) adabiy til ta’siri ostida o‘ziga xos dialekt nutqining 
tenglashtirilishi
13
.
Sotsiolingvistikaning tamoyili dialektlar mavjudligining geografik 
va ijtimoiy-psixologik sabablarini o‘rganishdir. Geografik sabab, bu – 
tabiiy masofalar va to‘siqlar, ijtimoiy-psixologik sabablar – obro‘ (ya’ni 
dialektning nufuzi, ta’siri) va hamfikrlikni ifodalaydi.
Bugungi kunda til egalarining o‘qimishli qismi orasida shaxsning 
o‘zligini anglash, uning ma’lum mintaqaviy jamoatga tegishlilik belgisi, 
milliy an’analar bilan munosabatda bo‘lish va h.k. vositasi sifatida
dialektlarga bo‘lgan qiziqish borgan sari kuchaymoqda. Dialektlar shu 
dialekt egasi yoki u mansub bo‘lgan biron guruhning obro‘yi va 
hamfikrligining ko‘rsatkichiga aylanib bormoqda. Masalan, Rossiyaning 
janubidagi kazaklikka mansublik obro‘ sanaladi va bu kishining o‘tmishi 
o‘ziga to‘q bo‘lganligini assotsiatsiyalaydi. Yoki Yaponiyada dialekt 
muayyan ma’noda mintaqaviy, ba’zan ijtimoiy guruhlarning birlashish 
vositasi sanaladi. Dialekt – “o‘zinikilar” bilan tabiiy muloqot qilish shakli; 
suhbatdoshga “o‘ziniki” deb qarash qanchalik kuchli bo‘lsa, unga 
shunchalik keng darajada dialektda murojaat qilinadi. Biroq notanishga, 
ayniqsa, chet elliklarga adabiy tilda murojaat qilinadi
14
.
Dialektlarning muayyan ijtimoiy vazifalarni bajarishini ham kuzatish 
mumkin: ayrim mamlakatlarda dialektlar nafaqat kundalik muomala va 
folklor dastalarida, balki ba’zi radioeshittirishlar hamda teatr sahnalarida 
ham qo‘llanilmoqda. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling