O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI


 Rivojlangan pijin va kreol tillarining qo‘llanilishi


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/70
Sana05.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1168485
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   70
Bog'liq
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected

2.4.5. Rivojlangan pijin va kreol tillarining qo‘llanilishi 
Kreol tillar tarqalgan malakatlarda lisoniy vaziyat turlichadir. Ayrim 
hollarda kreol tillar mamlakat aholisining aksariyat qismi uchun (Gaiti, 
Yamayka va G‘arbiy Hindistonning qator orollarida, Kabo-Verde 
Respublikasida) ona tili; boshqa holatlarda esa (Surinam, Serra-Leone
Mavrikiyda) bir nechta katta etnik guruhlardan tashkil topgan kreol 
etnosida xalqlararo muloqot tili ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, Amerika, Janubiy-sharqiy Osiyo va Avstraliyadagi bir qator 
davlatlarda ichki etnik muloqot tili sifatida kichik kreol til guruhlari 
qo‘llaniladi.
Kengaytirilgan pijinlardan birinchi navbatda etnoslararo muloqot tili 
sifatida foydalaniladi. Kengaytirilgan pijinlarning rivojlanishi xuddi kreol 


51 
tillardek o‘zining kommunikativ imkoniyatlariga ko‘ra, boshqa tillarga 
tenglasha oladi. Ushbu tillarning vazifalari ularning kelib chiqishi bilan 
emas, balki ushbu tilda so‘zlashuvchilarning bu tilga munosabati va 
ularning rasmiy mavqeyi bilan belgilanadi. Masalan, bislama tili Vanuatu 
Respublikasining milliy tili deb e’lon qilinganligiga qaramay, amalda u 
sobiq metropoliyalar tili bo‘lgan ingliz va fransuz tillaridan keyingi o‘rinda 
turadi. Yoki Solomon orollari pijini rasmiy mavqega ega bo‘lmagani 
holda, OAVda keng qo‘llaniladi.
Aksariyat yevropaliklar kreol va pijin tillarini ingliz, fransuz va 
boshqa tillarning buzilgan ko‘rinishi, deb hisoblashadi. Bunday qarash 
uzoq vaqt davomida kreol tillarning funksional rivojlanishiga, pijinlarning 
tarqalishiga, mazkur tillarda badiiy asarlar yaratishga, ta’lim sohasida va 
rasmiy doiralarda ulardan foydalanishga to‘sqinlik qilib keldi. Hatto, 1953- 
yilda BMT tomonidan Yangi Gvineya hududlarini boshqargan 
Avstraliyaga pijindan ma’muriy maqsadda foydalanish man qilingan
pijinda ta’lim-tarbiya olib borgan maktablarni yopish buyurilgan.
Ana shunday to‘sqinliklarga qaramay, bugungi kunda kreol va pijin 
tillarida badiiy asarlar chop etilmoqda. Ular yuqorida qayd etilgan 
hududlarda keng, to‘laqonli qo‘llanilmoqda. Masalan, Yangi Gvineya 
hududida u vositachi til bo‘lgan lingva-frankani muloqotdan asta-sekin 
siqib chiqarmoqda.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling