O‘ZBekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug‘Bek nomidagi o‘ZBekiston milliy universiteTI


 3. Pijin turlari va ularning tadrijiy rivojlanishi


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/70
Sana05.02.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1168485
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70
Bog'liq
3. ASOSIY DARSLIK. Усмонова Ш sociolinguistics bak manual latin corrected

7. 3. Pijin turlari va ularning tadrijiy rivojlanishi
Hozirgi kunda 50dan ortiq pijin ma’lum bo‘lib, ularning aksariyati 
Janubiy-sharqiy Osiyo, Okeaniya, Afrika, Karib dengizi hududlarida 
tarqalgan
46
. Pijinlar, odatda, hududlarning bosib olinishi, savdo-sotiqning 
kengayishi, rivojlanishi, shuningdek, ommaviy ko‘chishlar natijasida 
yuzaga keladi.
Pijinlar rivojlanishining ilk davrida tor doiradagi muloqotlarning 
kichik ehtiyojlariga xizmat qilgan. An’anaviy jamiyatda ular savdo-sotiq 
ehtiyojlarini qondirishda, ayrim hollarda keng kommunikativ vazifalarda 
qo‘llaniladi. Shuni ta’kidlash joizki, yer sharining barcha burchaklarida 
savdo-sotiq pijinlarini uchratish mumkin. 
Eng qadimiy pijinlar sirasiga Yevropa leksik bazasida vujudga 
kelgan O‘rtayer dengizi sabirini
47
kiritish mumkin. Sabir pijini XII asrdan 
boshlab yevropaliklarning arablar, keyinchalik esa turklar bilan muloqotida 
qo‘llanilgan. 
Yevropaga xos bo‘lgan pijinga misol qilib, “chinuk jargoni”ni 
keltirish mumkin. Mazkur pijin haqida yevropaliklar faqat 1830-yilga kelib 
ma’lumotga ega bo‘lganlar. “Chinuk jargoni”ning boshlang‘ich qo‘llanish 
hududi Kolumbiya daryosining quyi qismi bo‘lgan. Keyinchalik bu til 
ko‘rinishida Kaliforniyadan Alyaskagacha yashagan aholi gaplashgan. 
XIX asr va XX asrning birinchi yarmida bu aloqaviy til kelib chiqishi 
yevropalik bo‘lgan xalqlar o‘rtasida mashhur bo‘lgan. Masalan, kanadalik 
baliqchilar o‘zlarining radio aloqalarida maxfiy ma’lumotlarni yapon 
baliqchilaridan saqlash maqsadida “chinuk jargoni”dan foydalanganlar. 
45
Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М., 2001. –C. 81. 
46
Словарь социолингвистических терминов. Отв. ред.: В.Ю. Михальченко –М., 2006. –C. 165.
47
Sabir – o ‘rta asrlarda O‘rtayer dengizida qo‘llanilgan pijin.Keyinchalik lingva-franka ("franklar tili", ya’ni 
yevropaliklar tili) nomini olgan.


48 
Kontaktologiyaga oid adabiyotlarda xalqlar o‘rtasidagi muloqot 
jarayonida qo‘llaniladigan imo-ishoralar ham yordamchi til vositasi 
hisoblanib, ular pijinlar ichida qayd qilingan. Bunday aloqaviy 
vositalardan Shimoliy Amerika hindulari va avstraliyalik aborigenlar 
foydalanganlar. XIX asrning oxirlarida AQShning G‘arbida barcha uchun 
umumiy bo‘lgan imo-ishoralar tilida turli xil qabilalarning 100 mingdan 
ortiq vakili muloqot qilgan. 
Dengizchilikning 
rivojlanishi, 
Yevropa 
mustamlakalarining 
kengayishi natijasida pijin tillarining zimmasiga yangi vazifalar yuklatildi. 
Dengiz pijinlari portlar joylashgan hududlarda tarqaldi. XVI-XVII asrlarda 
Afrikaning Atlantika sohillarida qul qilib olish, Shimoliy va Shimoliy-
sharqiy Osiyo hududlarida savdo-sotiq maqsadida yevropaliklar mahalliy 
aholi bilan muloqotga kirishadi va buning natijasida Yevropa tillari asosida 
yangi pijinlar maydonga keladi. 
XIX asrning boshlarida Okeaniya orollarida bichlamar dengiz pijini 
(ingliz tili asosida) tarqaldi. Mazkur pijindan dastlab kit ovlovchilari, 
keyinchalik sandal yog‘ochini tayyorlovchilar foydalangan. XIX asrning 
o‘rtalariga kelib kemalarda ham bichlamar pijini ishlatilgan. 
XIX asrning oxirlariga kelib, bichlamar pijinining tok-pisin (Yangi
Gvineyada); bislama (Yangi Gebridada, hozirgi Vanuatu Respublikasida); 
Solomon orollari pijini; broken (Torresov orollari qo‘ltig‘ida) singari 
alohida turlari rivojlangan.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, mustamlaka boshqaruvi sharoitida 
pijinlar vujudga kelishining yana boshqa yo‘llari ham bo‘lgan. Masalan, 
Britaniyaning Papua mustamlakasida ko‘p tilli politsiyachilar Avstroneziy 
motu tili asosida yuzaga kelgan pijindan foydalanganlar. Mazkur til 
“politsiyachilar motusi”, keyinchalik esa “xirimutu” deb nomlanib,
to‘laqonli etnik muloqot tiliga aylangan
48
.
Demak, barqarorlashgan pijin tillar cheklangan lug‘at boyligiga ega 
bo‘lgan yordamchi til hisoblanadi. Pijin ma’lum bir tilning lug‘at boyligiga 
asoslanadi, biroq uning grammatik tizimi leksifikator tilidan farq qiladi. 
Masalan, ruscha-xitoycha pijin: Его сота рубли купеза давай; его 
хаохаоды ю, дадады ю; полтара года таскай, ломай, не могу; его 
замерзни мею (Uning shubasiga savdogarlar 100 rubl berishdi; u juda 
yaxshi, katta; bir yarim yil kiyasan – yirtilmaydi; unda sovqotmaysan). 
48
Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М., 2001. –C. 84-85. 


49 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling