O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universitetining


Yurt tinchligi Vatan ozodligi va istiqloli bilan chambarchas bog‘liq


Download 440 Kb.
bet3/6
Sana24.03.2023
Hajmi440 Kb.
#1290130
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Vatan ravnaqi –olam ravnaqi umumbashariy qadiryat sifatida.22222

Yurt tinchligi Vatan ozodligi va istiqloli bilan chambarchas bog‘liq. Birovga qaram xalq hech qachon erkin va farovon yashay olmaydi. Shuning uchun ham mamlakatimiz Konstitutsiyasida Vatan himoyasi, yurt tinchligi uchun kurashish har bir fuqaroning muqaddas burchi ekani qayd etilgan. Xalqimizning tinch va osoyishta yashashi, oydin kelajagi Vatan, Yurt taqdiri bilan bog‘liq. Modomiki shunday ekan, bugungi kunda «Yurtim tinch – men tinch, o‘zimni, o‘z uyimni o‘zim asramog‘im darkor» degan haqiqatni chuqur anglash nihoyatda muhim.
Shunday qilib, yuksak ma’naviyat, siyosiy madaniyat, doimiy ogohlik va hushyorlik, millatning g‘oyaviy va mafkuraviy yetukligi – yurt tinchligini saqlashning eng muhim omilidir. Xalqimiz uchun muqaddas bu g‘oya jamiyatdagi turlicha fikr va qarashga ega bo‘lgan barcha kuch va harakatlarni birlashtiradi, shu orqali milliy hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Hamma zamonlarda odamlar tinch-totuv va farovon hayotga intilganlar. Ana shu sababdan ham milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri xalq farovonligidir. U jamiyatning tarixiy taraqqiyotida doimiy diqqat markazida turib kelgan masalalar qatoriga kiradi.
Xalq farovonligi – Vatan obodligini, unda Buni yodda tuting: yashaydigan kishilar hayoti uchun moddiy-ma’naviy boyliklarning mo‘l-ko‘lligini, odamlarning munosib turmush sharoitiga ega bo‘lishini anglatadi.
Ushbu g‘oya mustaqillikka erishgan O‘zbekiston xalqining oliyjanob maqsadlaridan birini ifodalaydi. Unga erishish uchun mamlakat iqtisodiyoti bugungi kunda tubdan isloh qilinmoqda. Binobarin, yurtimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning ma’no-mazmuni ham ana shu maqsadga qaratilgan.
Mustaqil O‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti asoslari shakllanmoqda. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, ijtimoiy hayotni xalqimizning maqsad-muddaolariga mos holda tashkil etdi. Biz turmushda o‘zini oqlagan, dunyodagi rivojlangan davlatlar hayotida sinovdan o‘tgan iqtisodiyot qonunlari asosida yashay boshladik.

Download 440 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling