O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universitetining


Download 440 Kb.
bet1/6
Sana24.03.2023
Hajmi440 Kb.
#1290130
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Vatan ravnaqi –olam ravnaqi umumbashariy qadiryat sifatida.22222

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING



Ijtimoiy fanlar fakulteti
Milliy g’oya va ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo’nalishi
Davlat huquq nazaryasi fandidan
MUSTAQIL ISH
Mavzu: Vatan ravnaqi –olam ravnaqi umumbashariy qadiryat sifatida.

BAJARDI: _______ talabasi _____________________.

QABUL QILDI: _____________________.
TOSHKENT-2022
Mavzu: Vatan ravnaqi –olam ravnaqi umumbashariy qadiryat sifatida

I.Kirish.
II.Asosiy qisim.
1.Vatan ravnaqiga ishonch tuyg‘usini shakllantirishning bugungikunda ahamiyati.
2.Vatan ravnaqi, avvalo, uning kishilarning ona yurtga bo’lgansadoqatiga, mehr-muhabbatiga bog’liq.
3.Vatan ravnaqi kishilarning ma’suliyatni anglashiga bog’liqlig
III.Xulosa.
Foyfalanilgan adabiyotlar.
Kirish

Vatan ravnaqi va yurt tinchligi xalq farovonligi va komil inson g‘oyasi


Vatan ravnaqi – mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qiladigan asosiy g‘oyalardan biridir. Vatan har bir kishining tug‘ilib o‘sgan makoni, bobolari yashagan va uning farzandlariga meros qoladigan zamindir.
Har bir inson biror-bir oilada, muayyan mamlakat va millat bag‘rida dunyoga keladi. U ko‘z ochib, onasini, uyini, o‘zi tug‘ilgan zaminni taniydi. Avval onasining oq sutidan, keyin o‘zi tug‘ilgan zamin ne’matlaridan bahramand bo‘ladi. Shuning uchun ona va Vatan tushunchalari uyqash tushunchalardir. Zero, inson Vatanni ham onadek aziz biladi, unga bolalikdan mehr va ixlos qo‘yadi.
Onaning iliq bag‘ridan, qadrdon go‘shasidan, Vatanidan uzoqda bo‘lgan odam uni darrov sog‘inadi, uning diydorini qo‘msab, intiq va intizor bo‘ladi. Onasiga, tug‘ilgan xonadoniga, Vataniga taalluqli narsalarning hammasi unga nihoyatda noyob va tabarruk bo‘lib tuyulaveradi. Bu – onaga, qadrdon ostonaga, Vatanga bo‘lgan so‘nmas mehrning dalolatidir.
Vatan – insonning kindik qoni to‘kilgan muqaddas zamin, uni kamolotga yetaklovchi, hayotiga ma’no-mazmun bag‘ishlovchi tabarruk maskandir. Buning ustiga, Vatan – har birimiz uchun ota-bobolarimizning xoki poklari yotgan aziz joydir. U – ajdodlardan avlodlarga qoladigan tengsiz, bebaho meros, noyob in’om. Uni biz ham keyingi avlodlarga ozod, obod va farovon holda meros qilib qoldirishga mas’ulmiz. Shundagina avlodlar bizdan minnatdor bo‘ladi, nomimizni ulug‘laydi, yurtimizga ko‘z olaytirganlarga qarshi murosasiz kurash olib boradi.
Xullas, Vatani bor odamning qadri baland, g‘ururi yuksak, maqsad-muddaolari aniq bo‘ladi. Vatani bor odamning orqasida tog‘dek tayanchi bo‘ladi. Vatan tuyg‘usi – insonni fidoyilikka, mardlik ko‘rsatishga da’vat etib turadi.
Vatan baxt-saodati, obodligi uchun fidoyilik – vatanparvarlikning asosiy belgisidir, uning oliy ko‘rinishi esa Vatan ozodligi yo‘lidagi jasoratdir.

Download 440 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling