O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universitetining
Xalqaro hamjamiyat O‘zbekiston tajribasini e’tirof etayotgani, sinchiklab o‘rganayotganini quyidagi misollar ham tasdiqlaydi
Download 440 Kb.
|
Vatan ravnaqi –olam ravnaqi umumbashariy qadiryat sifatida.22222
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Xalqaro hamjamiyat O‘zbekiston tajribasini e’tirof etayotgani, sinchiklab o‘rganayotganini quyidagi misollar ham tasdiqlaydi:
2004-yil 22—23-mart kunlari Fransiyaning Parij shahrida «O‘zbekiston va Fransiyada diniy bag‘rikenglik» va «O‘zbekiston va Fransiya xalqaro munosabatlar tizimida» mavzularida Xalqaro konferensiyalar o‘tkazildi. 2004-yil 3—10-oktabr kunlari AQSHning Vashington shahrida R. Nikson markazi tomonidan tashkil etilgan «Davlat va din, konfessiyalararo bag‘rikenglik: O‘zbekiston misolida» mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi. 2007-yil 31-may kuni Buyuk Britaniyaning London shahrida «Uch din forumi» xalqaro tashkiloti tomonidan tashkil etilgan «Konfessiyalararo totuvlikka erishishda O‘zbekiston tajribasi» mavzuidagi seminar uyushtirildi. O‘zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati, dunyoviy davlat barpo etilmoqda. Qurilayotgan jamiyatning tamoyillari, huquqiy asoslari ishlab chiqilgan va xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Davlat qonuniy asosda barcha dinlarga, barcha e’tiqod egalariga teng imkoniyatlar yaratib bergan. Diniy tashkilotlar bilan munosabatlarning qonun asosida, ularning haq-huquqlarini hurmat va himoya qilish negizida olib borilayotgani e’tiqod erkinligini amalda ta’minlamoqda. Ayni vaqtda diniy tashkilotlardan ham qonun oldidagi burch va majburiyatlarini bajarish talab qilinadi. Bu – xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olingan to‘g‘ri yo‘ldir. Vatanimizda turli dinlar va din vakillari o‘rtasida umumbashariy qadriyatlar asosida birodarlikni mustahkamlashga muhim e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda o‘ndan ziyod konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning o‘z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat hayotida faol ishtirok etishi uchun hamma shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O‘zbekiston Konstitutsiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunda o‘z ifodasini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo‘lib, milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi – xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish orzusini amalga oshirish uchun mustahkam tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, hamkorlik, hamjihatlik va bag‘rikenglik milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri bo‘lib, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashda, xalqni oliyjanob maqsadlar sari boshlashda muhim o‘rin tutadi. Adabiyotlar: 1. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy xususiyatlari, falsafiy va tarixiy ildizlari. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent 2001 y. 2. G’oya va mafkura. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent - 2001 y. 3. Milliy istiqlol g’oyasini xalqimiz ongiga singdirish omillari va vositalari. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent 2001 y. 4. Markaziy Osiyo: g’oyaviy jarayonlar va mafkuraviy tahdid. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent — 2001 y. 5. Milliy istiqlol g’oyasining amal qilish tamoyillari. Toshkent 2001 y. 6. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. Mas’ul muharrir Q.Nazarov. Toshkent — 2001 y. Download 440 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling