O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universitetining


V atanni asrash yo‘lida jasorat ko‘rsatgan qahramonlarimiz


Download 440 Kb.
bet2/6
Sana24.03.2023
Hajmi440 Kb.
#1290130
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Vatan ravnaqi –olam ravnaqi umumbashariy qadiryat sifatida.22222

V atanni asrash yo‘lida jasorat ko‘rsatgan qahramonlarimiz ko‘p. Masalan, miloddan oldingi VI asrda ahmoniylar sultoni Kir II katta qo‘shini bilan Vatanimiz hududiga bostirib kirganida, o‘sha paytda bu yerda yashagan, bizning ajdodimiz bo‘lgan xalqning yo‘lboshchisi To‘maris o‘z qavmi – massagetlarni ularga qarshi jangga boshlagan va g‘alaba qilgan. Bu g‘alabaning sabablarini tahlil etar ekan, qadimgi tarixchilardan biri: «Vatanga mehr mo‘jizalarga undaydi, To‘marisning g‘alabasi buning bir dalilidir» degan edi. Biz Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Amir Temur, Chor Rossiyasi bosqinchilariga qarshi kurashgan Namoz Pirimqul o‘g‘li kabi bahodir bobolarimizni ham ana shunday mardligi va jasorati uchun sevamiz va qadrlaymiz. 2000-yilda Vatanimizning janubiy sarhadlariga suqulib kirgan, 2005-yili Andijonda davlat to‘ntarishi qilmoqchi bo‘lgan terrorchilarga qarshi jon olib, jon berib kurashgan va mardlarcha halok bo‘lgan o‘g‘lonlar ham mustaqil O‘zbekistonning asl farzandlari, fidoyi vatanparvarlardir. Islom Karimov bunday deb yozganlar: Buni yodda tuting:
«Shuni alohida ta’kidlash joizki, xalqimiz tarixning har qanday to‘fon va suronlariga qaramasdan, milliy o‘zligi va azaliy qadriyatlarini saqlab qolib, bugungi dorilomon zamonlarga bezavol yetib kelishida uning qon-qoni, suyak-suyagida bo‘lgan ma’naviy jasorat tuyg‘usi, hech shubhasiz, hal qiluvchi ta’sir o‘tkazib kelmoqda.
Chunki, o‘zbek xalqi dunyo maydonida kuni kecha tasodifan paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Biz — boy tarix, yuksak madaniyat, buyuk ma’naviyat vorislarimiz. Qadimiy tariximizni har tomonlama o‘rganib, shunday xulosaga kelish mumkinki, eng qaltis va tahlikali davrlarda millatimizga umid va ishonch bergan, uni yovlarga qarshi kurashga undagan, ajdodlarimizni ilmiy kashfiyotlar, harbiy zafarlarga, ma’rifat mash’alini baland ko‘tarib jaholatga qarshi chiqishga chorlagan beqiyos kuch ham aynan ma’naviy jasorat tuyg‘usidir.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Urganchni bosqinchilardan himoya qilishda
bayroq tutib jon bergan Najmiddin Kubroning qahramonligida, dunyoni to‘fondek bosgan Chingizxon qo‘shiniga qarshi o‘n bir yil muttasil mardona kurash olib borgan Jaloliddin Manguberdining jangovar ruhida, yurtimizni istilochilardan ozod qilib, buyuk davlat barpo etgan Amir Temur bobomizning bunyodkorlik salohiyatida ham ma’naviy jasorat tuyg‘usi buyuk va ustuvor ahamiyat kasb etgani shubhasiz, albatta.

O‘tgan asr boshlarida, tariximizning og‘ir va murakkab davrida maydonga chiqqan jadid bobolarimizning fidoyiligi zamirida ham ana shunday jasorat namunasi mujassam edi, desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi».


Tarix saboqlari, hayot tajribasi shundan dalolat beradiki, haqiqiy milliy g‘oya hech qachon Vatandan tashqarida ildiz otmaydi. U Vatan ravnaqini belgilab beradigan tamoyillarni o‘zida aks ettirsagina kuch-qudrat manbayiga aylanadi. Vatanning ravnaqiga xizmat qilmaydigan yot va begona g‘oyalar esa hech qachon bizning milliy g‘oyamizga aylanolmaydi. Ular qanday libosga o‘ralib olmasin, qanday niqob kiymasin, bizga yo‘ldosh bo‘lolmaydi.
«Vatan» va «Vatan ravnaqi» tushunchalari mustaqillik yillarida alohida ahamiyat kasb eta boshladi. Bugun biz Vatanimiz mustaqil bo‘lgan davrda yashamoqdamiz. Mustaqillikni asrab-avaylash vatanparvar insonning eng birinchi vazifasidir.
Fransuz adibi Volter shunday degan edi: «Vatanga bo‘lgan muhabbat meni ajnabiylar yutug‘idan ko‘z yumishga majbur qilmaydi. Aksincha, Vatanga muhabbatim qanchalik kuchli bo‘lsa, Vatanimni jahondagi boshqa xalqlarning yutuqlari bilan shunchalik ko‘p boyitgim keladi». Vatanparvarlik – millatchilik yoki milliy mahdudlik belgisi emas, balki u yuksak insoniy tuyg‘udir. Bugungi kunda jamiyatimizda tadbirkorlik, erkin iqtisodiy faoliyat keng rivojlanayotgani, davlatimizning iqtisodiy qudrati ortayotgani, xalqimizning ma’naviyati boyib, ilm-ziyo salohiyati yuksalayotgani – Vatanimiz ravnaqining asosi bo‘lmoqda.
Vatan ravnaqi, avvalo, xalqimizning bunyodkorlik faoliyatiga asoslanadi. Bu salohiyatni to‘la yuzaga chiqarish, iqtisodiyotni ilg‘or texnologiyalar asosida yuksaltirish taraqqiyotda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Jahonda Ford, Rokfeller, Dyupon, Krupp singari uddaburon, g‘ayratli kashfiyotchi tadbirkorlar o‘z vatanlari tarixida katta iz qoldirgan. Mustaqil O‘zbekiston ravnaqi xalqimiz orasidagi ana shunday omilkor tadbirkorlarga ham bog‘liq. Shuning uchun yurtimizda jahon bozorida o‘zining munosib o‘rnini egallaydigan, raqobatbardosh mahsulotlar chiqarishga qodir bo‘lgan mutaxassislarni tarbiyalashga muhim e’tibor qaratilmoqda. Xullas, Vatan ravnaqi g‘oyasi O‘zbekiston fuqarolarining e’tiqodiga aylansa, yurtimiz yanada taraqqiy topadi.
Yurt tinchligi – milliy istiqlolimizning asosiy g‘oyalaridan biri bo‘lib, u bebaho ne’mat, ulug‘ saodatdir. Bashariyat o‘z taraqqiyotining barcha bosqichlarida, avvalo, tinchlik-totuvlikka intilib kelgan. Tinchlikni saqlash va mustahkamlash umumbashariy masala. Insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida jamiyatning asosiy masalalari tinchlik-totuvlik sharoitidagina samarali hal etilgan. Shu boisdan ham yurt tinchligi – barqaror taraqqiyot garovidir.
Tinchlikka o‘z-o‘zidan, quruq xohish-istak bilangina erishib bo‘lmaydi. Uni izchil va qat’iy harakatlar tufayligina ta’minlash mumkin. Bosqinchilik harakatlari, milliy, diniy va boshqa xildagi turli nizolar, urush-janjallar ming yillar mobaynida bashariyatning umumiy taraqqiyotiga pand berib keldi. O‘tgan besh ming yil davomida insoniyat 15 mingdan ortiq urushni boshdan kechirgan. XX asrdagi yuz bergan ikkita jahon urushida 60 milliondan ortiq kishi halok bo‘lgan. Afsuski, bu illatdan insoniyat hanuzgacha to‘la qutulgani yo‘q.
Urush va nizolar, beqarorlik va buzg‘unchilik g‘oyalari, har qanday g‘oya singari, avvalo, ba’zi insonlar ongida paydo bo‘ladi va so‘ngra ma’lum bir guruhlar ongiga singdiriladi hamda amalga oshiriladi. Masalan, fashizm, avvalo, Mussolini va Gitler kabi buzg‘unchi odamlar ongida paydo bo‘lgan, keyin ijtimoiy kuchga aylanib, o‘ta salbiy oqibatlarga sabab bo‘lgan.
Xalqimiz tinchlikni yuksak qadrlaydi hamda uni o‘z orzuumidlari, oliy maqsadlarining kafolati deb biladi. Shu bois otabobolarimiz duoga qo‘l ochsa, dastavval tinchlik-omonlik tilaydi, xalqimiz ham «Tinchlik bo‘lsa, har qanday ezgu maqsadga erishish mumkin» degan qarashga tayanib yashaydi.
Lekin tarix saboqlari shundan dalolat beradiki, orzu-niyatning o‘zi bilangina uzoqqa borish qiyin. Yurt tinchligi – dunyo va mintaqalar tinchligi bilan chambarchas bog‘liq. Davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlik munosabatlari tobora chuqurlashib borayotgan hozirgi sharoitda tinchlik nihoyatda muhim omil sifatida katta ahamiyat kasb etmoqda.
Xalqaro maydonda ro‘y berayotgan tub siyosiy o‘zgarishlar tinchlikning qadrini yanada oshirmoqda. Boshqacha aytganda, xalqimizning «Qo‘shning tinch – sen tinch» maqoli yanada teranroq ma’no kasb etib bormoqda.
Tariximizga nazar tashlasak, yurtimiz tinch, elimiz xotirjam yashagan davrlardagina yurtimiz yuksak moddiy va ma’naviy yutuqlarga erishganiga guvoh bo‘lamiz. Xususan, sohibqiron Amir Temurning nabirasi Mirzo Ulug‘bek Movarounnahrga hukmronlik qilgan qirq yil mobaynida mamlakatda tinchlik-barqarorlik ustuvor bo‘lgani sababli ilm-fan, madaniyat taraqqiy etgan, bunyodkorlik ishlari rivojlangan, ko‘hna zaminimiz gullab-yashnagan. Shuning uchun o‘zbek she’riyatining sultoni Alisher Navoiy Ulug‘bek to‘g‘risida quyidagicha yozgan:
Temurbek naslidin sulton Ulug‘bek
Ki, olam ko‘rmadi sulton aningdek.
Ulug‘bek zamonidan keyin toj-u taxt talashlari, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik avj olgan davrlarda esa yurtimizdan fayz-baraka ko‘tarilgan, ko‘hna Turkiston jahon taraqqiyotidan ancha orqada qolib ketgan. Qalblarni ma’rifat o‘rniga jaholat va xurofot egallab, odamlar nafs-u havoga berilgan, amaldorlar Vatan taqdirini emas, o‘zining tor va mayda manfaatlarini o‘ylaydigan bo‘lib qolgan. Oqibatda, mamlakat bo‘linib ketgan, pirovardida, muqaddas ona tuprog‘imiz bosqinchi g‘animlar oyog‘i ostida ayovsiz toptalgan, xalqimiz ularga qaram bo‘lib qolgan.
Yurtimiz istiqlolga erishgan dastlabki kunlardan boshlab tinchliktotuvlikni o‘z siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb bildi. Bugungi kunda O‘zbekiston Prezidenti o‘z sa’y-harakatlari tufayli, nafaqat o‘z hududida, balki butun mintaqada tinchlik va barqarorlikni saqlashga katta hissa qo‘shib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasining tinchlik borasidagi siyosati, mintaqamiz va jahondagi xavf-xatarlarga doir qarashlari Prezident Islom Karimovning asarlarida, ayniqsa, «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobida, Yurtboshimizning BMTning 48 va 50-sessiyalarida so‘zlagan nutqlarida aniq va batafsil bayon qilib berilgan.
Islom Karimov tinchlikning bugungi va kelajak hayotimiz uchun ahamiyatini quyidagicha ta’riflaydi: «Biz – Sharq farzandlarimiz. Sharq mamlakatlarining qayeriga bormang, odamlar bir-biri bilan uchrashganda, avvalambor, «Assalomu alaykum!» deyishadi. Ushbu kalom arabchadan olingan bo‘lib, «Sizga tinchlik yor bo‘lsin» degan ma’noni anglatishini yaxshi bilasizlar. «Salom», ya’ni «tinchlik» so‘zi Qur’oni karimda 40 marta uchrar ekan. Bu muqaddas kitobning oyatlaridan birida shunday deyiladi: «Mehribon Parvardigor tomonidan odamlarga olqish ma’nosida «tinchlik» so‘zi aytilur».
Biz ko‘pincha, yurt tinchligini himoyalash deganda qo‘lida qurol ushlab, Vatan sarhadlarini qo‘riqlayotgan jangchini tasavvur qilamiz. Aslida, mamlakatning har bir fuqarosi – Vatan himoyachisidir. Har birimiz Vatanni, uning sha’n-u sharafini, yurt tinchligini himoya qilishga burchlimiz. Fidoyi, millatparvar, sadoqatli kishilarning har bir ishi, so‘zi, amali, maqsadi Vatan himoyasi bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi.

Download 440 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling