O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jurnalistika fakulteti filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi


Download 264.89 Kb.
bet2/7
Sana29.03.2023
Hajmi264.89 Kb.
#1308177
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Strukturalizm

Ikkinchi yo‘na1ishda esa struktura sof shakllar va sof munosabatlar sifatida tushuniladi. Shakl esa aniq qo‘llanilishdan uzilgan holda talqin qilinadi. Ana shundan kelib chiqqan holda struktur tilshunoslikning turli tarmoqlari dunyoga keldi. Ular funksional lingvistika, glossematika va deskriptiv lingvistika yo‘nalishlaridir. Yuqorida ta’kidlanganidek, struktur tilshunoslik yosh gramma- tikachilar bag‘rida, unga tanqidiy baho berish natijasida maydonga keldi. Shunday ekan, eng awalo, struktur tilshunoslikka doya rolini o‘ynagan yosh grammatikachilarning lingvistik g‘oyasi bilan tanishish lozim bo‘ladi.
Tilshunoslik tarixida sistemaviy-struktur tilshunoslikka qadar boigan davr ko'pincha an’anaviy tilshunoslik deb yuritiladi. An’anaviy tilshunoslikning muhim jihati o‘rganilayotgan obyektni sezgi a’zolari bergan ma’lumotga asoslangan holda tavsiflab o‘rganishdir. Ayrim olimlar «an’anaviy tilshunoslik»ni «zamonaviy tilshunoslik»ning ziddi sifatida tushunadilar. Jumladan, xuddi shunday fikr bundan rosa 20 yil avval R.A. Budagov tomonidan bayon etilgan edi. U «an’anaviy tiIshunoslik» va «zamonaviy tilshunoslik» atamalari go‘yo «eski, qoloq tilshunoslik» va «yangi, ilg‘or tilshunoslik» ma’nolarida qo‘llanilishi marksistik ta’limotga mutlaqo yot ekanligini ta’kidlagan edi. Aslida «an’anaviy tilshunoslik» «hozirgi tilshunoslik» yoki «zamonaviy tilshunoslik»ka zidlanmaydi. Bu o‘rinda «an’anaviy tilshunoslik» sof xronologik ma'noni, ya’ni «hozirgacha bo‘lgan tilshunoslik» ma'nosinigina bildirmaydi, balki gnoseologik ma'noda bilishning ikki bosqichiga asoslanuvchi va ontologik nuqtayi nazardan til tabiati va mohiyatiga ikki xil yondashuvchi fan sifatida baholanadi va sistemaviy tilshunoslik deb yuritiluvchi tilshunoslikka qarama-qarshi qo‘yiladi. Ular til ontologiyasiga yondashuv nuqtayi nazaridan ham, uni tekshirish metodologiyasi va metodi nuqtayi nazarldan ham bir-biridan farq qiladigan tilshunoslikning teng huquqli ikki yo‘nalishi sanaladi. Tilshunoslikning bu ikki yo‘nalishi bir-birini rad etmaydi, balki biri ikkinchisining natijaiariga asoslanadi. Shuning uchun ham har ikki tilshunoslik hozirgi kunda bab-baravar qadam tashlamoqda.
E. Benvenist tilshunoslik tarixini uch davrga bo‘lar ekan, XX asrning birinchi choragidan tilshunoslikning yangi davri, ya’ni tilga sistemaviy-struktur yondashuv davri boshlanganini bayon qiladi. Bu davrdan lingvistikaning e’tibori til falsafasiga ham, til evolutsiyasiga ham emas, balki tilning immanent realligiga qaratildi. Natijada lingvistika formal, ixcham, sistematik fanga aylanishga intila boshladi. Lekin bu bilan an’anaviy tilshunoslik faoliyatini to‘xtatib, struktur tilshunoslikka o‘z o‘rnini to‘la bo‘shatib berdi, degan fikr kelib chiqmasligi kerak. Ana shu davrdan boshlab struktur tilshunoslik ildiz ota boshladi. Darhaqiqat, XX asr boshqa fanlar taraqqiyotida bo'lgani kabi lingvistika tarixida ham asosiy e’tiborning obyektga substansional nuqtayi nazardan yondashuvdan struktur-funksional nuqtayi nazardan yondashuvga o‘tishi bilan xarakterlanadi. Bunga F.de Sossyurning «Umumiy lingvistika kursi»da bayon qilingan «til substansiya emas, balki shakldir» degan bosh g‘oyasi sababchi bo‘ldi. Bu g‘oyaga muvofiq, strukturaning substansiyadan ajratilishi va uning rrisbiy mustaqilligining e’tirof etilishi tilshunoslikning keyingi davrida buyuk kashfiyotlarning qilinishiga turtki bo‘lish bilan birga, bir qator yanglish qarashlarning tug‘ilishiga ham zamin yaratdi.
F. de Sossyur substansiya va shakl atamalari ostida sezgi a’zolarimizga ta’sir qiluvchi moddiy vositalar va bu moddiy vositalar zamirida yotgan munosabatlarni tushunadi, til shakldir deganda tilning munosabatlar sistemasi ekanligiga urg‘u beradi. Tilning moddiy tomoni, ya’ni tovush tomoni substansiya sifatida ikkinchi planga suriladi. Ana shuning natijasida u til va nutqni ajratdi. A.Gardiner F.de Sossyurningbu dixotomiyasidan ta’sirlanib, tilshunoslikning bundan keyingi barcha yutuqlari ana shu zidlanishga asoslanadi, deb bashorat qilgan edi. Nutqiy faoliyat til va nutqning dialektik munosabatidan tashkil topishining eetirof etilishi sistemaviy tilshunoslikning vujudga kelishiga dadil qadam bo‘ldi. Sistemaviy tilshunoslikka zidlanuvchi an’anaviy tilshunoslik til va nutqni farqlamagan holda, tilni, F.de Sossyur ta’biri bilan aytganda, substansiya deb tushunadi va asosiy e’tiborni bevosita sezgi a’zolarimiz ta’siriga beriladigan moddiy vositalarni o‘rganishga qaratadi. Bu tilning ontologik tabiati yuzasidan an’anaviy va sistemaviy tilshunoslik o‘rtasidagi birinchi farq sanaladi.
Tilning ontologik muammosi bo‘yicha yuqoridagi tilshunoslik yo‘nalish!arining ikkinchi farqi tilning ichki tuzilishiga yondashuv masalasidir.
An’anaviy tilshunosllk substansiyaning (substansiya ma’nosi F.de Sossyur talqini bo‘yicha qo‘llanilmoqda, keyinchalik bu atama mohiyat ma’nosida qo‘llanila boshlandi) muayyan tarkibiy qismlardan tashkil topganligiga asosiy e'tiborni qaratsa, sistemaviy tilshunoslik substansiyani tashkil etgan qismlarning o‘zaro munosabatini, ana shu munosabatlar orqali namoyon bo‘layotgan farqlovchi (markaziy, differensial, distinktiv) va farqlamaydigan (chegara, nodiflcrcnsial, nodistinktiv) bclgilarini aniqlash va ana shu yo‘l bilan shakl (mohiyat)ni, lingvistik birliklarning modelini belgilashni bosh maqsad qilib qo‘yadi. Chunki ularning fikricha, har qanday o‘rganilayotgan obyekt abstrakt konstuikt darajasiga olib chiqilgandagina o‘zining haqiqiy ilmiy talqumi topadi. Shuning uchun sistemaviy tilshunoslikda jiddiy e’tibor moddiy tomonga emas, balki munosabatga qaratiladi. Boshqacha aytganda, haqiqiy lingvistik reallik sifatida muayyan bir tilning alohida dalili emas, balki sistema sifatidagi til e’tirof etiladi. Sistema esa elementlar majmuasi sifatida qaralmaydi. Har bir elementning butunlik doirasida boshqa element bilan


    1. Download 264.89 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling