O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi
-rasm. A-sog`lom kartoshka o`simligi; B- KYV bilan kasallangan o`simlik
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
1-rasm. A-sog`lom kartoshka o`simligi; B- KYV bilan kasallangan o`simlik
Virusning OSD 10 -2 - 10 -3 ni, HTFY darajasi esa 50-70°C ni tashkil etadi. Virus xona haroratida o‗simlikdan ajratilgan shirada 1-2 kun [13], ayrim hollarda 20 kungacha, yashil bargda esa (eksikatorda, seziy xlorda, 4°C) virus 6 oy, muzlatilgan holatda 1 yilgacha, quritilgan holatda 11 oygacha saqlanishi mumkin [17].
1 2
Bu virusning bir qator shtammlarining oqsil qobig‗i va genomining nukleotidlar ketma-ketligi o‗rganilgan [9,10]. Y N shtammining oqsil qobig‗i polipeptid zanjirining aminokislota tarkibi o‗rganilgan bo‗lib, uning 198-208 qismi: Tir-Ala-Fen-Asp-Fen-Tir-Glu-Val-Tre-Ser-Arg kabi aminokislotalardan iborat ekanligi aniqlangan.
Umumiy xususiyatlari aniqlangan bu viruslarning barchasi potiviruslar oilasiga mansub bo‗lib, kartoshka Y-virusi KYV N va
KYV
o shtammlari oqsil qobig‗i solishtirilgan qismining dastlabki ikkita, G, S va V, G shaklida kelgan aminokislotalardan tashqari qolgan aminokislotalar bir xilligi aniqlangan. Qolgan ikkala QXXV va SHMV larda esa faqatgina birinchi aminokislota farqlangan, qolgan aminokislotalar esa bir xil ketma-ketlikda joylashgan [17,24].
KYB mexanik usulda yuqib kartoshka tuganagida saqlanadi [9,17], tabiiy sharoitda esa o‗simlik organlarining bir-biriga tegishi natijasida va bir qator o‗simlik bitlari, jumladan: Aujacortume ciroumflexum Buckt.,Masrosiphum
tarqaladi [10]. Ularning ichida KYBni aktiv tashuvchisi Myzus persicae Sulz. ekanligi bir qator mualliflar [13] tomonidan ta‘kidlab o‗tilgan.
Virus Nicotiana tabacum L. o‗simligi bargida sistemali mozaika, Nicotiana glutinosa L. o‗simligida esa barg eti mozaikasi va plastinka chetlarining buralishi [17], Chenopodium amaranticolor o‗simligi bargida och-yashil dog‗larni, Nicandra physaloides Caerthn bargida esa 7 kundan so‗ng kichkina doirasimon nekrozlarni keltirib chiqaradi [9,24]. Virusning Y 1 , Y
2 , Y
3 , Y
4 , Y
5 , Y
7 kabi
shtammlari ajratilgan bo‗lib, ular har xil virulentlikga ega. Ularning ichida Y 7 shtammi kuchsiz, Y 3 va Y 5 -shtammlari esa juda kuchli yuqumlilik xususiyatiga ega. Keyingi paytlarda ko‗pgina mualliflar ishlarida virusning juda kuchli yuqumlilikka ega bo‗lgan, kartoshkada nekrotik dog‗larni keltirib chiqaradigan Y N
Bu virus kartoshkadan tashqari tamaki va pomidor, Nicotiana fragrans Bernh., N. glutinosa, Solanum vilosum, S. nodiflorum Jack., Hyossyamus niger L.,
1 3
Dahlia sp., Petunia sp., Nicandra physaloides Caerthn., Physalis floridana Rubd. kabi o‗simliklar tanasidan aniqlangan, bu o‗simliklar mazkur virusning rezervatorlari hisoblanadi .
KYB kartoshka hosildorligini 3,8-80% gacha pasaytiradi, A.L. Ambrosov esa o‗z tajribalarida bu virus hosildorlikni 60,4%, kartoshka tuganagi tarkibidagi kraxmalni 1,8% pasaytirishini isbotlab berdi [13]. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling