O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Kartoshkaning
S-virusi (KSV) [R/*:*/6:E/E:S/Ap] kartoshka etishtiriladigan barcha mamlakatlarda tarqalgan bo‗lib, ilk bor virusni Gollandiyada 1948-yili KAVga antizardob tayyorlash vaqtida Van Slogteren tomonidan aniqlangan [13,17]. Keyinchalik virusni shu mamlakatda Mare de Braun Ouboter (1951) va A. Rozendal hamda D. Brustomlar (1954) toza holda ajratib olgan va golland olimi Slogteren (Slogteren) nomiga S harfi bilan belgilangan [2,3]. Virus ko‗pgina kartoshka navlarida kuchsiz kasallik alomatlarini namoyon qiladi, ayrim hollarda bargning rangsizlanishi va mozaika, kuchsiz burishish, bargning kichrayishi kabi alomatlarini namoyon qiladi. Ko‗pgina hollarda boshqa viruslar bilan aralashib kelib kasallikni kuchaytiradi va kartoshkachilikka katta zarar keltiradi [17].
KSV ni fizik-kimyoviy xususiyatlarini barchasi kriptogrammasida keltirilgan, chunki bu virus boshqa kartoshka viruslarigan qaraganda kamroq, ayniqsa RNK sining xususiyatlari kam o`rganilgan. Uni sistematik o`rniga keladigan bo`lsak, KSV karlaviruslar oilasiga mansub bo‗lib [20], ipsimon ko‗rinishda, o‗lchami 650×12 nm ni [22], virionning 6% ni RNK, 94% ni esa oqsil tashkil etadi. HTFY darajasi 50-60°C, OSD 10 -3
, xona haroratida o‗simlikdan ajratilagan shirada 2-6 kungacha saqlanadi [55].
Bu virus kartoshka tuganagida saqlanadi [4]. Tabiiy sharoitda o‗simlik a‘zolarining bir-biriga tegishi va ishqalanishi hamda bir qator o‗simlik shiralari yordamida tarqaladi[13]. Mexanik usulda yuqtirilganda Chenopodium album, Nicotiana debney kabi o‗simliklarda 20 kundan so‗ng barg yuzasida sariq dog‗larni, Caymopsis tetrogonoloba da 5-6 kunda, Solanum demissum va Gomphrena globosa o‗simligida esa sariq nuqtali mozaika kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi [17].
Bu virus kartoshkadan tashqari bir qator o‗simliklarni, jumladan: qora kurmak (Echinochloa crus-gallii), yalpiz (Mentha austriaca), shovul (Rumex acetosa), qoqio‗t (Taraxacum officinalis), o‗rtacha zubturum (Plantago media), g‗ozpanja (Polygonum nodosum) kabi o‗simliklarni kasallantiradi [13] va ularni ko`plari mazkur virus uchun rezervatorlik vazifasini bajarishi mumkin.
9
Adabiyotlarda bu virus hosildorlikni 10-20% pasaytirishi haqida ma‘lumotlar keltirilgan [17,23].
Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling