O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi


Fitoviruslar bilan kasallangan o`simliklardagi alomatlariga qarab


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/36
Sana08.01.2022
Hajmi0.82 Mb.
#237523
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
2.1 Fitoviruslar bilan kasallangan o`simliklardagi alomatlariga qarab 

diagnostika qilish 

           O‘zbekistonda  tarqalgan  virus  kasalliklari  va  ularning  simptomlari  va 

boshqa  xususiyatlari  haqida  kuzatuv  olib  borilganda  asosiy  e`tibor  o‘simlikning 

tashqi  ko‘rinishiga,  barglariga,  bo‘g‘im  oraliqlariga,  barg  tomirlariga,  rangiga, 

umumiy  rivojiga  e`tibor  beriladi.  Virus  kasalliklari  o‘simlikning  o‘sish  nuqtasida 

yaqqol  ko‘ringani  uchun  avvalo  o‘simlikning  o‘sish  nuqtasida  kuzatiladi. 

Simptomlarining  asosiylari  quyidagicha  bo‘ladi:  mozaika  guruhiga  mansub 

simptomlar,  ipsimonlanish,  burishish  (ajinlashish),  jingalaklashish,  qirquloqqa 

o‘xshashlik,  bargidagi  chiziqli  mozika,  barg,  tomir,  poya,  meva    nekrozlari, 

o‘simlikning yoki uning barglarining shoxlanishi, rangining yo‘qolishi, sarg‘ayishi, 

shaklini  o‘zgartirishi,  o‘sishdan  qolishi,  gullarning  badburishlanishi,  gul  qismlari 

rivojlanmasligi,  gultojbarglarining  yashil  tusga  kirishi,  gul  o‘rniga  shoxlab 

ketishi,reduksiyalangan barg paydo bo‘lishi,to`pgul markazida haqiqiy barg paydo 

bo‘lishi. 




2 9

 

 



 

O`zbekistonda  tarqalgan  virus  kasalliklari,  ularning  simtomplari  va  ba`zi 

xususiyatlarinni o`simliklar misolida ko`rib chiqamiz [1]. 

 

1.G‘o‘za  virus  kasalliklari  g‘o‘zaning  ingichka  va  o‘rta  tolali  navlarida 



tarqalgandir.  Ular  dunyo  bo‘yicha  18  dan  ortiq  b‘lib,  ulardan  eng  asosiylari: 

,,g‘o‘zaning jingalak barglilik‖ (курчавоть листьев) kasalligida g‘o‘za bargaining 

asosiy  tomirining  rivojlanmay  qolishi  sababli  barglar  jingalaklashadi  va  ba`zan 

mozaika alomatlari (chiporlanish) kuzatiladi. Barglar soni ham kasal o‘simliklarda 

kamroq,  barglarda  hol-hol  dog‘lar  paydo  bo‘ladi,  barg  qavariq  shaklga 

kiradi.Ba`zan  bargda  oqish,  to‘q-yashil  mozaika  kuzatiladi,  barg  plastinkasi 

dag‘allashadi, bo‘g‘inlar orasi qisqaradi, barg yuqoriga qarab buraladi. 

 

―O‘simlik o‘sish nuqtalarini dastalashishi‖ (пучковидная верхушка) virus 



kaslligida o‘simlikning o‘sish nuqtasidagi barglar, gullar orasi qisqaradi, tomirlari 

yo‘g‘onlashadi, o‘simlikning uchida shohlar dastalashadi. 

 

 G‘o‘zada yana , ―tomirlararo sariq mozaika‖,  ―xol-xol (chipor) barglilik‖ 



(крапчатость),  ―psilloz‖ (barg va poyaning jigarrang tusga kirishi), ―barglarning 

maydalashishi‖ (измелченностьлистьев), ―antosiannoz‖,  ―tomirlararo mozaika‖, 

―bo‘g‘inlar  orasining  qisqarishi‖  (укорочение  междоузлий)  kabi  kasalliklar 

mavjud [7]. 

 

2. Kartoshkaning virus kasalliklari ham  juda keng tarqalgan bo‘lib, dunyo 



bo‘yicha    20  dan  ortiq  virus  kasalliklari  topilgan.  Ularning  10  tasi  MDH 

davlatlarida va 4 tasi (X, Y, A, K) O‘zbekistonda uchraydi. Virus bilan kasallangan 

o‘simlik  bargining  tomirlari  och  tusga  kiradi,  bargida  ,,xol-xollik‖  yoki  ajinlar 

paydo  bo‘ladi.  ,,A‖  virus  bilan  kasallangan  kartoshka  bargida  katta-katta  dog‘li 

mozaika  hosil  bo‘ladi,  keyinchalik  barg  to‘lqinsimon  egilib  jingalak  bo‘ladi. 

Virusning  virulent shtammlari  keskin  mozaika hosil qiladi. Agarda  kartoshkaning 

―A‖  virusi  ―X‖  virusi  bilan  birga  uchrasa  kartoshka  bargida  burmalar,  g‘ijimlar 

paydo bo‘lib, barg buraladi, tomirlararo shishlar paydo bo‘ladi,barglar mo‘rtlashib, 

oson  sinadi.  Kartoshka  ―K‖  virusi  bilan  kasallangan  bo‘lsa  o‘simlikning  yuqori 

yarusidagi  yosh  barglarda  kuchsiz  dog‘lar  paydo  bo‘ladi.  Kartoshka  ―Y‘‘  virusi 

bilan kasallansa yaqqol ko‘zga tashlanadigan aniq simtomlar ko‘zga tashlanmasligi 



3 0

 

 



mumkin.  Agarda  ―Y‖  virusi  boshqa  viruslar  bilan  birgalikda  uchrasa  mozaika, 

yo‘l-yo‘l  shtrixlardan  iborat  (―strik‘‘)  mozaika  hosil  bo‘ladi.Ba`zan  boshqa 

kartoshka  viruslari  bilan  birgalikda  uchraganda  o‘simlikda  pakanalik 

(карликовость) alomatlari kuzatiladi (Эргашев И.Т., 2005). 

 

3.Butgulli  o‘simliklarda  (sholg‘om,  rediska,  turp,  karam,  raps)  ,,sholg‘om  



mozaikasi virusi‘‘,  redis  mozaikasi  virusi‘‘,  ,,gulkaram  mozaikasi  virusi‘‘  kabilar 

uchraydi. Kasal o‘simliklarda aniq mozaika, bargning bujmayishi va rivojlanishdan 

to‘xtashi kuzatiladi. 

 

4.Dukkakli  o‘simliklarda  6  xil  virus  kasalligi  uchraydi.  Ulardan  no‘xat 



mozaikasi  virusi‘‘  bilan  kasallangan  no‘xatda  barg  tomirlarining  oqarishi  va 

mozaika hosil bo‘ladi.  No‘xatda  yana boshqa simtomga  ega kasallik  ,,no‘xatning 

yuqori  yaruslarining  sarg‘ayishi‘‘  kasalligi  uchraydi,  yuqori  yarus  bargalarida 

kuchli xloroz  (barg  rangini  yo‘qolishi)  kuzatiladi, barg  mo‘rt  bo‘lib  qoladi. Mosh 

o‘simligida esa ,,mosh mozaikasi virusi‘‘ uchraydi, barg tomirlari oqaradi va barg 

pastki  tomonga  qarab  buraladi,  shishlar  hosil  bo‘ladi,  barg  plastinkasi  shakli 

o‘zgaradi, o‘simlik o‘sishdan  orqada qoladi, urug‘i maydalashib ketadi. Bu virus 

loviya o‘simligini kasallantiradi. 

 

Moshda  yana  ,,moshning  sariq  mozaikasi  virusi‘‘  uchraydi.  Kasallangan 



o‘simlik  bargida  dog‘lar  jadallik  bilan  ko‘payadi,  o‘simlik  o‘sishdan    orqada 

qoladi. Bu kasallik loviya, soya va boshqa dukkakli o‘simliklarda ham uchraydi. 

 

5.  Qovun  va  bodring  o‘simliklarida  bodring  mozaikasi‘‘  uchraydi.  Ikkala 



o‘simlikda  ham  mozaika  simtomplari  kuzatiladi.  Bu  virus  qovoqsimonlar, 

murakkab gulli o‘simliklar va dukkaklilarda uchraydi.  

 

6.  Beda  o‘simligida  ,,beda  mozaikasi  virusi‘‘  uchraydi,  kasallangan 



o‘simlik  bargida  doira  shakldagi  dog‘lar  hamda  mozaikali  barglarning 

jingalaklanishi kuzatiladi.  

 

7.  Jo‘xorini      ―jo‘xori  pakana  mozaikasi  virusi‖  kasallantiradi.  Barglarida 



chiziq–chiziq  shaklli  mozaika  kuzatiladi,  o‘simlik  o‘sishdan  qoladi,  jo‘xori 

so‘talarida  don  miqdori  juda  kamayib  ketadi,  20-30%  gina  qoladi.  Ayniqsa 

o‘simlikning virus bilan juda erta kasallanish natijasida virusning zarari juda katta 



3 1

 

 



bo‘ladi, jo‘xori doni maydalashadi, olingan urug‘ning unuvchanligi  juda pasayib 

ketadi (Власов Ю.И., 1992; Семенкова И.Г., 2003). 

 


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling