O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta‟lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi
X-virus bilan kasallangan o`simliklardan yuqumli shira tayyorlash va
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
2.2. X-virus bilan kasallangan o`simliklardan yuqumli shira tayyorlash va
o`simliklarni mexanik usulda kasallantirish Kartoshka X-virusi bilan kasallangan kartoshka bargini (5-10g) chinni hovonchada 0.1M Fosfat buferi (1g namunaga 1ml buffer miqdorda) (pH-7.8) ishtirokida ezib maydalaniladi. Yanada yaxshiroq maydalash uchun
gomogenizatordan (1-2minut) foydalansa ham bo`ladi.Gomogenatni 2-3 qavatli dokadan o`tkaziladi. So`ngra minutiga 6-8 ming aylanish tezligiga ega sentrifugada 10minut davomida sentrifuga qilinadi. Cho`kmaga yaxshi ezilmagan o`simlik qoldiqlari, hujayrani yirik birikmalari tushadi,virus esa cho`kmaning ustida bo`ladi. Uni ajratib olinadi va virusni sog‘ o`simlikka yuqtirishda inokulum sifatida foydalaniladi. Virusni yuqtirish. Kasal o`simlikdan ajratib olingan shirani (inokulumni) 2-3 tomchisi sog` o`simlik bargiga tomiziladi va igna bilan barg sathi tirnaladi. Ammo bu usullar kam natija beradi. Hozirgi vaqtda esa bu usul sal o`zgartirilgan.Barg sathiga ozgina obraziv (korund, korbarund yoki kremniy karbidi) sepiladi, 2-3 tomchi shirani tomiziladi va toza barmoq yoki shisha tayoqcha yoki shpatel yordamida ohistalik bilan suriladi. Surtishning kuchi bargning holatiga, yoshiga, o`simlikning, obrazivning sifatiga bog`liq bo`ladi. 10-15 minutdan so`ng shiraning (inokulumning) va obrazivlarning ortiqchalari distillangan suv bilan yuvib tashlanadi.Virus barg tuklari va epidermisdagi mikro- jarohatlari orqali hujayralarga kiradi. Virus yuqtirilgan barglarga virus nomi, sana va hokazolar yozilgan etiketkalar bog`lanadi. So`ngra ularni nam kameraga, yani suv solingan katta eksikator yoki shishadan yasalgan 15-20l hajmli, usti zich yopiladigan idishlarda saqlanadi. Buning uchun eksikatorning ustki qismiga 3-4 qator ip tortiladi va ipning ikki uchi eksikator devorlariga plastilin yoki yopishqoq lentalar yordamida yopishtiriladi. Iplarga zararlantirilgan barglar osib qo‘yiladi. Virus yuqtirilgan 3 2
barglarda kasallik alomatlarining paydo bo`lishi ishlatiladigan indikator o`simlikning (Nicotina glutinosa da 48-soat, N.sylvestris da 76-80 soatda nekroz hosil bo`ladi), virusning turiga, haroratga va shu kabi faktorlarga bog`liq bo`ladi[1]. Virus yuqtirilgan so`ng 48-soat (N.glutinosa ),76-80soat ( N.sylvestris),ikki haftada (Ch. amaranticolor, Ch.quinoa), 1-2oy va yillar mobaynida (daraxtlarda) kuzatib boriladi. Indikator o`simliklarda paydo bo`lgan simptomlarini 48-72 soatdan so`ng nazorat bargidagi (yoki bargning yarmidagi) hamda tajriba barglaridagi simtomlar sanaladi (nekroz yoki dog`, halqa bo`lsa), diametri o`lchanadi, ya`ni paydo bo‘lgan kasalik alomatlarining hammasiga tavsif beriladi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling