O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti


Temuriy malikalarning davlat mansabi va unvonlarini berilishidagi ta’siri


Download 90.17 Kb.
bet6/9
Sana09.06.2023
Hajmi90.17 Kb.
#1469184
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi (2) (2)

1.2. Temuriy malikalarning davlat mansabi va unvonlarini berilishidagi ta’siri.
Mamlakatda mansab va unvonlarning berilishida malikalar ta’siri har qaysi davrda uchraydi.Ayniqsa bu holat Usmoniylar imperiyasi saltanati orqali yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ko‘pincha, malikalar o‘z urug‘lari vakillarini yoki tarafdorlarini saroydagi eng yaxshi mansablarga tayinlagan holda saroydagi ta’sir doiralarini kengaytirishga va davlat ishlariga faol aralashishga harakat qilganlar. Bunday holat Temuriylar xonadonida ham kuzatiladi. Temuriylar davrida malikalar tomonidan saroydagi mansab va unvonlarning berilishidagi aralashuvi ham kuzataladi. Ayniqsa, bu holat Temur vafotidan keyin malikalarning davlat boshqaruvidagi aralashuvidagi faolligida kuzatiladi. Temur davrida asosan Saroy Mulk xonim ham bu masalada faol edi. Xususan, Saroy Mulk xonim Amir Temur qarorini chin ma’noda o‘zgartira oladigan shaxslardan biri edi. Masalan, saltanatning shimoli-g‘arbiy Eron, Iroq va Kavkazorti qismini 1393 yildan boshqargan Mironshoh asr oxiriga kelib, ba’zi o‘zboshimchaliklar qiladi. Shunda malika Xonzoda begim Temurga bu haqida habar berib chora ko‘rishini so‘raydi. Temur esa garchi Mironshoh o‘g‘li bo‘lsa-da o‘zboshimchalikdan g‘azablanib shahzodani dastlab qatlga hukm qiladi ammo Sayid Baraka va boshqa nufuzli shaxslar tomonidan hukmdor o‘z o‘g‘lini o‘limga hukm qilishdan qaytib, gunohidan kechishni so‘raganlaridan so‘ng so‘ng shahzoda lavozimidan chetlashtiriladi. 1404 yili Qazvin atrofida to‘htagan Amir Temur huzuriga Bag‘dod boshqaruida bo‘lgan Abu Bakr keladi va Saroy Mulk xonim, amir Shayh Nuriddin otasi Mironshohni o‘zi bilan Bog‘dodga olib ketishi uchun sohibqirondan ruhsat olib berishni iltimos qiladi. Saroy Mulk xonim va Shayh Nuriddin Amir Temurga murojaat qilib, ushbu masalada uni ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ladilar27.
Temur mamlakat kelajagini o‘ylagan holda va o‘z naslining aslligini saqlab qolishda o‘z ayollarini, farzandlari va nabiralari uchun munosib kelinlikka nomzod tanlash masalasida juda ehtiyotkor edi. Chunki mamlakat kelajagi aynan shahzodalar qo‘lida edi. Shahzodalar o‘z onalari yoki ayollarining urug‘iga yon bosib ish ko‘rishlari mumkin edi.
Tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiyning yozishicha, Shodmulk Xotun Samarqand shahrining quyi tabaqasiga mansub hunarmand oilasida dunyoga keladi. Amir Temurnmpg suyukli nabirasi Xalil Sulton Mirzo (Mironshoh Mirzoning o‘g‘li, 1366—1408) kunlardan bir kun shahar chetidagi bog‘ ko‘chadan otda o‘tib ketayotib, Shodmulkka ko‘zi tushadi va uni sevib qoladi. Xalil Sulton Mirzo (1384—1411) jasoratli, harbiy salohiyatli va iste’dodli yigit bo‘lgan. Balog‘atga yetgach, uni aslzoda xonadon qiziga uylantirishgan. Undan bir o‘g‘li ham bor edi. Ammo Shodmulkni sevib qolgach, o‘z zamonasining taomiliga qarshi o‘laroq, shu qizga uylanadi. Tabiiyki, bunday «tengsiz» nikohga Temur boshliq butun avlod qarshi turishgan. Biroq Xalil Sulton Mirzoning qat’iy qarori g‘olib chiqadi. Amir Temur avvalida qattiq g‘azablangai bo‘lsa-da, keyinchalik nabirasiga bo‘lgan yuksak e’tiqodi tufayli uning gunohini kechiradi28. Ammo Temurning malika borasidagi fikri to‘g‘ri chiqdi. Malika garchi aslzoda bo‘lmasada o‘zini ulardek tutardi va davlat ishlariga va majlislarga aralashardi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatda parokandalik kelib chiqishiga sharoit yaratdi.
Temur vafotidan keyin taxtga o‘tirgan Xalil Sulton Mirzoning saltanatni boshqarishda Shodmulk begim faol qatnashadi. Xususan, saltanat hukmdori va amaldorlar o‘rtasidagi nifoqlarga ham sabab bo‘ladi. Masalan, Temur vafotidan so‘ng amaldorlar Ollohdod va Arg‘unshohlarga ham hech qanday iltifot ko‘rsatilmaydi. Shodmulk begimning aralashuvi bilan Xalil Sulton 1406- yilda Temurning beva xotini Tuman Og‘oni amir Shayh Nuriddinga xotinlikka beradi. Xazina va saltanat ishlarida Shodmulk begimning faoliyati yanada kuchaydi. Shodmulk begimning irodasi bilan quyi tabaqaga mansb bo‘lgan kishilar yuqori lavozimlarga ko‘tarildi. Temur safdoshlariga qarama-qarshi o‘laroq, Shodmulk begimning xohishiga muvofiq qandaydir Bobo Turmush degan kimsa to‘la huquqli vazirlik mansabini egallaydi29. Shu tariqa hukumat ishlariga malikaning aralashuvi bevosita kengayib boradi.
Amir Temurning to‘rtinchi o‘g‘li Shohruh Mirzoning o‘zi ham xotini Gavhar Shod begimning donoligiga tan berar, saltanatni boshqarishda oqilona va tadbirli maslahatlariga ehtiyoj sezib turardi. Shu bois, saltanatga doir ko‘pgina ishlar malikaning nazar-e’tiboriga havola qilingan. Viloyatlarga hokim tayinlash, qo‘shinga sarkarda belgilash, hatto kimga qanday in’om va kimga qanday jazo berish masalalari ham malikaning inon-ixtiyorida edi30.
Ko‘p hollarda Shohruh Mirzo saltanat ishlarida rafiqasi bilan maslahatlashib ish yuritar edi. Ana shunday paytlarda malika saltanatning boshqaruv ishlarida faol ishtirok etib kelgan. Bu borada uning siyosiy hayotda XV asrning 40-yillardagi ishtiroki faol bo‘lganligi haqidagi tarixiy ma’lumotlar uchrab turadi. Jumladan, 1444-yilda Shohruh Mirzo og‘ir xastalangan chog‘da malika nabirasi Aloud Davla Mirzoni taxtga chiqazishga uringani ham bunga misol bo‘la oladi. Malikaning bunday yo‘l tutganligining asosiy sababi o‘z farzandlaridan birining taxtga chiqishidan ko‘ra munosib valiahdini tayinlash masalasi kelajakda mamlakat hayotini hal qiluvchi rol bo‘lganligidandir. Xususan, eng munosib nomzodlardan biri Mirzo Ulug‘bek saltanat boshqaruvidan ko‘ra ilm-fan, ma’rifat rivojiga hissa qo‘shishni afzal bilardi.
Boburiylar xonadoninig nufuzli vakillaridan Jahongirshoh saltanatida Nurjahonning otasi E’timod-ud Davla nomi bilan bosh vazirlik lavozimigacha ko‘tarilgan. Uning o‘g‘li, ya’ni Nurjahon begimning akasi Osafxon esa saroy boshqaruvchisi mansabida qoyim bo‘lgan31.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, tarixga nazar solar ekaniz saltanat boshqaruvida ayollarning ham ishtiroki ko‘zga tashlanadi. Ularning garchi saltanat boshqaruvidagi ishtiroki yaqqol ko‘zga tashlanmasada biroq ularning ishtiroki bo‘lgan. Saroy Mulk xonim Amir Temurning davlat ishlarida doimiy maslahatchisi bo‘lgan bo‘lsa, Gavharshod begim va Shodmulk begimlarning davlat mansab va unvonlarning berilishidagi aralashuvini kuzatamiz.

Download 90.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling