II.BOB. Temuriy malikalarning majlislari va ular tomonidan turli marosimlarning o‘tkazilishi
2.1. Malikalarning rasmiy qabul marosimlari.
Temuriy malikalar nafaqat madaniy hayotda, balki davlat boshqaruvida ham faol bo‘lganlar. Bundan tashqari, ular rasmiy qabul, to‘y va dafn marosimlarini tashkillashtirganlar.
Ispaniya elchisi Klavixo malikani qo‘yidagicha tasvirlaydi, Saroy Mulk xonim zarbop, uzun, etaklari kengayib borib yerni o‘padigan, yengsiz qizil ipak ko‘ylakda edi. Uning etagini o‘n besh nafar ayol ko‘tarib kelar edi. Malikaning yuziga oftobdan saqlanish chun oq upa shu qadar ko‘p surtilgan ediki, chexrasi bamisoli oq qog‘ozga o‘xshardi.Qishda yokm yozda safarga chiqqan aslzoda ayollar shunaqa upa surartardilar.Malikaning yuziga oq mato tutilgan, boshida xuddi jangda kiyiladigan dubulg‘aga o‘xshash uchli qizil bosh kiyim. Uning popildiriqlari xonimning yelkasiga tushib turibdi, quyi qismiga mato tikilgan va xonim yelkasiga tushib turgan ismigva ham qimmatbaxo toshlar va durri oyob bilan bezatilgan chiroyli tilla birgak qadalgan. Qalpoq uchi bamisoli jajji ayonga o‘xshaydi, favqololadda chiroyli, ikki barmoq yo‘g‘onligida yal-yal yonib turgan, tiniq uchta dona yoqut o‘rnatilgan32.
Gavharshod begimning boshqa malikalardan ajralib turuvchi yana bir muxim jihati mavjud edi. Bosh malika Saroy Mulk xonim faqat Amir Temurgagina peshvoz chiqsa, Gavharshod begim Shohruh ko‘rsatmasi bilan temuriylar xonadoning nufuzli vakillarini kutib olish marosimlarida ham yetakchilik qilgan33.
Klavixoning bayon qilishicha, 1404-yilning 9-oktabrida Mironshoxning xotini Xonzoda begim qarindoshlaridan birining to‘y marosimini o‘tkazish asnosida elchilarni ham o‘z huzuriga chorlaydi34. Bu bazmda Saroy Mulk xonim ham ishtirok etadi.
Klavixo o‘z esdaliklarida Temur saltanati haqidagi taasurotlarini yozar ekan ba’zi Sharq madaniyatiga hos bo‘lmagan jihatlarga ham to‘htalib o‘tadi. Bunga misol tariqasida, Xonzoda begim huzuridagi tantanada Saroy Mulk xonim elchilarni huzuriga chorlab, o‘z qo‘llari bilan may tutganligini garchi Klavixo ichmasligini ta’kidlasa-da uni uzoq majburlaganini yozib qoldiradi. Shuningdek, shu kundagi mayho‘rlikda shu darajaga yetdiki, odamlar ichib Malika huzuridagi maydan hushidan ketib yiqiladilar35.
Do'stlaringiz bilan baham: |