O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti
Malikalar tomonidan tashkil etilgan to‘y, dafn marosimlari
Download 90.17 Kb.
|
kurs ishi (2) (2)
2.2 Malikalar tomonidan tashkil etilgan to‘y, dafn marosimlari.
Amir Temurning xonimlari va Temuriy malikalar tomonidan alohida bazmlar, to‘ylar va xattoki dafn marosimlari tashkil etilganligiga tarix bevosita guvoh sanaladi. Masalan, Ispan elchisi Klavixo o‘z xotiralaralarida 1404-yilning 17-oktabrtda Saroy Mulk xonim tomonidan juda xashamatli to‘y tashkillashtirilganini yozib qoldiradi. Xususan, unda birgina shu bazmda qirq mingga yaqin chodirlar o‘rnatilganini xayrat bilan tilga oladi36. Gavxarshodbegim temuriy shahzodalarning to‘y marosimlarini tashkillashtirishda faol ishtirok etgan. Xususan, Mo‘g‘ilistonning xoni Shami Jaxonning qizi Mehr Nigor og‘o va Mirzo Muhammad Jo‘giylarning Bog‘i Zog‘ondagi to‘y marosimini tashkillashtirish ishlarida malikaning ishtiroki beqiyos edi37. Malikalar tomonidan to‘y marosimlaridan tashqari xonadon uchun yahshi yangiliklar kuzatilganda, hukmdor yurishlardan qaytganda uyushtiriladigan tantanalarni tashkillashtirishda ham bosh bo‘lganlar. Chunonchi, Mahdi ulyo Saroy Mulk xonim kelini Xonzoda begim Xalil Sultonni dunyoga keltirganda el-yurtga to‘ylar berib, amirzoda Xalil Sultonni Xonzodaga omonat qilib o‘zi esa malika Tuman og‘o bilan Samarqandga kaytadi38. Shuningdek, odatda hukmdorga yaxshi habarlarni ham malikalar yetkazganlar. Manbalarda qayd etilishicha, Shohruh mirzoning o‘g‘li Ibrohim mirzo tavallud topganligi haqidagi hushhabarni Saroy Mulk xonim Amir Temurga odam yuborib, suyunchi oladi. Temur bu hushhabarni eshitib kichik shahzoda sharafiga tantanovor to‘y qilishga amr etadi39. Temuriylar xonadonidagi malikalik an’analariga muvofiq malikalar xonadon vakillarining dafn marosimlarini ham tashkillashtirishga ma’sul edilar. 1401 yilda Temur Boyazidga qarshi yurishida nabirasi va taxt vorisi Muhammad Sulton Mirzo faol qatnashadi. Ammo safardan qaytish chog‘ida shamollab vafot etadi. Butun qo‘shin taxt vorisining o‘limidan larzaga keladi. Barcha qo‘shinlar qora va qo‘k libosga burkanadi. Hatto oq ot minish ham ta’qiqlanadi. Muhammad Sulton Mirzoning jasadi solingan tobutni Oqshahardan taxtiravonga qo‘yib, 200 otliq askar muhofazasida Orzurum viloyatiga jo‘natiladi. U yerda jasadni yangi tobutga solib, muvaqqat dafn etish uchun Sultoniyaga jo‘natiladi. Eski tobut esa Oniq shaharchasida qoldiriladi. Amir Temur Oniq shahriga kelgach, valiahd shahzodaga qaytadan ta’ziya ochiladi. Bu ta’ziyaga Sultoniyadan, Tabriz, Qazvin va boshqa shaharlardan shahzodalar, malikalar, sayyidlar va ulamolar keladilar. Marhum shahzodaning onasi Xonzoda begim ham Sultoniyadan yetib keladi. Mazkur eski tobutni olib kelinadi va hamma ishtirokchilar tobut atrofida nola-fig‘on qiladilar. Hamma qaytadan qora va ko‘k libosga o‘raladi. Ta’ziya maydoniga marhum shahzodaning katta nog‘orasi (kovurgog‘jang nog‘orasi)ni olib keladilar.Ta’ziya tugagach, yana qora kiyimlarni yechishga ijozat beriladi. 1404-yili mart oyida marhum Muhammad Sulton Mirzo vfotining bir yillik marosimi Araks daryosi yaqinida Qorabog‘da o‘tkaziladi. Chunki shu paytda Amir Temur Qorabog‘da edi. Bu yerga marhum shahzodaning xotirasi uchun barcha shahzoda va malikalar, beklar, ulamolar yig‘iladilar. Bu safar ta’ziyada yig‘i-sig‘i qilinmay, kelganlarga osh-suv berilgach, xatmi qur’on bilan marosim tugaydi. Marhum shahzodaning onasi Xonzoda begimga Sultoniyaga borib, Muhammad Sulton Mirzoning jasadini dahmadan olib, Samarqandga ko‘chirishga ijozat beriladi40. Amir Temurning ikkinchi o‘g‘li Umar Shayx Mirzo Xarmotu qal’asi ichidan otilgan nogohon o‘q sababli vafot etgach, Amir Temur yuborgan sarkarda amir Uch Qaro bahodir shahzoda jasadini Sherozga olib boradi. Sherozda motam o‘tkazilib, jasadni muvaqqad dafn etadilar. Bir necha muddat o‘tgach, marhum Umar Shayx mirzoning xotinlari- Sevinch Qutlug‘ Og‘a begim, Beka Mulk Og‘a begim va Mulkot Og‘a begimlar hali voyaga yetmagan o‘g‘li Iskandar Mirzolar jasadni Sherozdan Keshga olib ketadilar va temuriylar xonadoni uchun maxsus qurilgan dahmaga dafn qiladilar41. Yuqoridagi hukmdor sulolaning ikki dafn marosimlaridan quyidagicha xulosaga kelish mumkin. Agarda xonadon vakillaridan biri uzoq safar chog‘ida o‘zga yurtda vafot etsa marhumga hurmat yuzasidan dafn marosimi tezda o‘tkazilib, dastlab eng yaqin oilaviy hilxonaga dafn etilgan. Keyinchalik oila a’zolarining hoxishiga va talabiga qarab boshqa dahmalarga ko‘chirib o‘tkazilgan. Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Temuriy malikalar tomonidan turli marosimlarning o‘tkazilishi faol kuzatilgan. Ular to‘y va dafn marosimlarini tashkillashtirishda ma’sul shaxslardan ham biri bo‘lgan. Bu ulardagi o‘ziga xos malikalik an’analarining shakllanganligidandir. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, hamma malikalarga ham marosimlarni, majlislarni tashkil etishdek bunday keng vakolatlar berilmagan. Xulosa Qariyb besh yuz yil hukmronlik qilgan Temuriylar xonadoni haqida jahon olimlari ham bugungi kunga qadar katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda. Bugungi kunga qadar temuriylar shajarasini o‘rganishga ham yurtimizda keng ko‘lamli tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Temuriylar shajarasini o‘rgangan tarixchi olim Turg‘un Fayziev mazkur sulolaga mansub bo‘lgan 192 shahzoda va 300 dan ortiq malikalarning shaxsi bilan tanishgan. Buyuk Sohibqiron va uning avlodlari bilan bog‘liq ma’naviy merosini o‘rganar ekanmiz, jamiyat a’zolarini, ayniqsa, ayollarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish ham Temuriylar sulolasiga xos fazilat bo‘lganligiga amin bo‘lamiz. Saltanatda ayol sha’ni, or-nomusi qattiq himoyalangan. Shu bois, Sohibqiron davlatida ayollar Muborak hadisda bayon etilgan darajada e’zozlangan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Boshqa ta’rafdan aynan shu ehtirom tufayli ko‘p hollarda Temuriylar xonadonidagi malikalarning siyosiy hayotdagi faol ishtiroki tarixiy manbalarda tilga olinmagan. Biroq manbalarda kam ma’lumotlar uchrasada ular orqali malikalarning faoliyatini tadqiq etish bilan mamlakatimiz tarixining yana bir jihatini o‘rganish muhimdir. Mamlakat hayotida malikalarning siyosiy faoliyatdagi faolligi va davlat boshqaruvidagi ishtiroki ko‘p tadqiqotlarda batafsil yoritilmagan. Ayniqsa bu boradagi eng mashaqqatli jihat bu malikalar nomlarining ko‘pchiligi juda o‘xshash va ayni takroriydir. Shu jihatdan xam ularning faoliyatini o‘rganish doimo qiyinchilik keltirib chiqargan. Malikalar faoliyatini o‘rganar ekanmiz ularda o‘sha davr muhitidan kelib chiqqan holda o‘ziga hos malikalik an’analari shakllanganiga guvoh bo‘lamiz. Hukmdor tomonidan mamlakat tinchligi saqlanishiga va mamlakat hududini kengaytirishga e’tibor qaratilsa, malikalar hukmdor haramini boshqarish, shahzodaoar tarbiyasi bilan shug‘ullanish, sulola manfaatlarini ko‘zlagan holda qarindoshlik an’analarini o‘rnatish kabi masalalarni hal etgan. Tadqiqot doirasida faqatgina saltanat hayotida katta ro‘l o‘ynagan malikalar faoliyati yoritildi. Tadqiqot doirasida mavzuni yoritish uchun o‘sha davr muhitini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va tahlil etgan turli tarixchilar asarlaridan foydalanildi. Mavzuni yoritish davomida malikalar faoliyatini o‘rganar ekanman ularning davlat boshqaruvi va jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etganiga guvoh bo‘ldim. Ayniqsa, bosh malikalarning saltanat boshqaruvida hukmdorga eng yaqin maslahatchilardan biri bo‘lganligi taqsinga sazovor. Xususan, Temurning o‘zi Saroy Mulk xonimning maslahatlariga har ishda quloq solgan. Shundan ham ko‘rinib turibdiki, Temur tomonidan ayollar nihoyatda e’zozlangan. Download 90.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling