O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti
Download 1.09 Mb.
|
my
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chiziqli-funksional boshqaruv
- Boshqaruvning funksional strukturasi
- Matrisaviy struktura
Chiziqli-shtabli struktura har bir rahbar huzurida ixtisoslashgan xizmatlar, maslahatchilar kengashi, ya'ni shtablar tuzish orqali tashkil etiladi. Shtablarning vazifasi har xil muammolarni o'rganish orqali rahbarga qaror qabul qilishda yordam berishdan iborat. Bunday shtablarga ehtiyojning paydo bo'lishiga asosiy sabab — bu tashkilotlardagi funksiyalarning murakkablashuvidir.
Ushbu guruhda marketologlar, advokatlar , yuristlar , faoliyat yuritadi.Ya’ni bunda yurist ( legal advicer) ma’lum bir guruhga buyruq berish ya’ni ularni boshqarish huquqiga ega emas , u faqatgina ularga o’z sohasi bo’yicha maslahatlar bera oladi.Lekin ayrim korxonalarda ularning juda katta obrolari mavjud bo’ladi va ular faqat bosh direktorga bo’ysunadi.Biroq boshqa tizimlarda bo’lgani kabi ushbu tuzilmaning ham ayrim o’ziga xos kamchilik jihatlari mavjud: • Shtablarning tashkil qilinishi va bunday yordamchilarga ega bo'lgani uchun korxona faoliyatini boshqarish bir tomondan yengillashadi, boshqa tomondan esa berilgan maslahatlar qarama- qarshi bo'lganligi sababli murakkablashadi. • Shunday hollarda har ikkala tomon o'zinikini ma'qullashga, o'z obro'larini saqlashga harakat qiladi. Natijada o'rtada nizo chiqadi. • Shtabdagi menejerlar o'zlarini mutaxassis, o'z sohalarining bilimdoni ekanligini isbotlamoqchi bo'lsalar, chiziqli rahbarlar esa yakka rahbar ekanliklarini pesh qiladilar. Chiziqli-funksional boshqaruv strukturasida asosiy boshqaruv chiziqli boshqaruv bo'lib hisoblanadi. Barcha boshqaruv bosqichlari va mustaqil uchastkalar o'z rahbariga ega bo'ladi. Rahbar ishlab chiqarish xo'jalik faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqarish huquqiga ega bo'ladi va faoliyat natijalari uchun to'la javobgar hisoblanadi.Lekin funksional xodimlar rahbarga qaror chiqarishda yordam berishadi. Ba’zida aynan shu sabab chiziqli va funksional xodimlar o’rtasida muammolar kelib chiqadi va bu ushbu tuzilmaning kamchiligidir. Boshqaruvning funksional strukturasi rahbarlar va struktura bo'g'inlarining boshqaruv faoliyatini ixtisoslashtirishga qaratilgandir. Bunda har bir boshqaruv bo'g'iniga muayyan funksiyalar biriktirib qo'yiladi. Masalan, biri marketingni, ikkinchisi ishlab chiqarishni, uchinchisi esa moliyani boshqarish bilan shug'ullanadi.Chizmaga nazar soling: Boshqarish apparatini funksional ixtisoslashtirish uning samaradorligini ancha oshiradi. Boshqarishning barcha funksiyalarini bajarishi lozim bo'lgan universal rahbarlar o'rniga o'z sohasini puxta biladigan, o'z shtatiga ega bo'lgan, o'ziga topshirilgan ish uchastkasi uchun javob beradigan mutaxassislar apparati paydo bo'ladi.Funksional xizmatlar rahbarlari va mutaxassislari: O'z sohasini chuqur va puxta biladigan; Jarayonlar va hodisalarni tahlil qilish va baholash qobiliyatiga ega bo'lgan; O'z xulosa va tavsiyalarini himoya qila oladigan kishilar bo'lishi kerak. Ijobiy tomonlari vs salbiy yomonlar Boshqaruv faoliyati chuqur ixtisoslashadi. Masalan,yurist o'z sohasini boshqa yuqori organlar rahbarlaridan ko'ra yaxshiroq, biladi va bu ishni yuqori saviyada bajaradi,moddiy xarajatlarni kamaytiradi va boshqarishdagi takrorlanishlarga chek qo'yadi va hokazo. Funksional organlar o'ziga topshirilgan funksiyalarni sifatli bajarishdan manfaatdor bo'lib, “begona” funksiyalar uchun ham, butun korxonaning umumiy faoliyati uchun ham javob bermaydi. Bunda har bir rahbar o'z funksiyalari bo'yicha farmoyish berish huquqiga ega bo'ladi.Binobarin, bu narsa: 1.Yakkaboshchilik tamoyillarining buzilishiga, 2.Ijrochilar mas'uliyatining susayishiga olib keladi, chunki ijrochi bir boshliqqa emas, bir necha boshliqqa bo'ysunadi, ko'pincha ulardan bir-biriga zid ko'rsatmalar oladi. Goho funksional xizmatlar o'rtasidagi gorizontal aloqalar juda cho'zilib ketadi, bahsli nizolar bilan amalga oshiriladi. Chiziqli struktura rahbari esa ko'p sonli bo'linmalar ishini muvofiqlashtirishga juda qiynaladi. Bu muammolarni yangi tashkiliy boshqaruv strukturalarini tuzish yo'li bilan, aniqrog'i, chiziqli-funksional boshqaruv strukturalariga tuzatishlar kiritish yo'li bilan hal etiladi. Bunday struktura dasturli-maqsadli struktura deb ataladi. U quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi. U yana ikki ko’rinishda namoyon bo’ladi 1)Bunda yangi texnika va texnologiyani qisqa muddatda joriy qilish zarurati tug'ilgan xollarda foydalaniladi. Bunda vaqtinchalik maxsus xizmat bo'limi tuzilib, unga resurslar beriladi. Bu bo'lim loyixa tayyorlaydi va uning ijro etilishini nazorat qiladi. Ish bitgandan keyin loyihalash guruhi tugatiladi. 2)Axborotning kelish yo'llari va oqimining qisqarishida, yakka boshchilik tamoyiliga to'la rioya qilinishida, boshqarishning yuqori bosqichlarini mayda joriy vazifalardan xalos qilishda namoyon bo'ladi. Bunday strukturabozorda talabning o'zgarishiga tezkor munosabat bildirishga qodir. Matrisaviy struktura bo'yicha boshqarish ancha murakkab bo'lib, u mahsuloti nisbatan qisqa “umr” ko'radigan va tez-tez o'zgarib turadigan korxonalar tomonidan qo'llaniladi. Bu struktura korxonada gorizontal aloqalarni yo'lga qo'yishga va ularni murakkab buyurtmalarni bajaruvchi turli xil korxonalar faoliyati bilan kompyuterlar yordamida bog'lashga, texnika sohasida yuqori malakali xizmat qo'rsatishga va ekspertizani ta'minlashga qaratilgan.Chunki ular tez-tez mahsulotni almashtiradilar bu uchun esa ishlab chiqarishni o’zgartirish oson bo’lishi kerak. Ushbu tizimda , asosan , jamoa shaklida ham funksional ham mahsulot bo’yicha ixtisoslashuv jarayonlari kechadi.Hozirgi kunda internet va boshqa kommunikatsiya vositalari rivojlangani bois ayrim manbalar yuqoridagilar ba’zi qo’shimchalarni kiritmoqdalar. Jumladan: 1)Tarmoq tuzilmasi 2)Blok tuzilmasi Download 1.09 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling