O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy unversiteti kimyo fakulteti


Download 35.47 Kb.
bet1/18
Sana21.06.2023
Hajmi35.47 Kb.
#1639095
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Hilola Abdumalikova analitika


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNVERSITETI KIMYO FAKULTETI
2201-GURUH TALABASI Abdumalikova Hilolaning
,,Analitik kimyo” fanidan tayyorlagan

KURS ISHI

MAVZU:Ajratish va aniqlash (sifat analizi) metodlari.

Topshirdi: Abdumalikova Hilola
Qabul qildi:Maqsud Sayfullayev
REJA:
KIRISH
I ASOSIY QISM
1.1 Sifat tahlili usullarining tasnifi
1.2. Analitik reaksiyalarning bajarilish usullari
1.3. Konsentrlash usullarining tavsifi
II TAJRIBAVIY QISM
2.1. Хalaqit beruvchi moddalarni niqoblash .
2.2. Analitik reaksiyalarni amalga oshirishning shart – sharoitlari.
2.3. Eritmani boʻlib - boʻlib va sistematik analiz qilish va sifat analizida ishlatiladigan asbob - uskunalar va idishlar.
2.4. Yarim mikroanalizda bajariladigan eng muhim jarayonlar va ularni bajarish tartibi isitish.
2.5. Cho'ktirish va birgalashib cho'kish asosida ajratish va konsentrlash.
2.6. Distillatsion ajratish va konsentrlash.
2.7. Qayta kristallash.
2.8. Diffuzion va boshqa usullar.
IV.XULOSA
V. Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Ajratish usullarining umumiy tavsifi
Kimyoviy sifat analizining asosiy tushunchalari
Analitik reaksiya -elementning borligidan dalolat beruvchi, tashqi analitik samara bilan boradigan reaksiyalar.
Reagent - aralashmadagi ionni oсhib beruvchi reaktiv.
Мaxsus reaksiyalar - tashqi samarasi murakkab aralashmadagi faqat bir ionga хos bo'lgan analitik reaksiya.
Selektiv reaksiyalar- tashqi belgisi ayrim ionlargagina хos bo'lgan analitik reaksiyalar. Guruh reaksiyalari- tashqi belgisi bir guruh ionlari uchun хos bo'lgan analitik reaksiyalar bo'lib, tegishli reagent guruh reagenti deb ataladi.
Analitik reaksiyalarning sezgirligi – aniqlanuvchi ionning ochilishi mumkin bo'lgan minimal miqdori, to'rtta о'zaro bog'langan o'lchamlar bilan tavsiflanadi.
Ochish minimumi - m (mg) chegaraviy suyultirilgan eritmaning minimal hajmida ochilishi mumkin bo'lgan modda (ionning) minimal massasi (mikrogrammlarda ifodalanadi I mg 3D 10 "g) Minimal hajm- ion (modda)ning ayni reaksiya bilan ochilishi mumkin bo'lgan modda minimal massasi.
Minimal hajm – ionning ayni reaksiya bilan ochilishi mumkin bo’lgan, chegaraviy suyultirilgan eritmaning hajmi.
Chegaraviy konsentratsiya - ayni reaksiya vositasida ochilishi mumkin bo'lgan ionni g/sm3 birlikda ifodalangan minimal konsentratsiyasi.
Suyultirish chegarasi (W) - tarkibida 1g aniqlanuvchi ion tutgan, chegaraviy suyultirilgan eritmaning hajmi.
Analiz jarayonida bir moddani aniqlashga ko'pincha ikkinchi modda xalaqit beradi. Shuning uchun xalaqit beradigan tarkibiy qismni aniqlanadigan moddadan ajratishga to'g'ri keladi. Xalaqit beruvchi tarkibiy qismni aniqlanadigan moddadan ajratishning ikki usuli mavjud; ulardan biri, xalaqit beruvchi tarkibiy qismni tekshiriladigan eritmaning o'zida niqoblashni, ikkinchisi, uni tekshiriladigan eritmadan chiqarib olishni ko'zda tutadi. Agar tekshiriladigan obyekt tarkibidagi moddalar bir-birini topish va aniqlashga xalaqit bersa, ularni bir-biridan kimyoviy, fizik yoki fizik-kimyoviy usullar yordamida ajratish mumkin. Kimyoviy ajratish usullarida ajratish uchun biror yordamchi reagent tekshiruvchi qo'shiladi. Bunda cho'ktirish, komplekslash, oksidlanish qaytarilish reaksiyalaridan biri yoki bir nechasi, natijasida moddaning bir qismi ikkinchi fazaga ( cho'kma, gaz, niqoblanish holati) o'tadi. Ajratish uchun yuqoridagilardan tashqari filtrlash, sentrifugalash, haydash, kristallash va boshqalar ishlatilishi mumkin. Fizikaviy va fizik-kimyoviy usullarda tekshiriladigan modda biror ta'sir tufayli ajratilishi mumkin. Masalan, qattiq modda-eritma; qattiq modda-gaz; eritma-gaz; eritma I – eritma IIva hokazo. Ajratish jarayonida muvozanat o'rnatilishi uchun har ikkala faza astoydil aralashtiriladi. Buning natijasida birinchi fazadagi bir yoki bir necha modda ikkinchi fazaga o'tadi. Bunda bir fazadan ikkinchisiga oʻtkazishning imkon boricha toʻliq bo'lishiga e'tibor beriladi va aniqlanadigan tarkibiy qism bir fazada, xalaqit beruvchi tarkibiy qism ikkinchi fazada bo'lishi zarur. Analizning aniqlik darajasi ajratishning samaradorligiga bog'liq. Ajratishning samaradorligini baholash uchun ajratish darajasi va ajratish omili tushunchalari kiritilgan. Ajratish darajasi (RC) ajratilgan tarkibiy qism miqdorining QAuning namunadagi dastlabki miqdoriga Q0Anisbatiga teng:
Rc=
Bu qiymat birga qancha yaqinlashsa, ajratish shuncha to'la bo'ladi. Uni foizlarda ham ifodalaydilar. Ajratish yoki konsentrlash omili (Rb/a) aniqlanadigan tarkibiy qismning xalaqit beravchi tarkibiy qismdan qanchalik toʻliq ajratilganligini ko'rsatadi:
R b/a=
bu yerda, Q0b va Q0a- A va B tarkibiy qismlarning tekshiriladigan namunadagi dastlabki miqdorlari; QA QB-shu tarkibiy qismlarning ajratishdan keyingi miqdorlari. Bu qiymat qancha kichik bo'lsa, ajratish shuncha samarali bo'ladi. Ajratish usullari ko'pincha kristallash, bug'latish, haydash, ekstraksiya, sorbsiya, ion almashinish usullarini o'z ichiga oladi. Ekstraksion ajratish ko'pincha kimyoviy usul-komplekslash reaksiyalari bilan bog'liq holda o'tkaziladi. Kristallizatsiya usulida aniqlanadigan modda qattiq holda bo'lishi muhim, chunki bug'latish davrida aniqlanadigan moddaning uchib chiqadigan qismi tashlab yuboriladi, uni to'plab olish ancha murakkabdir. Kristallash, asosan, tarkibi aralashmalardan toza bo'lgan cho'kma olish uchun ishlatiladi .

Download 35.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling