Amaliy va muammoli vaziyatli masalani eching:
Masala .Yangi tayinlangan guruh murabbiysi sobiq guruh murabbiysidan talabalarni
tavsiflab berishni so’raydi va quyidagi ma’lumotni oladi:
Abdullaev Olim – guruh sardori, a’lochi. Mamajonov Mansur – yaxshi o’qiydi, ammo juda sho’x va
jahldor, Tojiev Baxtiyor o’rtacha o’qiydi – xulqi yomon, ehtiyot bo’lasiz. Asadova Lola – a’lochi,
ammo birorta o’rtog’i yo’q, ota-onasi mansabdor bo’lgani uchun-mi o’zini boshqacha tutadi.
Bozorova Odina – o’rtacha o’qiydi, uy vazifalarini bajarmaydi, oilaviy ahvoli yaxshi emas.
Maxmudov Bekzod – o’rtacha o’qiydi, bo’sh, doim bolalar ajratib qo’yishadi. Salimov Shavkat –
yaxshi o’qiydi, xulqi yomon, alohida guruhi bor, bezori ham.
1. Bu ma’lumotlardan siz qanday xulosa chiqardingiz?
2. Guruh bilan qanday muloqotga kirishasiz?
3. Sobiq guruh murabbiysiga qanday baho berasiz?U talabalarni yaqindan biladimi?
4. Bu guruhga guruh murabbiysi bo’lsangiz ishni nimadan boshlaysiz?
Masala.Kollej talabalari bilan “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” darsini o’qituvchi
interfaol usuldan foydalangan holda “Oiladagi g’oyaviy tarbiya” mavzusida olib bordi.
Oilada farzandlar tarbiyasi bilan kim shug’ullanishi kerak?
Tarbiya darajasi nimaga bog’liq?
Oilada mas’uliyat,iymon,e’tiqod kerakmi? Nima uchun?
Oila ma’naviyati, madaniyatini qanday tasavvur qilasiz? Kabi muammoli savollar tashlandi.
Hamma talabalar mavzuga qiziqqan holda oiladagi tajribalari, kino, badiiy adabiyotdan oila
haqidagi asarlardan parchalar keltirishdi. Bu qiziqarli tortishuvga faqat Zamiragina qo’shilmas edi.
o’qituvchi Zamiraga savol nazari bilan qaradi, shuni kutib turgandek Zamira ham: Men oilada
hamma vaqt ham yaxshilik bo’lishiga ishonmayman.Otasiz yoki onasiz oila oilami?Mas’uliyatni
hammangiz ota-onada deysiz.Ular yo’q bo’lsa-chi?
1. Bu vaziyatni qanday baholaysiz?
2. o’qituvchi bu holda talaba bilan qanday muomala qilishi lozim?
Do'stlaringiz bilan baham: |