Muammoli vaziyatli masalani eching
Masala. Darsda o’quvchilar adabiy chizgining yaratilishi ustida ishlashardi. o’qituvchi
o’quvchilarning har biriga ularning o’zlariga yaqin bo’lgan kishilarning qiyofasini tasvirlashni
tavsiya qildi. o’qituvchi kimning ishi tayyor bo’lsa, o’qita boshladi. Shu payt bir o’jar bola ruxsat
so’rab o’z yozganlarini o’qiy boshladi. o’qituvchi esa sekingina “oh” deb yubordi: o’quvchi
tasvirida uning tashqi qiyofasidagi didsizlik va ko’rimsizlik shunchalik mohirlik bilan qamrab
olingan ediki, u gap kim to’g’risida ketayotganligini darxol payqadi. Ha u o’zini tanidi! Baqirib
yuborgisi, bu yaramas bolani jim bo’lishga majbur qilgisi, sinfdan qochib chiqib ketgisi keldi.
1. Bunday vaziyatda o’qituvchi o’zini qanday tutsa pedagogik maqsadga muvofiq bo’ladi?
2. o’quvchining xulq-atvori, axloqi, uning tutayotgan yo’lini baholang.
3. Bu vaziyatni yuzaga keltirish bilan u qanday muammoni hal etayapti?
4. Bunga o’xshash voqea-hodisalar har doim sodir bo’lib turadimi?
5. Bunday vaziyatning sodir bo’lishiga nima sabab bo’lishi mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: |