O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


YANGI DAVRDA MILLIY MA'NAVIYATIMIZ


Download 1.87 Mb.
bet88/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

20. YANGI DAVRDA MILLIY MA'NAVIYATIMIZ
AHVOLI ( XVI - XX asrlar)
Yangi davrning mohiyati ikki asos — dunyoni surat va ma 'ni yaxlitligida o'rganish va bahamjihatlikda boshqarishga inti-lish bilan o'zligini namoyon etadi. Foniy dunyoni surat va ma'ni birligida tadqiq etish ijtimoiy voqelik tadqiqkix ham taqozo etadi.
XVI-XX asrlar milliy ma'naviyatimiz takomilini ikki katta bos-qichga ajratish mumkin:
1. Yangi davr ma'naviyatiga otish yoki islom mintaqa
madaniyati davh ma'naviy yutuqlarining ommalashuvi bos-
qichi
(XVI-XVIII asrlar)
(Bu bosqich xalqimiz tarixida ziddiyatli asosga ega bo'lib, bir to-mondan, yaxlit islom mintaqa madaniyati erishgan yutuqlar zarninida keng xalq ommasiningma'naviysaviyasioshib borgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, mintaqa siyosiyhayotida tanazzulva. parchalanish jarayoni kundan kunga, yildan yilga kuchaydi. Yagona o'lkaning ikki xonlik va bir amirlikka bo'linib ketishi ana shu tanazzul ohibatidir).
Davr ma'naviyatining o'ziga xosligi:"Milliy iztirob" she'iiyati. Turdi, Mashrab, Maxmur, Gulxaniylar ijodida ijtimoiy voqelikning keskin tanqidi, Vatan va millatning foje holatini shaxsiy fojia darajasida qabul qilish.2. Milliy ma'naviyatimizning Yangi davr Yevropa madani­ yati bilan bevosita to'qnashuvi (XIX-XX asrlar) (Bu jarayon boshlanishdanoq foje bir tarzda - qadim Turon xalqla-rining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va 150 yillik mus-tamlaka holatida murakkab bir tarzda kechdi. Milliy qaramlik ma'naviy xo'rlik keltirdi, xalq ham ma'naviy, ham iqtisodiy kamsitildi, XX asr kommunistik diktatura tuzumi esa o'z ayovsiz qatag'onlari va ide-ologik zug'umi bilan millat ziyolilarini jismonan mahv qilib, xalqni "manqurtlashtirish" siyosatini joriy qildi.)Davr ma'naviyatining o'ziga xosligi:Milliy uyg'onish — Turkiston o'lkasi xalqlarining milliy mustaqillik uchun kurashi ikki yo'nalishda namoyon bo'ldi: birinchisi — qurolli kurash, qo'zg'olonlar yo'li, ikkinchisi, jadidlar olg'a surgan madaniy-ma'rifiy yo'nalish bo'lib, bu yo'lning asosiy maqsadi xalq madaniy-ma'rifiysaviyasinioshirish, shu yo'l bilan milliy ongni yuksaltirib, dunyo-ni yangicha idrok etish asosida o'lkani davr talabiariga muvofiq mus-taqil siyosat va rivojlangan iqtisodiy munosabatlar darajasiga olib chi-qish edi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling