O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


Download 1.87 Mb.
bet90/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

25. INSON VA SHAXS
Inson — ma'naviy kamolot imkoniyatiga ega bo'lgan moddiy mavju-dot (Insonning ijtimoiy mavjudot ekanligi ham uning ma'naviy kamol­ot imkoniga ega ekanligidan kelib chiqadi).Shaxs— o'z ma'naviy kamolot imkoniyatlarini yuzaga chiqara bosh-lagan inson (Bu hodisa - o'zlikni anglash deb aytiladi. Shu ma'noda, Shaxs - o'zligini anglay boshlagan inson, deyish ham mumkin).Ma'naviyat nuqtayi nazaridan Shaxs tushunchasiga yondoshuvimiz-da ikki holatnr ko'zda tutish lozim:1) biz har bir o'zga insonni Shaxs sifatida qabul qilmog'imiz joiz, chunki unga yaratilishdan bu imkoniyat Xalloqi olam tomonidan ber-ilgan. O'zga inson dilidagini biz bilmaymiz, shu sababli zohiriy ko'zbilan undan xatolar izlashimiz, unda ma'naviy noqislik ko'rishimiz Inson odobiga, ma'naviyat talablariga xilofdir;2) har bir inson o'zini Shaxs sifatida anglar ekan, tinimsiz ma'naviy kamolot imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, ya'ni o'zligini anglash jara-yonida bo'lmog'i joiz sanaladi. Bu jarayon to'xtagan onidan uning Shaxs sifatidagi tanazzuli boshlanadi.
26. SHAXS MA'NAVIYATINING ASOSIY JIHATLARI
IMON,
ILM,
MAS'ULIYAT,
MEHR.
27. SHAXS VA MILLAT
Inson ma'naviy kamolot imkoniga ega bo'lgan biz bilgan yagona moddiy mavjudot. Shaxs o'zidagi ma'naviy kamolot imkonini yuzaga chiqara boshlagan inson. Demak, Shaxs ma'naviyati ushbu sohani o'rganishda asosiy obyekt ekanligi o'z-o'zidan ravshanlashadi.Shaxs ma'naviyatini o'rganish ikki yo'nahshda bo'lishi rnumkin. Birin-chisi, muayyan shaxs ma'naviyatini o'rganish, ikkinchisi, ushbu hodisa-ning umumiy jihatlarini tasnif va tadqiq etish. Imkon nuqtayi nazaridan, birinchi yo'nahshda faqat ayrim hodisalarni, masalan, o'tmish va bugun-ning umummilliy ahamiyatga ega bo'lgan buyuk shaxslari ma'naviy dunyosini o'rganish mumkin bo'lib, mohiyatan bu ish millat ma'naviyatining tarkibiy qismlarini o'rganish demakdir. Chunki Millat ma'naviyati, torn ma'noda olganda, ushbu millatga qaysidir bir tarzda aloqador hisoblanuvchi o'tmish, bugun va kelajakdagi barcha shaxslar ma'naviyatining majmuyidan iborat.Har bir shaxs, o'zi buni chuqur idrok qiladimi, yo'qmi - qat'i nazar, biror elat yo millatga mansub bo'lmay iloji yo'q, hech bir inson eldan butkul ajralib yashamaydi. Prezidentning g'oyatda hikmatli ibo-rasi bilan aytganda, har bir inson "o'zini xalqining bir zarrasi deb sezgandagina, u haqda o 'ylab, mehnat qilib yashagandagina ma 'naviyat bilan tutashadi"1. Buning ma'nosi, shaxs ma'naviyati voqelikda millat ma'naviyatidan ayri, undan tashqarida bo'lmaydi. Shunday ekan, mavjud
ahvolni to'g'ri idrok etadigan bo'lsak, millat ma'naviyati haqida muayy-an tasawurga ega bo'lmay turib, alohida shaxs ma'naviyatini ham o'rganish imkondan tashqari.
28. MA'NAVIYATDA QADR TUSHUNCHASI
O'zlikni anglash jarayonida (?<2

  1. «Men Alloh tomonidan yer yuzida xalifa etib yaratilganman», deb o'zlikni anglab yetish - o'z qadrini to'g'ri baholashning poyde-yoridir.

  2. O'z qadrini anglab yetish barobarida inson o'zga insonlar ham yer yuzida xalifa ekanligiga imon keltirib, ularning ham qadrini o'zidan kam bilmaydi.

  3. U Alloh yaratgan barcha mavjudotning ayni Haqqa tegishli ekan ligini anglab yetgani uchun qadr qiladi, behudaga biror narsani zoye qilishni o'ziga ep ko'rmaydi.

Haqiqiy Shaxs darajasiga yetishgan inson o'z qadrini, shu bilan birga yorug' olamdagi barcha ashyo va mavjudotlar qadrini muayyan darajada anglab yetgan, shu asosda jamiyatning faol a'zosiga aylangan inson bo'ladi.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling