O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz


Download 1.87 Mb.
bet93/100
Sana19.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1606972
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   100
Bog'liq
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI

36. MADANIYAT BOZORI
Madaniyat- inson ma'naviyatining moddiy voqelik shaklida namo-yon bo'lishidir. Madaniyat bozori murakkab voqelikdir. Bugun ja-honnning yuksak rivojlangan mamlakatlarida ilm, axborot, sifat ko'rsatkichlari (masalan, dizayn) jumladan, oziq-ovqat sifati, borgan sari yuqori baholanmoqda. Shu bilan birga bevosita madaniyat sohasi-ga aloqador bozor yo'nalishlari ham shakllanib bormoqdaki, ulardan eng muhimlarini sanab o'tamiz:

  1. Axborot bozori.

  2. Aqliy mehnat (mahsulotlari) bozori.

  3. Shou-biznes.

  4. Madaniy xizmatlar bozori.

37. TADBIRKOR KIM?
Bugungi rivojlangan bozor iqtisodi tizimiga xos xususiyatlardan biri shuki, unda nafaqat almashuv jarayoni, balki bevosita ishlab chiqarish ham moddiy mahsulot yaratuvchilar va iste'molchilardan tashqari qa-tor vositachilar toifasi mavjud bo'lishini taqozo qiladi. Ular moddiy yaratuvchilik va iste'mol jarayonining tashkiliy takomillashuvi va sifat jihatidan yuksalishida muhim o'rin tutadilar.Bugungi kun jamiyatida yuzlab ixtisos egalari borki, ularga kimdir
ish joyi tayinlab, o'z malaka va bilimlarini namoyon etishga sharoit yaratmasa, ular na jamiyatga foyda yetkaza oladi, na o'z oilalari ta'minotini eplaydi. Tadbirkor ayni shu muammoni hal qiluvchi inson bo'lib, u muayyan korxonani tashkil etib, unda turli ixtisosdagi odam-larni yollab ishlatib, ularga maosh berib, tirikchilik o'tkazishiga yor-damJashar ekan, Alloh yuborgan rizqni odamlarga yetkazishda bir vosita vazifasini o'taydi. U faol tafakkurli inson bo'lib, jamiyat uchun zarur bo'lgan biror buyumni ishlab chiqish yoki biror xizmatni bajarishga qaratilgan muayyan amaliy tizimni vujudga keltiradi va uni harakatga soladi. Buning uchun mablag' topadi, bino ajratadi, asbob-uskuna o'rnatadi, xomashyo, zaruriy yordamchi vositalar bilan ta'minlab, tayyor ish o'rinlari hosil qiladi. Natijada ham ehtiyojmandlarning ishi bitadi, ham insonlar turmush kechirish uchun vositaga ega bo'ladilar. Albat-ta, tadbirkor ham o'zi tashkil etgan ishning unumiga qarab, muayyan moddiy manfaatlarni qo'lga kiritadi. Xullas, tadbirkor o'z faoliyati bilan jamiyatga har tomonlama naf yetkazib, uning takomiliga hissa qo'shadi. Agar siyosiy arbob, davlat xizmatchisi jamiyat hayotining siyosiy jihatdan mustahkamlanuvi va rivojiga ulush qo'shsa, tadbirkor jamiyat hayotida iqtisodiy sohaning tashkilotchisidir.

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling