O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi muhammadjon Imomnazarov milliy ma'naviyatimiz
Download 1.87 Mb.
|
MILLIY MA\'NAVIYATIMIZ ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlangan
- 34. BOZOR IQTISODINING ASOSIY KORSATKICHLARI
- BOZOR MANAVIYATI
A. Ibtidoiy bozor iqtisodi - har bir mustaqil xo'jalikning biror
tur yoki yo 'nalishda mahsulot ishlab chiqarib, bozorda uni boshqa mahsulotlarga almashishi. Ishlab chiqarish vositalarining ibtidoiyhgi saqlanib qoladi . B. "Yowoyi bozor" — bu atama nisbatan shartli bo'lib, ibtidoiy bozor iqtisodi yoki yalpi davlat iqtisodidan rivojlangan bozor iqtisodi- ga "o'tish davri"da yuzaga kelishi mumkin. Ko'pchilik yangi tizimga o'tilayotganligini aniq anglab yetmagan, yangi tizimning puxta ilmiy asoslari ishlab chiqilmagan, siyosat va ma'naviyatda yetarli yangila- nishlar ro'y bermagan holatda ayrim gumhlarning uddaburonlik (tov- lamachilik va tadbirkorlikni o'zaro farqlamaslik) mayllari avj olishi natijasida shakllanadi va ommaviy norozilik va ijtimoiy ziddiyatlar- ning kuchayishiga sabab bo'ladi. Asosan Yangi davrning boshlarida avval Yevropada vujudga kelib, bora-bora butun dunyoda mustam- lakachilik sistemasining shakllanishiga olib kelgan. Bugungi kunda dunyoning ba'zi nuqtalarida, jumladan, sobiq "sotsialistik sistema"ning yemirilishi oqibatida tashkii bo'lgan yangi davlatlarda ushbu tizimning ba'zi unsurlari kuzatilmoqda. D. Rivojlangan bozor iqtisodi. Yuqori darajada takomillashgan ishlab chiqarish vositalariga, yuqori texnologiya va ilmiy taraqqiyotga tayangan, siyosatda demokratiya va ongli fuqarolik jamiyati bilan ham-qadam taraqqiy etayotgan murakkab ko'rinishli iqtisodiy tizim. Ja-hondagi iqtisodga oid ilmlar asosan ana shu rivojlangan bozor iqtiso-diga taalluqli muammolar bilan shug'ullanadi. 34. BOZOR IQTISODINING ASOSIY KO'RSATKICHLARI: mulk turlarini erkin tanlash imkoniyati; talab va taklif erkinligi; erkin raqobat imkoniyati; bozorning har uch yo'nalishi: mahsulot, ishchi kuchi va qimmat-li qog'ozlar bozorining mukammal shakllanganligi. 35. BOZOR MA'NAVIYATI Haqiqiy bozor iqtisodiy adolatdir. Chunki unda hech kirn o'z qa-rashlarini birovga zo'rlik bilan o'tkaza olmaydi. Bozor insonni o'z-o'zini qadrlashga o'rgatadi, muomala odobiga o'rgatadi, o'zga meh-natining qadriga yetishga o'rgatadi. Bozor ibrat va tarbiya maktabidir. Inson o'z yaratuvchilik mehnatining natijasiga, bozordagi bahosi, qiy-matiga qarab, u yaratgan moddiy yoki ma'naviy boylik o'zgalar uchun qanchalik muhim va zarur ekanligi, qanchalik sifatli va zamon talab-lariga javob bera olishi, boshqa turli jihatlari asosida muayyan daro-madga ega boiadi, jamiyatda muayyan obro', ehtiromga, muayyan mavqe va maqomga sazovor bo'ladi.Bozor va ma'naviyat bugungi kunda turli nuqtalarda tutashuv hosil qilmoqda. Ularning biri e'tiqod bo'lsa, ikkinchisi — ilm. Yana biri farosat bo'lsa, boshqasi — insonni tushunish. E'tiqod bozorda insof ko'rinishida namoyon bo'ladi. "Faqat o'zim bo'lay", degan odam bu yerda uzoqqa borolmaydi. "Insof sari baraka" — ma'naviyatini yo'qotmagan millatning bozoridagi bosh qonundir.Bozor ma 'naviyatidagi milliy an 'analarimizning tiklanishi, birinchi navbatda, insof va diyonatni insonlarko'nglida qayta uyg'otish zarurati bilan bog'liq. Insof va diyonat, halollik, xaiidorga munosabatda samimiylik va hilm (yumshoq muomala, halimlik) xaridor ko'nglini topishga intilish, uning ehtiyojlarini tushunish tadbirkor sarmoyasiga Allohning barakatini yog'diruvchi ma'naviy fazilatlardir. Xaridor haq-qiga xiyonat, tovlamachilik hech qachon bozorga aralashgan odamga omad keltirgan emas. Buni bizning ajdodlarimiz yaxshi bilganlar.Bugungi jahon bozorining muhim jihati uning ilmiy asosga qo'yilganligi. Marketing fani, ya'ni bozorni o'rganish ilmi ilgari asosan savdogar yo kosibning farosatiga bog'liq bo'lgan bo'lsa, bugun jiddiy tadqiqotlar asosiga tayanmoqda. Ilgari bir mintaqani qamragan bo'lsa, bugun jahon miqyosida yaxlit fikrlashni taqozo qilmoqda.Manfaatlar to'qnashuvi, raqobat bozor iqtisodi uchun xos narsa. Ammo raqobatni kurashdan farqlash kerak. Agar raqobatni kurash deb tushunib, uni faqat raqibni moliyaviy sindirish yo'llarini izlash sifatida talqin etilsa, tadbirkorlarning raqobati bir-biriga ziyon yetkazish, ishidan ishkal chiqarishga qaratilsa, bunday yondoshuv nizo va buzg'unchilikka, millat va jamiyatning zarariga qarab yuradi. Agar raqobat deganda bir-biridan sifatliroq, xaridorgirroq, o'zgalar molidan arzonroq, inson ehti-yojiga yaroqliroq buyum, mahsulot chiqarish orqali bozorda oldingio'rinlarni egallashga intilish, buning uchun yangi texnologiyalar, unumli ish usullarini izlash yo'lidan borish tushunilsa, ya'ni u ijobiy va ijodiy yo'nalish kasb etsa, jamiyat farovonligi, inson kamolotiga xiz-mat qiladi. Biz musulmon farzandimiz, Allohning adolatiga imonimiz komil. Har kim ekkanini o'radi, birovga qilinadigan yaxshilik ham, yomonlik ham bir kun albatta insonning o'ziga qaytadi, deb ishonamiz. Birov foyda ko'rishi uchun, albatta, ikkinchi odam zarar ko'rishi shart emas.Insonni tushunish, uning eng nozik talablari va didini hisobga olish iqtisodiy rivojlanishning belgilovchi omiliga aylanib bormoqda. De-rnak, faro'sat masalasiga borgan sari iqtisodiy sohada ko'proq ahamiyat kasb etmoqda. O'z holimizni to'g'ri idrok etib, o'zgani ham tushu-tiishga intilib, voqelik haqida to'g'ri tasawur hosil qilmas ekanmiz, o'zimizga ham, jamiyatga ham, millatga ham tayinli foydamiz tegmaydi. Bozor iqtisodi insonni o'ylashga, farosatini istilatishga majbur qilishi bilan qimmatlidir. Download 1.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling